O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT Anjumani


Download 0.57 Mb.
bet99/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Savdo va taraqqiyot bo‘yicha BMT Anjumani (YUNKTAD) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng qulay sharoit yaratish rejimi — mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan xolda o‘rnatilgan savdo operastiyalarining imtiyozli tartibi.
Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha BMT Anjumani (YUNIDO) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
To‘g‘ri investistiyalar — foyda olish bilan birgalikda kapital ko‘yilayotgan obyekt ustidan nazoratni ta’minlash huquqini beruvchi kapital qo‘yilmalari.
To‘lov balansi - mamlakatning barcha rezidentlarining qolgan barcha mamlakatlar bilan ma’lum vaqt oraligidagi (odatda bir yil) iqtisodiy bitimlari natijalarini sistemalashtirilgan xolda qayd etilishidir.
Savdo erkinligi – bu tashqi savdo masalalari bo‘yicha qaror qabul qilinishida xorijiy tovarlarning milliy bozorga cheklanmagan xajmda kirish imkoniyati tushuniladi.
Protekstionizmbu davlatning tashqi iqtisodiy, tashqi savdo faoliyatiga aralashuvini, milliy ishlab chiqarishni qo‘llab- quvvatlash maqsadida xorijiy tovarlarga nisbatan har xil chegirmalar amalga oshirishni taklif etadi.
Miqdoriy cheklashlar - bu to‘g‘ridan–to‘g‘ri import va eksportni cheklashga qaratilgan chegaralardir. Zamonaviy savdo-siyosiy amaliyotida miqdoriy cheklashlarning ikki asosiy turi qo‘llaniladi. Bular: kontinentlashtirish va listenziyali tartib.
Tasniflash - deganda xalqaro tijorat kelishuvini oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin.
Reeksport - bu mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz
xorijga chiqarish va sotishni nazarda tutadigan operastiyalardir.
Reimport operastiyalari - o‘z mohiyatiga ko‘ra – amalga oshmagan eksport operastiyalaridir, ular mamlakatga undan oldin olib ketilgan tovarlarni qayta olib kelishni bildiradi. Ularga xaridor tomonidan brak qilingan, aukstionda sotilmagan, konsignastion omborlar orqali sotilmagan tovarlarning qaytarib kelishi kiradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling