O‘zbekiston respublikasixalq ta’limi vaziri
Download 172.49 Kb.
|
163-KPI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustama
- Umumta’lim maktablarida internet, ichki lokal tarmoq va Wi-Fi uskunalarini ishchi holatda bo‘lishi
* ushbu ko‘rsatkich har oy yakuni bo ‘yicha hisoblanib, keyingi oy uchun ustama belgilanadi. ** ushbu ko‘rsatkich har chorak yakuni bo ‘yicha hisoblanib, keyingi chorak uchun ustama belgilanadi. *** ushbu ko ‘rsatkich yilyakuni bo‘yicha hisoblanib, 2022-yil yanvar oyidan boshlab bir yil davomida ustama belgilanadi; AKT metodistlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar moliyaviy yil uchun o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonida erishilishi belgilangan ko‘rsatkich 100 foizdan yuqori (rejadan ortiq) bajarilsa, belgilangan eng yuqori ustama foizi belgilanadi. Ishga qabul qilingan AKT metodistlarining ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy o‘tgach ushbu mezonlar asosida ustama haqi belgilanadi. Shuningdek, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich uchun belgilanadigan ustamalarni AKT metodistiga belgilash uchun AKT metodisti ushbu ko‘rsatkichga erishilgan muddatda ish faoliyatini olib borgan bo‘lishi shart. Baholash mezoniga tushuntirish xati “Umumta’lim maktablarida internet, ichki lokal tarmoq va Wi-Fi uskunalarini ishchi holatda bo‘lishi” mezoni 2021-yil yanvar oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: optik tolali aloqa liniyasi (yuqori tezlikdagi Internet) yetib borgan, ichki lokal tarmoq va Wi-Fi infratuzilmasi yaratilgan maktablarda internet faol ishlamasa (100%dan kam bo‘lsa), AKT metodistiga har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; optik tolali aloqa liniyasi (yuqori tezlikdagi Internet) yetib borgan, ichki lokal tarmoq va Wi-Fi infratuzilmasi yaratilgan maktablarda internet faol ishlasa va to‘liq ishchi holatda (100%) bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va “O‘zbektelekom” AK o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida markazlashgan holda tuzilgan shartnoma (tuman/shahardagi Internet infratuzilmasi mavjud barcha maktablar shartnomaga kiritilganligi) tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Shuningek, umumta’lim maktablarida internet, ichki lokal tarmoq yoki Wi-Fi uskunalari faol va ishchi holatda ishlashi bo‘yicha (maktablarga tashrif davomida, telefon orqali tasodifiy maktab bo‘yicha aniqlash va boshqalar yordamida) monitoring (ichki audit) o‘tkazilsa, uning natijalari ham har oylik ustama haq belgilash yoki belgilamaslikka asos bo‘lishi mumkin. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchi sertifikatiga ega o‘quvchilar” mezoni 2021-yil yanvar oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: umumta’lim maktablarining bitiruvchisi sertifikatiga ega 5-11-sinf o‘quvchilari soni jami 5-11-sinf o‘quvchilari soniga nisbatan 10%dan kam bo‘lsa, AKT metodistiga har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; umumta’lim maktablarining bitiruvchisi sertifikatiga ega 5-11-sinf o‘quvchilari soni jami 5-11-sinf o‘quvchilari soniga nisbatan 10% va undan yuqori bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; umumta’lim maktablarining bitiruvchisi sertifikatiga ega 5-11-sinf o‘quvchilari soni jami 5-11-sinf o‘quvchilari soniga nisbatan 15% va undan yuqori bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz portali yordamida dasturlashning eng kamida bir yo‘nalishi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan bitiruvchi sertifikatlari va uning elektron havolalari tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Shuningdek, monitoring (ichki audit) qilish (telefon orqali, joyiga chiqqan holda va boshqalar yordamida) “Bir million dasturchisi” loyihasi doirasida biror boshqa shaxslar tomonidan o‘quvchilar o‘rniga sertifiqatlarni olib berish holatlari uchraganda har oylik ustama haq belgilamaslikka asos bo‘ladi. “Elektron davomat tizimi joriy etilgan maktablarning chorak davomida faollik darajasi” mezoni 2021-yil yanvar oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: umumta’lim muassasasining elektron davomat tizimida chorak davomida faollik darajasi 70% faol va undan past yoki 3 oy davomida ketma-ket “qizil hudud”ga kirgan bo‘lsa, AKT metodistiga har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; umumta’lim muassasasining elektron davomat tizimida chorak davomida faollik darajasi 71-85% bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; umumta’lim muassasasining elektron davomat tizimida chorak davomida faollik darajasi 71-85% bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi. “Elektron kundalik” axborot tizimida umumta’lim muassasasining faolligi mazkur mezon uchun asos hisoblanadi. “Tuman/shaharlardagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida direktorlarning AKT savodxonligini oshirish” mezoni 2021-yil yanvar oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: tuman/shahardagi umumta’lim maktablarining jami direktorlar soniga nisbatan tuman/shaharlardagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida AKT savodxonligi bo‘yicha o‘quv kurslarida malakasini oshirmagan direktorlar soni 50 %dan kam bo‘lsa, AKT metodistiga har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; tuman/shahardagi umumta’lim maktablarining jami direktorlar soniga nisbatan tuman/shaharlardagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida AKT savodxonligi bo‘yicha o‘quv kurslarida malakasini oshirgan direktorlar soni 50 % va undan yuqori bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; tuman/shahardagi umumta’lim maktablarining jami direktorlar soniga nisbatan tuman/shaharlardagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida AKT savodxonligi bo‘yicha o‘quv kurslarida malakasini oshirgan direktorlar soni 91-100% bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi; Tuman/shaharlardagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tomonidan maktab direktorlarining AKT savodxonligi bo‘yicha (eng kamida 20 soatlik) o‘quv kurslarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. “Code.org platformasi orqali o‘quvchilarga dasturlashni o‘rgatish” mezoni 2021-yil aprel oyidan boshlab har oy amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: Code.org platformasi orqali jami o‘quvchilar soniga nisbatan dasturlashni o‘rganayotgan va sertifikatga ega o‘quvchilar soni 3% dan kam bo‘lsa, AKT metodistiga har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi; Code.org platformasi orqali jami o‘quvchilar soniga nisbatan dasturlashni o‘rganayotgan va sertifikatga ega o‘quvchilar soni 3% va undan ortiq bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; Code.org platformasi orqali jami o‘quvchilar soniga nisbatan dasturlashni o‘rganayotgan va sertifikatga ega o‘quvchilar soni 5% va undan ortiq bo‘lsa, AKT metodistining har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi. Code.org portali yordamida qo‘lga kiritilgan sertifikatlar va uning elektron havolalari tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Shuningdek, monitoring (ichki audit) qilish (telefon orqali, joyiga chiqqan holda va boshqalar yordamida) mazkur loyihasi doirasida biror boshqa shaxslar tomonidan o‘quvchilar o‘rniga sertifikatlarni olib berish holatlari uchraganda har oylik ustama haq belgilamaslikka asos bo‘ladi. Bolalarni ijtimoiy psixologik qoilab-quvvatlash markazi psixolog-metodisti Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining psixolog-metodistining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limida tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya: har oyda psixolog-metodist faoliyatini baholaydi va navbatdagi oy uchun yuqori natija ko‘rsatgan mutaxassislarga bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi; yil davomida psixolog-metodist faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va tavsiya etilgan shaklda baholaydi; psixolog-metodist faoliyati natijalari asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, o‘zgartirish kiritish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiyaning ustama haq belgilash bo‘yicha majlislari har oyda o‘tkaziladi. Bunda, Komissiya a’zosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, komissiyaning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida majlis bayonnomasida qayd etiladi. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan psixolog-metodistga quyidagi mezonlar asosida ustama haq miqdorlarini belgilash tavsiya etiladi:
Download 172.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling