O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet93/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Byurokratiya (fr. bureau – yozuv stoli, ish kabineti, devonxona. yunon. kratos – qudrat, hokimiyat) –davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan hisoblashmasdan ma’muriy buyruqbozlik yo’li bilan boshqarish usuli. Byurokratik boshqaruvda xalqqa berilgan va’dalar faqat qog’ozda qolib ketib, u hech qachon amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog’ozbozlik va to’rachilik ma’muriy boshqaruv tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-ko’rsatmalari amalda bajarilmagan bo’lsa ham qog’ozda bajarilgan qilib ko’rsatiladi. Qog’ozda aks ettirilgan ko’rsatkichlar va yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi.
Sobiq SHo’rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, sotsialistik tuzumda byurokratizmga yo’l qo’yilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari surilgan bo’lsa-da, byurokratiyaning asl ko’rinishlari aynan sho’rolar jamiyatida gullab yashnadi.
SHovinizm (frantsuzcha «chauvinisme»)-millatchilikning keskin ko’rinishlaridan biri, bir millatning ikkinchisidan ustun qo’yish. SHovvinistik siyosat millat yoki xalqlar o’rtasida o’zaro dushmanlik munosabatlarini keltirib chiqarishga qaratilgan siyosat shovinistik siyosat deb yuritiladi.
Ateizm (fr. «theos» xudo, gr. «a» inkor yuklamasi). -Xudosizlik, xudoni inkor etish. Marksizm-leninizm g’oyalariga ko’ra xudoning mavjudligini inkor etish. Sobiq sho’rolar davrida kommunistik partiya tomonidan ommoviy ravishda targ’ib qilingan g’ayriinsoniy ta’limot.
Ma’lumki, din dunyo, inson, mavjudodlarning kelib chiqishini, hayotning mazmuni va ma’nosini, insonning yashashdan maqsadlari kabi savollarga javob beruvchi dunyoqarash shakli xisoblanadi.
SHo’rolar davrida dinga qarshi olib borilgan xuruj va xujum, tashviqot va targ’ibot oxir-oqibatda, istibdodchilar kutgan natijani bermadi va din faqatgina qoloqlikning, savodsizlikning, fan yutuqlarini bilmaslikning natijasi deyish nihoyatda yuzaki fikr ekanligini, din inson tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati, ruhiyati, kundalik hayoti bilan juda murakkab bog’langanligini ko’rsatdi. Din har bir jamiyat, davlat va mamlakatning madaniy, ma’naviy, ruhiy hayotida hamma vaqt ma’lum o’rinni tutgan va bundan keyin ham shunday bo’lib koladi. Darhaqiqat, bugungi Amerika Qushma SHtatlarining milliy volyutasi-dollarning orqa tomoniga «In god wee trust» -ya’ni «Biz xudoga ishonamiz» degan so’zlar yozib qo’yilgan.
«Qizil imperiya». 1917-1991 yillarda mavjud bo’lgan Sobiq Sovet Ittifoqi (SSSR) ga tarixchilar, badiiy ijod ahli va ilmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan atama. SHo’rolar davlatining bayrog’i qizil rangda bo’lganligi uchun shunday nomni olgan. g’arb ommaviy axborot vositalarida bu davllat «xalqlar turmasi» deb ta’riflangan bo’lsa, AQSH prezidenti R.Reygan (1980-1992) Sovet Ittifoqini «Yovuzlik imperiyasi» deb atagan edi. «Imperiya» so’zi lotincha so’z bo’lib, mutlaq hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini, mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling