O‘zbekiston respublikasixalq ta’limi vaziri
Download 172.49 Kb.
|
163-KPI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustama
* ushbu ko‘rsatkich bo ‘yicha 2021-yil uchun 2020-yildagi natijalar hisobga olinadi va joriy yilning aprel oyidan boshlab ustama beriladi; ** ushbu ko ‘rsatkich yil yakuni bo‘yicha hisoblanib, 2022-yil yanvar oyidan boshlab bir yil davomida ustama belgilanadi. Darslik bo‘yicha metodistlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar moliyaviy yil uchun o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonida erishilishi belgilangan ko‘rsatkich 100 foizdan yuqori (rejadan ortiq) bajarilsa, belgilangan eng yuqori ustama foizi belgilanadi. Ishga qabul qilingan Darslik bo‘yicha metodistlarining ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy o‘tgach ushbu mezonlar asosida ustama haqi belgilanadi. Shuningdek, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich uchun belgilanadigan ustamalarni Darslik bo‘yicha metodistga belgilash uchun Darslik bo‘yicha metodist ushbu ko‘rsatkichga erishilgan muddatda ish faoliyatini olib borgan bo‘lishi shart. Baholash mezoniga tushuntirish xati “Maktablar tomonidan taqdim etilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan buyurtmalarni tuman miqyosida to‘g‘ri shakllantirish” mezoni 2021-yil may, iyun oyidan amal qiladi (ushbu mezon 2021-yil uchun 2020-yilda erishilgan natija asosida aprel oyidan dekabr oyigacha amal qiladi). Bunda, ushbu mezonga muvofiq: buyurtmalar noto‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; buyurtmalar asosan (80-90%) to‘g‘ri shakllantirilgan, lekin juz’iy xatoliklar mavjud bo‘lsa, 20 foiz ustama haq belgilanadi; buyurtmalar 100% to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, metodistning har oylik ish haqiga 40 foiz ustama haq belgilanadi. “Tuman miqyosida o‘quvchilarni darsliklar bilan to‘liq ta’minlashga erishish” mezoni 2021-yil sentabr oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: darsliklar bilan to‘liq ta’minlanmagan bo‘lsa har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; darsliklar bilan asosan (90%) ta’minlangan, lekin qisman ta’minlanmagan bo‘lsa, 20 foiz ustama haq belgilanadi; darsliklar bilan (100%) to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, metodistning har oylik ish haqiga 40 foiz ustama haq belgilanadi. “Shakllantirilgan istiqbol rejaga muvofiq darsliklar ijara to‘lovlarini belgilangan muddatda to‘lanishini ta’minlash” mezoni 2021-yil dekabr oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezon bo‘yicha ijara to‘lovlari muddatida to‘lanishi ta’minlanmagan bo‘lsa, bunday holda fan metodistining ish haqiga ushbu mezon bo‘yicha tegishli ustama haq belgilanmaydi. asosan to‘langan (95%), lekin istiqbol reja shakllantirishda juz’iy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, 10 foiz ustama haq belgilanadi; istiqbol reja to‘g‘ri shakllantirilib, ijara to‘lovlari muddatida (100%) to‘liq bajarilgan bo‘lsa, metodistning har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi. Bolalarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha metodistlari Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining bolalarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha metodistlarining (keyingi o‘rinlarda - Vasiylik va homiylik mutaxassisi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya: har oyda Vasiylik va homiylik mutaxassisi faoliyatini baholaydi va navbatdagi oy uchun yuqori natija ko‘rsatgan mutaxassislarga bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi; 15 yil davomida Vasiylik va homiylik mutaxassisi faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va tavsiya etilgan shaklda baholaydi; Vasiylik va homiylik mutaxassisi faoliyati natijalari asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, o‘zgarish kiritish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiyaning ustama haq belgilash bo‘yicha majlislari har oyda o‘tkaziladi. Bunda, Komissiya a’zosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, komissiyaning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida majlis bayonnomasida qayd etiladi. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan vasiylik va homiylik mutaxassislariga quyidagi mezonlar asosida ustama haq miqdorlarini belgilash tavsiya etiladi:
Download 172.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling