O‘zbekiston respublikasixalq ta’limi vaziri
Download 172.49 Kb.
|
163-KPI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (foizda)
** ushbu ko ‘rsatkich yil yakuni bo‘yicha hisoblanib, 2022-yil yanvar oyidan boshlab bir yil davomida ustama belgilanadi; **** ushbu ko ‘rsatkich har oy yakuni bo‘yicha hisoblanib, keyingi oy uchun ustama belgilanadi; Vasiylik va homiylik mutaxassislarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar moliyaviy yil uchun o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonida erishilishi belgilangan ko‘rsatkich 100 foizdan yuqori (rejadan ortiq) bajarilsa, belgilangan eng yuqori ustama foizi belgilanadi. Ishga qabul qilingan Vasiylik va homiylik mutaxassislarining ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy o‘tgach ushbu mezonlar asosida ustama haqi belgilanadi. Shuningdek, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich uchun belgilanadigan ustamalarni Vasiylik va homiylik mutaxassisiga belgilash uchun Vasiylik va homiylik mutaxassisi ushbu ko‘rsatkichga erishilgan muddatda ish faoliyatini olib borgan bodishi shart. Baholash mezoniga tushuntirish xati “Bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) berish” mezoni 2021 -yil dekabr oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq vasiylik va homiylik mutaxassisi tomonidan: yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 10 nafar va undan ortiq bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) berilsa, metodistning har oylik ish haqiga 25 foiz ustama haq belgilanadi; yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 5 nafar va undan ortiq bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) berilsa, metodistning har oylik ish haqiga 15 foiz ustama haq belgilanadi; yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 5 nafardan kam bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) berilsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi. Tuman (shahar) xalq tadimi bodimi va fuqaro (tutingan ota-ona) o‘rtasida imzolangan bitim nusxasi yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. “Bolalarni farzandlikka berish” mezoni 2021-yil dekabr oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq vasiylik va homiylik mutaxassisi tomonidan: yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan 10 nafar va undan ortiq bolalar farzandlikka berilsa, metodistning har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan 5 nafar va undan ortiq bolalar farzandlikka berilsa, metodistning har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 5 nafardan kam bolalar farzandlikka berilsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining ajrim nusxasi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. “Bolalarga nisbatan vasiyyoki homiy tayinlash” mezoni 2021-yil dekabr oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq vasiylik va homiylik mutaxassisi tomonidan: yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bodgan 30 nafar va undan ortiq bolalar vasiylikka yoki homiylikka berilsa, metodistning har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bodgan 20 nafar va undan ortiq bolalar vasiylikka yoki homiylikka berilsa berilsa, metodistning har oylik ish haqiga 5 foiz ustama haq belgilanadi; yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan 20 nafardan kam bolalar vasiylikka yoki homiylikka berilsa berilsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi. Tuman (shahar) hokimining qarori nusxasi yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan bolalarni vasiylikka yoki homiylikka berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. “Mehribonlik uyiga va bolalar shaharchasiga vaqtinchalik muddatga joylashtirilgan kam ta’minlangan oilalarfarzandlarini oilalariga qaytarish” mezoni 2021-yil dekabr oyidan amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq vasiylik va homiylik mutaxassisi tomonidan: 10 nafar va undan ortiq Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan kam ta’minlangan oila farzandi sifatida vaqtinchalik muddatga joylashtirilgan bolalar o‘z oilalariga qaytarilsa, metodistning har oylik ish haqiga 30 foiz ustama haq belgilanadi; 8 nafar va undan ortiq Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan kam ta’minlangan oila farzandi sifatida vaqtinchalik muddatga joylashtirilgan bolalar o‘z oilalariga qaytarilsa, metodistning har oylik ish haqiga 20 foiz ustama haq belgilanadi; 5 nafar va undan ortiq Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan kam ta’minlangan oila farzandi sifatida vaqtinchalik muddatga joylashtirilgan bolalar o‘z oilalariga qaytarilsa, metodistning har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; 5 nafardan kam Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan kam ta’minlangan oila farzandi sifatida vaqtinchalik muddatga joylashtirilgan bolalar o‘z oilalariga qaytarilsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi. Bolaning dastlabki joylashtirish joyidagi tuman (shahar) hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyaning bolaning oilaga qaytishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasiga ko‘ra chiqarilgan tuman (shahar) hokimining qarori bolani oilasiga qaytganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish” mezoni 2021-yil aprel oyidan boshlab har oy amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq vasiylik va homiylik mutaxassisi tomonidan: aniqlangan 10 nafar va undan ortiq yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan bolalarning hammasi (100 %) joylashtirilgan bodsa, metodistning har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; aniqlangan 10 nafar va undan ortiq yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan bolalarning kamida 80 % yoki undan ortig‘i joylashtirilgan bodsa, metodistning har oylik ish haqiga 5 foiz ustama haq belgilanadi; aniqlangan 10 nafar va undan ortiq yetim va ota-ona qaramogddan mahrum bodgan bolalarning 80 % dan kami joylashtirilgan bodsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi. Bolalarni joylashtirishning quyidagi turlari mavjud. Bolalarni vasiylikka yoki homiylikka berilishiga, davlat tarbiya va davolash muassasalariga joylashtirilishiga tuman (shahar) hokimining qarori nusxasi, oilaga tarbiyaga (patronat) berilishiga tuman (shahar) xalq ta’limi bodimi va fuqaro (tutingan ota-ona) o‘rtasida imzolangan bitim nusxasi, farzandlikka berilishiga fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining ajrim nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganish” mezoni 2021-yil aprel oyidan boshlab har oy amal qiladi. Bunda, ushbu mezonga muvofiq vasiylik va homiylik mutaxassisi tomonidan: 10 nafar va undan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganib dalolatnoma tuzilsa, metodistning har oylik ish haqiga 15 foiz ustama haq belgilanadi; 8 nafar va undan ortiq yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganib dalolatnoma tuzilsa, metodistning har oylik ish haqiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; 8 nafardan kam yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganib dalolatnoma tuzilsa, metodistning har oylik ish haqiga ustama haq belgilanmaydi. Turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha dalolatnoma nusxasi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning turmush va ta’minot sharoitlarini o‘rganganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho‘basi metodistlari Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho‘basi metodistlarining (keyingi o‘rinlarda - AKT metodisti) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya: har oyda AKT metodisti faoliyatini baholaydi va navbatdagi oy uchun yuqori natija ko‘rsatgan mutaxassislarga bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi; chorak/yil davomida AKT metodisti faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va tavsiya etilgan shaklda baholaydi; AKT metodisti faoliyati natijalari asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, o‘zgarish kiritish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiyaning ustama haq belgilash bo‘yicha majlislari har oyda o‘tkaziladi. Bunda, Komissiya a’zosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, komissiyaning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida majlis bayonnomasida qayd etiladi. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan AKT metodistiga quyidagi mezonlar asosida ustama haq miqdorlarini belgilash tavsiya etiladi:
Download 172.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling