O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

Oqchadaryo deltasi Nukus shahridan shimoli-sharqroqda, To’rtko’l vohasida 
joylashgan. Janub va sharq tomonda Qizilqum bilan o’ralgan. Shimolda Beltog` 
bilan chegaradosh. Delta Oqchadaryoning tor vodiysi orqali qo’shilib turadigan 
shimoliy va janubiy qismlarga bo’linadi. Deltaning tekis yuzasida balandligi 3-5 m. 
bo’lgan ayrim qum do’nglari va gryadalari ko’tarilib turadi. Deltaning yassi taqirli 
yuzasini quruq o’zanlar kesib o’tgan. Delta tekisligi qumli allyuvial yotqiziqlar bilan 
qoplangan, allyuvial qatlamning qalinligi 20-25 m. eng qalin joyda 30 metrgacha 
boradi. Uning yuqori 1,5 metrli qismi juda ham zich gillardan iborat. 


40 
Sariqamish deltasi Amudaryoning chap sohilida Tuyamo’yin tangisi bilan 
Mang`it qishlog`i oralig`ida joylashgan bo’lib, Xorazm vohasini o’z ichiga oladi. U 
g`arbda Sariqamish botig`i tomon cho’zilgan. Delta yuzasi tekis, o’zanlar bilan 
parchalangan va shimol hamda g`arbga tomon biroz qiya. Yirik kanallar qurilishi 
natijasida yuzaga kelgan marza (qirg`oq) tepalar, chuqurligi 1,5 metrgacha boradigan 
kanallar, ular oralig`idagi pastliklar delta relyefi uchun xosdir. Ariqlar oralig`idagi 
past yerlarga zovur suvlarini tashlash oqibatida ko’llar, botqoqliklar, sho’rxoklar 
vujudga kelgan. Relef Dovdon bilan Daryolik orasidagi o’zlashtirilmagan qumli 
yerlarda tabiiy holda saqlanib qolgan.
Orol dengizining qurib, chekinishi oqibatida uning janubiy qismida Orol qum 
tekisligi vujudga keldi. Hozirgi kunda bu joyda yer yuzasining holatiga ko’ra eski 
qirg`oq bilan shu kundagi qirg`oq o’rtasida bir-biridan farq qiluvchi ikkita mintaqa 
ko’zga tashlanadi. Birinchisi kengligi 10-20 km gacha bo’lgan qumli tekislik, 
ikkinchisi undan dengiz tomon davom etadigan sho’rxok tekislikdir. Qumli tekislik 
asosan shamolning ta’sirida dengiz ostidagi qumlarning harakatga kelishi tufayli 
paydo bo’lgan va bu yerda do’ng qumlar hamda barxanlar shakllangan. Qumli 
mintaqadan sho’rxok tekislikka o’tiladigan kambar yerda kichik-kichik qum uyumlari 
vujudga kelgan. Bu qumlar shamol ta’sirida asosan shimoli-sharqdan janubi-g`arbga 
tomon siljimoqda. Barxanlar Mo’ynoq, Ajiboy qo’ltig`i, chinkyoni qurigan tekisliklar 
uchun xosdir. Barxan qumliklarining kengligi Mo’ynoq qo’ltig`ining qurigan 
qismida 4 km. gacha boradi. Olib kelib yotqazilgan qumlarning qalinligi uncha katta 
bo’lmaganligi uchun barxanlar mayda va o’rtacha bo’lib, balandligi asosan bir metr, 
ayrim yerlarda ikki metrgacha etadi, Chink yonida esa 0,5-0,6 m. dan ortmaydi. 
Do’ng qumlar Ribache, Ajiboy qo’ltiqlarining qurigan qismida tarqalgan. Ular 
o’simliklar bilan mustahkamlangan, balandligi 2 m.gacha boradi. Bu yerlarda mayda 
qum do’nglari ko’p uchraydi. 
Sho’rxok mintaqa tekislikdan iborat, yuzasi dengizning markaziy va g`arbiy 
qismiga tomon pasayib boradi va bu yerdagi chuqurligi 0,5-0,6 metrgacha boradigan 
mayda botiqchalar tekislik relyefini biroz baland-past qilib turadi. Qumli mintaqadan 
dengizning hozirgi qirg`og`iga yaqinlashgan sari sizot suvi chuqurligining 
o’zgarishiga qarab, avvaliga bo’rsildoq, keyin qatqaloq, o’tloq va botqoq sho’rxoklar 
o’zaro almashinib boradi. Dengizning qurigan qismi uchun yer yuzasining yorilishi 
xosdir. Gruntdagi namning kuchli bug`lanishi va uning tez qurishi natijasida grunt 
zichlashadi va uning yuzasi yoriladi. Yoriqlar o’ziga xos 5-6 burchakli shakllar hosil 
qiladi va ularning uzunligi 20sm. dan 200-300 sm. gacha, chuqurligi 15 sm. gacha, 
kengligi esa 8 sm. gacha boradi. Eskirgan yoriqlar ko’p joylarda o’simlik qoldiqlari, 
qumlar, chig`anoqlar bilan to’lib qolgan. 
Dengizning qurigan qismida o’ta sho’r grunt har qanday o’simlik o’sishi uchun 
imkon bermaydi. 

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling