O‘zbekiston respublikasixalq ta’limi vaziri


Download 172.49 Kb.
bet16/16
Sana04.08.2023
Hajmi172.49 Kb.
#1665100
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
163-KPI

T/r

Mezonlar

Ko‘rsatkichlar

Belgilanadigan ustama miqdori (foizda)

Ustama
belgilash
davriyligi

1.

Maktablarni mutaxassis psixolog kadrlar bilan ta’minlanishi

Mutaxassis psixolog kadrlarning ulushi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan yoki o‘zgarmagan bo‘lsa

0

Har yili dekabr oyida**

Mutaxassis psixolog kadrlarning ulushi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan bo‘lsa

10

2.

Maktab
psixologlarining ilg‘or
tajribalarini
ommalashtirish

Psixologlarning ilg‘or tajribalari ommalashtirilmagan bo‘lsa

0

Har yili dekabr oyida**

Psixologlarning ilg‘or tajribalari tuman (shahar) miqyosida
ommalashtirilgan bo‘lsa

10

Psixologlarning ilg‘or tajribalari viloyat miqyosida ommalashtirilgan bo‘lsa

15

3.

Psixologik xizmat
sifatini oshirishga
qaratilgan oflayn yoki onlayn “Metodik kun” tashkil etilishi

Metodik kun” tashkil etilmagan bo‘lsa.

0

Har oy*

2-3-marta “Metodik kun” tashkil etilgan bo‘lsa (o‘quv-seminar, maqsadli trening mashg‘uloti va h.k.)

10

4-marta “Metodik kun” tashkil etilgan bo‘lsa (o‘quv-seminar, maqsadli trening mashg‘uloti va h.k.)

20

4.

Voyaga yetmagan
o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli
zo‘ravonlikni, xulqidagi salbiy
o‘zgarishlarni oldini
olish bo‘yicha metodik tavsiya ishlab
chiqqanligi

Yil davomida psixologlar, pedagog xodimlar va ota-onalar uchun metodik tavsiya ishlab chiqilmagan bo‘lsa

0

Har yili dekabr oyida**

Yil davomida psixologlar, pedagog xodimlar va ota-onalar uchun 3 ta metodik tavsiya ishlab chiqilgan bo‘lsa

10

5.

Turli zo‘ravonliklarga uchragan o‘quvchilar bilan korreksion
ishlarni tashkil etish bo‘yicha “Mahorat
dars”larini tashkil
etilganligi

Psixologlar uchun “Mahorat dars”lari tashkil etilmagan bo‘lsa

0

Har oy*

Psixologlar uchun 2-marta
Mahorat dars”lari tashkil etilgan bo‘lsa

10

6.

Tuman (shahar)da
psixologik xizmat
faoliyatining asosiy 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha
Tayanch maktabi”lari tashkil etilganligi

Tuman (shahar)da “Tayanch maktabi”lari tashkil etilmagan bo‘lsa

0

Har yili dekabr oyida**

Tuman (shahar)da 3 ta “Tayanch maktabi”lari tashkil etilgan bo‘lsa

10

Tuman (shahar)da 6 ta “Tayanch maktabi”lari tashkil etilgan bo‘lsa

20

7.

Tuman (shahar)
miqyosida tanlovlar
(tanlov, musobaqa,
aksiya va h.k.) tashkil etganligi

Psixologlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida tanlov (tanlov, musobaqa, aksiya va h.k.) tashkil etmagan bo‘lsa

0

Har yili dekabr oyida**

Psixologlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida ikkita tanlov (tanlov, musobaqa, aksiya va h.k.) tashkil etgan bo‘lsa

10

Psixologlar va o‘quvchilar o‘rtasida ikki va undan ortiq tanlov (tanlov,

15













musobaqa, aksiya va h.k.) tashkil etgan bo‘lsa







* ushbu ko‘rsatkich har oy yakuni bo ‘yicha hisoblanib, keyingi oy uchun ustama beriladi.
** ushbu ko ‘rsatkich yil yakuni bo‘yicha hisoblanib, 2022-yil yanvar oyidan boshlab bir yil davomida ustama belgilanadi.






  1. Tuman (shahar) psixolog-metodistga ushbu baholash mezoni bo‘yicha belgilangan ustamadan tashqari bazaviy tarif stavkasiga moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik kamida 10 foiz ustama haq belgilanadi.

  2. Psixolog-metodistning bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar moliyaviy yil uchun o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Shuningdek, baholash mezonida erishilishi belgilangan ko‘rsatkich 100 foiz va undan yuqori (rejadan ortiq) bajarilsa, belgilangan eng yuqori ustama foizi belgilanadi.

  1. Ishga qabul qilingan psixolog-metodistning ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy o‘tgach ushbu mezonlar asosida ustama haqi belgilanadi.

Shuningdek, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich uchun belgilanadigan ustamalarni psixolog-metodistga belgilash uchun psixolog-metodist ushbu ko‘rsatkichga erishilgan muddatda ish faoliyatini olib borgan bo‘lishi shart.
Baholash mezoniga tushuntirish xati

  1. “Maktablarni mutaxassis psixolog kadrlar bilan ta’minlanishi” mezoni 2021-yil sentabr oyidan amal qiladi. Umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixolog kadrlarning lavozim malaka talablari asosida mutaxassisligi bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlanadi hamda Kadrlar bo‘yicha inspektor-metodisti ma’lumotlari bilan taqqoslanib, o‘rganiladi.

Bunda, ushbu mezonga muvofiq:
mutaxassis psixolog kadrlarning ulushi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan yoki o‘zgarmagan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi;
mutaxassis psixolog kadrlar bilan ta’minlanish ulushi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 10 foiz ustama haq belgilanadi.

  1. “Maktab psixologlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish” mezoni 2021-yil sentabr oyidan amal qiladi. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy “Psixologik ma’rifat va tashviqot”, “Psixologik- pedagogik tashxis”, “Psixologik profilaktika”, “Psixologik korreksiya”, “Psixologik maslahat” va “Kasb-hunarga yo‘naltirish” yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.

Bunda, ushbu mezonga muvofiq:
maktab psixologlarining ilg‘or tajribalari ommalashtirilmagan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi;
maktab psixologlarining ilg‘or tajribalari tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilgan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 10 foiz ustama haq belgilanadi;
maktab psixologlarining ilg‘or tajribalari viloyat miqyosida ommalashtirilgan bo‘lsa, psixolog- metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 15 foiz ustama haq belgilanadi.

  1. “Psixologik xizmat sifatini oshirishga qaratilgan oflayn yoki onlayn “Metodik kun” tashkil etilishi” mezoni 2021-yil sentabr oyidan amal qiladi. Haftaning bir kuni “Metodik kun” deb belgilanadi. Ushbu kunda maktab psixologlari uchun o‘quv-seminarlar, maqsadli trening mashg‘ulotlari va h.k. tadbirlar o‘tkaziladi. Hududning geografik joylashuvidan kelib chiqib, “Metodik kun”ni onlayn yoki oflayn ko‘rinishida tashkil etish mumkin.

Bunda, ushbu mezonga muvofiq:
oy davomida biron marta ham “Metodik kun” tashkil etilmagan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi;
oy davomida 2-3-marta “Metodik kun” tashkil etilgan bo‘lsa, psixolog-metodistning oylik ish haqiga har oy uchun 10 foiz ustama haq belgilanadi;
oy davomida 4-marta “Metodik kun” tashkil etilgan bo‘lsa, psixolog-metodistning oylik ish haqiga har oy uchun 15 foiz ustama haq belgilanadi.

  1. “Voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli zo‘ravonlikni, xulqidagi salbiy o‘zgartirishlarni oldini olish bo‘yicha metodik tavsiya ishlab chiqqanligi” mezoni 2021-yil yanvar oyidan amal qiladi.

Voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar orasida turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni, xulqidagi salbiy o‘zgarishlami oldini olish, ular bilan profilaktik, korreksion ishlarni tashkil etishga qaratilgan psixologlar, pedagog xodimlar va ota-onalar uchun metodik tavsiyalarning ishlab chiqilganligi.
Bunda, ushbu mezon bo‘yicha psixologlar, pedagog xodimlar va ota-onalar uchun metodik tavsiya ishlab chiqish reja (KPI) ko‘rsatkichiga yetkazilgan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 10 foiz ustama haq belgilanadi.
Agarda, ushbu mezon to‘liq (100 foiz) bajarilmasa, bunday holda psixolog-metodistining ish haqiga ushbu mezon bo‘yicha tegishli ustama haq belgilanmaydi.

  1. “Turli zo‘ravonliklarga uchragan o‘quvchilar bilan korreksion ishlarni tashkil etish bo‘yicha “Mahorat dars” larini tashkil etilganligi” mezoni 2021-yil sentabr oyidan amal qiladi. Umumta’lim maktablarida pedagog xodimlar, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar orasida turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni oldini olish va korreksion ishlarni tashkil etish bo‘yicha maktab psixologlari uchun har oyda “Mahorat dars”lari tashkil etilishi kerak.

Bunda, ushbu mezon bo‘yicha psixologlar uchun har oyda “Mahorat dars”lari reja (KPI) ko‘rsatkichiga yetkazilgan bo‘lsa, metodistning har oylik ish haqiga har oy uchun 10 foiz ustama haq belgilanadi.
Agarda, ushbu mezon har oyda to‘liq (100 foiz) bajarilmasa, bunday holda psixolog- metodistining ish haqiga ushbu mezon bo‘yicha tegishli ustama haq belgilanmaydi.

  1. “Tuman (shahar)da psixologik xizmat faoliyatining asosiy 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha “Tayanch maktabi”lari tashkil etilganligi” mezoni 2021-yil sentabr oyidan amal qiladi.

Umumta’lim maktablarida psixologik xizmatni samarali va sifatli tashkil etish, maktab psixologlariga amaliy, metodik yordam berish, yaratilgan psixologik metodikalarni aprobatsiyadan o‘tkazish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida psixologik xizmat faoliyatining asosiy “Psixologik ma’rifat va tashviqot”, “Psixologik-pedagogik tashxis”, “’’Psixologik profilaktika”, “Psixologik korreksiya”, “Psixologik maslahat” va “Kasb-hunarga yo‘naltirish” yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida “Tayanch maktabi”lari tashkil etiladi va faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, ushbu mezonga muvofiq:
tuman (shahar)da “Tayanch maktabi”lari tashkil etilmagan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi;
tuman (shahar)da 3 ta “Tayanch maktabi”lari tashkil etilgan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 10 foiz ustama haq belgilanadi;
tuman (shahar)da 6 ta “Tayanch maktabi”lari tashkil etilgan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 20 foiz ustama haq belgilanadi.

  1. “Tuman (shahar) miqyosida tanlovlar (tanlov, musobaqa, aksiya va h.k.) tashkil etganligi” mezoni 2021-yil yanvar oyidan amal qiladi.

Bunda, psixolog-metodist psixologlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida yil davomida kamida ikkita tanlov (tanlov, musobaqa, aksiya va h.k.) tashkil etgan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 10 foiz ustama haq belgilanadi.
psixolog-metodist psixologlar va o‘quvchilar o‘rtasida yil davomida kamida ikkita va undan ortiq tanlov (tanlov, musobaqa, aksiya va h.k.) tashkil etgan bo‘lsa, psixolog-metodistning har oylik ish haqiga yil davomida 20 foiz ustama haq belgilanadi;
Agarda, psixolog-metodist tomonidan psixologlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida yil davomida bironta tanlov o‘tkazilmasa, bunday holda psixolog-metodistning ish haqiga tegishli ustama haq belgilanmaydi.
viloyati tumani (shahri)
yo‘nalishi metodisti
ning
20 -yil dagi faoliyati uchun tavsiya etilgan
ustama miqdori

T/r

Ko‘rsatkichlar

Belgilanadigan maksimal ustama miqdori (foizda)

Tavsiya
etilgan
ustama
miqdori

1.










2.










3.










4.










5.










6.










Jami

100







Komissiya raisi:


Komissiya a’zolari:
Download 172.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling