O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi
Download 386 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маъруза №2 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Platosimon tekisliklar va platolar
Asosiy relef turlari O’zbekistonning tekisliklari relefi tektonik, abrazion, errozion-
akkumulyativ va eol jarayonlar ta’sirida shakllangan. Eng ko’p tarqalgan relef turi akkumulyativ tekisliklardir. Ular yer po’stining yangi cho’kkan yoki sekin ko’tarilayotgan qismlariga xos bo’lib, Orolbo’yining katta qismini, Qizilqumning shimoliy qismini egallagan. Bu tekisliklar tog`larning etaklari bo’ylab cho’zilgan mintaqa hosil qiladi. Platosimon tekisliklar va platolar nisbatan yoshroq akkumulyativ tekisliklardan 100-200 m baland bo’lib, yemirilishi qiyinroq bo’lgan sarmat ohaktoshlaridan tashkil topgan. Bu relef turi O’zbekistonning shimoli-g`arbida tarqalgan, unga Ustyurt kiradi. Ustyurt platosi atrofidagi tekisliklardan tik balandligi 150 metrgacha bo’lgan yonbag`irlar-chinklar bilan ajralgan, ular tektonik, denudastion va abrazion jarayonlar natijasida vujudga kelgan. O’zbekistonning tekislik qismidagi qoldiq past tog`lar, qator tepalar Hisor- Mang`ishloq yorig`i bo’ylab joylashgan. Bu relef turiga Qizilqumdagi tog`lar, SultonO’vays tog`i kiradi. O’zbekiston tekisliklarida eng ko’p tarqalgan relyef turi-qator tepalardir. Ular Qizilqumning to’rtlamchi davr uvoq jinslari, asosan qumlari uchun xosdir. Qum tepalari allyuvial yotqiziqlarning shamol ta’sirida qayta yotqizilishi natijasida paydo bo’lgan. O’zbekiston tog`lari relyefi shakllarida geologik taraqqiyot tarixi, hozirgi zamon tektonik va erozion-akkumulyativ jarayonlar hamda geologik yotqiziqlar tarkibi o’z aksini topgan. O’zbekistonda alp mintaqasiga xos relyef shakllari ham uchraydi. Ularning shakllanishi yangi tektonik harakatlarning ro’y berishi, muzliklar ta’siri hamda sovuqdan nurash bilan bog`liq. Bu relyef turi uchun hududning chuqur parchalanganligi, nisbiy balandlikdagi farqlarning kattaligi, yonbag`irlarning kalta, tik ekanligi, cho’qqilarning qoyali bo’lishi xos. Muzlik ta’sirida vujudga kelgan relef shakllari bilan birga bu erda o’ziga xos chuqur va tor troglar (muzlik hosil qilgan vodiy), past-baland morena uyumlari ham uchraydi. Alp relyefi shakllari hozirgi zamon muzliklari tarqalgan Piskom, Chotqol, Hisor, Zarafshon tizmalarida uchraydi. O’zbekistondagi o’rtacha balandlikdagi va past tog`larda (Nurota, Ko’hitantog`, Qurama, Mo’g`iltog`, Morguzor, Qoratepa, Bobotog`larda) bu tipdagi relyef shakllari yo’q. Erozion relef shakllari tog`larda keng tarqalgan. Bunday relyef asosan qadimda paydo bo’lgan tekis yuzalarni suv oqimlari yemirib, parchalab yuborishi natijasida vujudga keladi. O’rtacha balandlikdagi tog`larda qiya yonbag`irli, chuqur o’yilgan 46 vodiylar, daralar ko’p uchraydi. Vertikal parchalanish 400 metrdan 1000 metrgacha boradi. O’zbekiston tog`lari erozion relyefi, vertikal parchalanishi, yonbag`irlarining qiyaligi va vodiylari tubi kengligining har xil ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Past tog`lardagi erozion relyef tog`lik hududlarning chekka qismlariga mansub. Uncha baland bo’lmagan tog`lar yonbag`irlarining qiyaligi 10-15 0 bo’lib, yonbag`irlar daryolarning keng vodiylariga qo’shilib ketadi. Yonbag`irilarning ko’p yerida qadimgi terrasalar ancha ko’p saqlanib qolgan. Tog`larning usti ko’pincha ancha keng va yassi. Past tog`lar asta pasayib borib, tog` oldi akkumulyativ tekisliklarga qo’shilib ketadi. Tog` oralig`idagi botiqlarning relyefi akkumulyativ bo’lib, uzoq vaqt davomida suv va shamol keltirgan nuroq jinslarning botiq erlarda to’planishi natijasida vujudga kelgan. Botiqlarning chekkalarida qiyaroq prolyuvial tekisliklar joylashgan, ular tog`lardan oqib tushayotgan daryolar yoyilmalarining qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan. Prolyuvial tekisliklarning chekka qismlari jarlar va vaqtincha oqar suvlarning tor vodiylari bilan parchalanib ketgan. Bu prolyuvial qir va baland tekisliklar mahalliy geografik termin bilan adir deb ataladi. O’zbekiston tog`larida relef hosil qiluvchi jarayonlar hozirgi vaqtda ham jadal davom etmoqda. Nurash natijasida maydalangan tog` jinslarining yonbag`ir bo’ylab yuqoridan pastga sel, qor ko’chkilari, vaqtincha oqar suvlar, gravitastiya yordamida siljishi ayniqsa jadal ro’y bermoqda. O’zbekistonda balandlik mintaqalanish muayyan darajada aks etgan quyidagi geomorfologik guruhlarni ajratish mumkin. 1. Erozion parchalangan tog` oldi sertepa-jarlik relyefi shakllari: 2. Yumshoq cho’kindi jinslar ko’p tarqalgan joylardagi skulptura tekislik relyefi shakllari: 3. Nival mintaqaning alp relyef shakllari: 4. Tog` oralig`i botiqlarida keng tarqalgan akkumulyativ relyef shakllari. O’zbekistonning tekislik qismida atrofdagi tog`lardan suv oqizib keltirgan benihoya ko’p jinslarning to’planganligi, eol relyef shakllarining keng tarqalganligi va hududimizning gidrografik berk o’lka ekanligi natijasida bu yerda ko’p miqdorda tuz to’planib qolgan. Tekisliklarda geologik taraqqiyotning so’nggi ikki bosqichi- bosqichi va kontinental bosqichlariga mos ravishda tekisliklar relyefida ikkita balandlik bosqichi ajratiladi. Dengiz bosishi bosqichida paydo bo’lgan hududlar birmuncha baland bo’lib, yer yuzasi uchlamchi davrning karbonatli dengiz yotqiziqlaridan tarkib topgan (Ustyurt), neogen dengizi chekinganidan so’ng denudastion jarayonlar ta’sirida kamroq o’zgargan. Dastlabki relyefdagi asosiy o’zgarishlar yirik berk botiqlarning paydo bo’lishida aks etgan. Bu botiqlar tektonik, suffozion va eol jarayonlarning birgalikda ta’siri oqibatida vujudga kelgan. Asaka-Ovdon, Borsakelmas va boshqa botiqlar ana shunday yirik botiqlardir. Uzun cho’zilgan ayrim depressiyalar (Janadaryo va boshqalar) shamol ta’sirida o’zgargan quruq o’zan yoki tektonik botiqlardan iborat. Ularning tubi ko’pincha taqir va sho’rlar bilan band bo’ladi. 47 Kontinental bosqichda atrofdagi tog`lardan oqib tushgan daryo yotqiziqlari to’planishidan vujudga kelgan tekisliklarni tadqiqotchilar yoshiga qarab ikki tur tekislikka- biroz baland,-uchlamchi davr kontinental yotqiziqlaridan iborat qadimgi tekisliklar hamda to’rtlamchi davrning shamol juda to’zitib yuborgan qum-gil kontinental uvoq jinslardan tuzilgan birmuncha yosh tekisliklarga ajratadilar. Download 386 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling