O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi
Download 386 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маъруза №2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chotqol-Qurama tog` sistemasi
Tog` oldi va tog`liklar relefi. O’zbekiston tog`li qismi relyefining asosiy
xususiyati-bu tog` tizmalari bilan tog` oraliq botiqlari bilan g`arbga ochiq va shu tomonga balandligi pasayib boradigan tog` oldi tekisliklarining yonma-yon joylashganligidir. Tog`li hududda orografik tuzilishiga ko’ra 1) tog` sistemalari, 2) tog` oralig`i va tog` oldi botiqlari ajratiladi. O’zbekistonda Tyanshyan tarkibiga kiruvchi Chotqol-Qurama, Nurota- Turkiston, Hisor-Zarafshon tog` sistemalari ajratilgan. Chotqol-Qurama tog` sistemasi-respublikamizning shimoli-sharqida joylashgan bo’lib, Ugam, Qorjantog`, Piskom, Chotqol va Qurama tog` tizmalaridan iborat. Bu tog` tizmalarining hammasi Talas Olatog`ining tarmoqlari bo’lib, undan bir-biriga parallel holda janubi-g`arb tomon yo’nalganlar. Bu sistemadagi eng baland tog` tizmasi Chotqol. Uning mutlaq balandligi 4069 m. Boshqa tizmalar pastroq bo’lib, balandligi Piskomda 3700 m ga, Quramada esa 3769 metrga etadi. Sistemaning g`arbdagi eng chekka tarmog`i bo’lgan Ugam tizmasining o’rtacha balandligi 3000 m atrofida. Eng baland yeri Sayram cho’qissi (4236). Bu tog` tepalari qoyali, kambar yonbag`rilarida chuqur jarliklar ko’p. Faqat daryo yoqalarida o’r-qir terassalar bor. Tizmalar bir necha tarmoqlarga bo’lingan. Bu tizim g`arbiy tog` yonbag`rining o’rta qismida Qorjantog` ajralib chiqadi. U emirilib ancha pasayib qolgan. O’rtacha balandligi 2000 metr, eng baland cho’qisi Mingbuloq 2834 metrdir. Piskom tizmasining faqat g`arbiy yonlari O’zbekiston hududida joylashgan. U kambar, qoyali tog` bo’lib, Piskom daryosi vodiysi ustidan tik ko’tarilib turadi. Chotqol tizmasi G`arbiy Tyanshanning eng katta tarmoqlaridan hisoblanadi. O’zbekistonda uning janubi-g`arbiy qisqa va past qismi joylashgan. Chotqol tizmasi Chapchama tog` tugumidan g`arbda bir muncha past tizmalar va tekis baland 42 platolardan iborat. Shunday platolardan biri Qizilnura va Qurama tog`lari orasida joylashgan Ohangaron platosi bo’lib, uning balandligi 2500-3400 metrga boradi. Yer yuzasi Ohangaron va G`ovasoyning chuqur daralari bilan o’yilgan. Chotqolda Chapchama tog` uzelidan janubi-g`arb tomonga Qurama tizmasi ajralib chiqqan. Uning o’rtacha balandligi 2000 m, eng baland cho’qqisi esa 3769 metrga teng. Tizmaning shimoliy yonbag`ri platosimon tekis bo’lib, Ohangaron vodiysiga qiya tushadi. Quramaga janubi-g`arbda qoyali, ancha emirilib, pasayib qolgan Mo’g`iltog` tutashgan. Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling