O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tovar akkreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun qabul qilib olganlik


Download 0.57 Mb.
bet104/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
Tovar akkreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun qabul qilib olganlik to‘g‘risidagi xabarnoma – bank tovar akrreditivi bo‘yicha hujjatlarni to‘lov uchun qabul qilib olganligini bildiradigan hujjat.
Tovar akkreditivi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganligi haqidagi xabarnoma – bank tovar akrreditivi bo‘yicha to‘lov o‘tkazilganligi haqida xabar qiladigan hujjat.
Inkasso to‘lovi haqidagi xabarnoma – bank inkasso to‘lovi o‘tkazilganligi haqida xabar qiladigan hujjat. Unda mablag‘lardan foydalanishning batafsil ma’lumotlari va usullari keltiriladi.
O‘tkaziladigan vasiqa – amaldagi qonunlarga muvofiq berilgan yoki imzolangan hujjat. U bir shaxs tomonidan boshqasiga yo‘llangan so‘zsiz bajarilishi
kerak bo‘lgan talabni o‘z ichiga oladi. Bu talab hujjat taqdim etilishi bilanoq talab bo‘yicha yoki aniq belgilangan sanada yoxud hujjatning o‘zida ko‘rsatilgan sanada ma’lum summadagi pulni hujjatda ko‘rsatilgan shaxsga yoki uning buyrug‘iga ko‘ra yoxud ushbu hujjatni taqdim etuvchiga to‘lashni talab qilishdan iborat.
Eksport va import listenziyalari – mamlakatga aniq tovarlarni olib kirish va olib chiqish ustidan nazorat mavjud bo‘lganda maxsus davlat organlari tomonidan beriladigan hujjatlar. Eksport va import listenziyalari tegishli eksportchi yoki importchining o‘z mamlakatida listeziya berish bilan shug‘ullanadigan arizasi asosida beriladi.
Eksport listenziyasi unda ko‘rsatilgan tovarlarni ma’lum vaqt ichida eksport qilishga berilgan ro‘xsatni o‘z ichiga oladi.
Import listenziyasi - unda ko‘rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o‘tilgan vaqt davomida olib chiqib ketishga ro‘xsat beradi.
Bojxona deklarastiyasi asosiy bojxona hujjati bo‘lib, yukni tasarruf qiluvchi shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi. Bojxona deklarastiyasi bojxonaga qonunda belgilangan muddat ichida taqdim etiladi, bu muddat tovar bojxonaga kelib tushgan kundan boshlab bir kundan tortib, ikki haftagacha bo‘lishi mumkin.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling