O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi
Download 386 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маъруза №2 (1)
Nurota-Turkiston tog` sistemasi O’zbekistonning janubi-sharqida joylashgan.
O’zbekistonda Turkiston tizmasining faqat g`arbiy chekka qismi va uning davomi hisoblangan, uncha baland bo’lmagan Nurota tog`ining tarmoqlari joylashgan. Sistemaga kiruvchi tog`larning mutlaq balandligi uning sharqida Morguzar tizmasida 3000 metrdan oshadi, g`arbida Nurota tarmog`i-Aqtog`da esa 2000 metrni tashkil etadi. Bu tog`lar unchalik parchalanib ketmagan, ayrim tizmalar unchalik katta bo’lmagan tog` oraligi botiqlari bilan bir-birlaridan ajralgan. G`allaorol Qo’ytosh, Nurota tog` oraligi botiqlari relefi to’lqinsimon o’r-qirli, tog` oldi tekisliklariga o’xshaydi va mutlaq balandligi g`arbida 800 metrdan sharqiga tomon 400 metrgacha pasayib boradi. Turkiston tizmasining Farg`ona vodiysidagi shimoliy yonbag`ri keng, kichik tog` tarmoqlaridan, qiya tekisliklardan, chuqur daryo vodiylaridan iborat. Tizmaning janubiy yonbag`ri qisqa, u Zarafshon vodiysi ustidan tik ko’tarilib turadi. Turkiston tizmasi Sangzor daryosining boshlanish joyida ikkita tarmoqqa, shimoli-g`arbga yo’nalgan Morguzar, g`arbga cho’zilgan Chumqor tog`lariga bo’linadi. Nurota tog`lari baland bo’lmagan tizmalardan iborat bo’lib, uning eng baland yeri - Hayotboshi cho’qqisining mutlaq balndligi 2169 metrga yetadi. Bu tizmaning shimoliy yonbag`ri qambar, tik, kichik daryolar va juda ko’p quruq soylar bilan parchalangan, asosan toshloqlardan iborat, janubiy yonbag`ri esa unga nisbatan qiyaroq, kam parchalangan. Zarafshon vodiysiga asta-sekin pasayib boradi. Tog` tepalarida yalangliklar ko’p. Hisor-Zarafshon sistemasi Turkiston-Nurota tog` sistemasining janubida joylashgan. Bu sistemaga kiruvchi tog` tizmalari chuqur o’yilganligi, eroziyaning kuchliligi, tepa qismining qoyaligi, yonbag`irlarining asimmetrikligi, doimiy va vaqtincha oqar suvlar bilan parchalanganligi bilan boshqa tog` sistemalaridan ajralib turadilar. Hisor-Zarafshon sistemasiga kiruvchi tog`lar orasida eng balandi Hisor tizmasi hisoblanadi. Uning eng baland cho’qqisi Hazrati Sultonning mutlaq balandligi 4643 m. Hisor tizmasining janubiy yonbag`ri keng, tog` oldi qiyaliklari va platolari ko’p. Ularni daryo vodiylari kesib o’tgan. Hisor tizmasidan janubi-g`arbga tomon Boysuntog`, Yakkabog`, G`uzor, Ko’hitangtog`, Surxontog`, Bobotog` tizmalari tarqalgan. Bu tizmalarda qoyali yonbag`irlarni chuqur vodiylar kesib o’tgan. Ko’hitangtog`ning g`arbiy yonbag`rida karst relefi shakllari keng tarqalgan. O’zbekistonga Zarafshon tizmasining g`arbiy tarmoqlari kirib kelgan. Bular Chaqilkalon va Qoratepa tog`lari bo’lib, Chakilqalon Taxtaqoracha davonidan sharqda, Qoratepa esa g`arbda joylashgan. Chakilqalonning eng baland cho’qqisi 43 2388 m, tog`ning suvayirg`ichi qoyali, janubiy yonbag`ri juda tik, qoyali, bu yerda nurash natijasida hosil bo’lgan sochilma jinslar-qurumlar ko’p. Shimoliy yonbag`ri tog` o’rmonlari bilan qoplangan. Qoratepa tog`lari ancha past va yassi tog` tarmoqlaridan iborat bo’lib, eng baland cho’qqisi-Kamqo’tonning balandligi 2197 m. Zarafshon tizmasining eng g`arbiy qismi uncha baland bo’lmagan Ziyovuddin- Zirabuloq tog`laridan iborat. Bu tog`larning balandligi 400-600m bo’lib, eng baland cho’qqisi 1115 metr, suvayirg`ichi ancha tekis, tik qoyalar deyarli uchramaydi. Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling