O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet108/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Sug‘urta e’loni (bordero) – sug‘urta qilinuvchi o‘z sug‘urta qiluvchisiga taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning kuchi ta’sir qiladigan alohida yuk jo‘natishlar haqida batafsil ma’lumotlar beradigan hujjatdir.
Kovernot – sug‘urta qilinuvchi tomonidan sug‘urta qiluvchini uning sug‘urta haqidagi yo‘riqnomalari (sug‘urta agenti tomonidan sug‘urta qilinuvchi foydasiga tuzilgan) bajarilganligi haqida xabar beradigan hujjatdir.
Jahon banki - o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq beshta institutdan tarkib topgan ko‘p tomonlama kredit tashkiloti.
Umumiy bozor — ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko‘chib o‘tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integrastiya ko‘rinishi.
Jahon savdo tashkiloti — xalqaro savdoni institustional va huquqiy asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.
Franchayzing — bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanish.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) — yirik hukumatlararo valyuta-moliya tashkiloti bo‘lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, maslahat berish va moliya-kredit soxasidagi vazifalarni bajaradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — mamlakatlar va hududlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporastiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalari tizimi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi — ishlab chiqarish bosqichlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishi.
Xalqaro shartnoma - xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o‘rtasidagi bitimdir.
Xalqaro shartnomaning muddati – xalqaro shartnoma amalda bo‘ladigan vaqt. Xalqaro shartnomalar muddatli va muddasiz bo‘ladi. Muddatli shartnomalar o‘z navdatida aniq muddatli (masalan, 20 yilga) va nomuayyan muddatli (tomonlar kelishishiga bog‘liq holda) bo‘ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling