O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi
Download 386 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маъруза №2 (1)
Foydali qazilmalari.O’zbekiston turli foydali qazilmalarga boy. Uning
hududida Mendelev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60dan ortig`i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi (I. Karimov, 1997). Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zahiralarga ko’ra dunyoda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. O’zbekistonda ishga solinayotgan foydali qazilma konlari o’zining zahiralari kattaligi bilangina emas, balki bir qator hususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bu xususiyatlar quydagilar: 36 1. Tabiiy va mineral homashyo zahiralari yirik konlarda to’plangan, ularni qazib olingan joyning o’zida kompleks qayta ishlash imkoni bor. 2. Foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar miqdori ko’p bo’libgina qolmay, katta miqdorda yo’ldosh elementlarga ham ega. 3. Konlarning ko’pchiligida qazilmani ochiq usulda olish mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya foydali komponentlarni ko’p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi; 4. Ko’pgina foydali qazilma konlari aholi zich yashaydigan yaxshi o’zlashtirilgan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo’llariga va hududlar o’rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega; 5. Ishlab chiqarish va sostial infrastruktura, malakali kadrlar, tog`-kon sanoati mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari tizimi mavjud. O’zbekiston noyob yoqilig`i-energetika resurslariga ega. Respublikada 1990 yillar boshida neftning jami zahirasi 350 mln.t, gazniki 2 trillion kubometr, ko’mirniki 2 mlrd. tonna edi. O’zbekistonda 1997 yilda 7,6 mln.t.neft, 49,8 mlrd. m 3 gaz, 2,8 mln.t. atrofida ko’mir qazib olindi. Respublikada neft va gaz mavjud bo’lgan Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona kabi mintaqalar mavjud. Zahirasi sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan neft-gaz konlarining 70 % ga yaqini Buxoro-Xiva geologik zonasiga to’g`ri keladi. Farg`ona vodiysi eng qadimiy o’zlashtirilgan neftli rayondir. Shimoliy So’x, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Sho’rsuvda neft va gaz konlari birinchi marta XIX asr oxirlarida ochilgan bo’lib, 1904 yildan qazib olina boshlangan. Mazkur foydali qazilmalar mezozoy va qaynozoy eralari cho’kindi jinslari orasida paydo bo’lgan. 1992 yilda vodiyda Mingbuloq neft koni ochildi va 1994 yilning iyun oylaridan boshlab neft olinyapti. Neft va neft-gaz konlari Sherobod-Surxondaryo tog` oralig`i botig`ida paleogen davri ohaktoshlari orasida, Hisorda asosan yura davri karbonat tog` jinslari orasida, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida ham mezozoy davri karbonatli tog` jinslari orasida hosil bo’lgan bo’lib, ular ko’p qatlamli. O’zbekistonda eng yirik gaz konlari Janubi-G`arbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gaz mintaqalarida joylashgan. Buxoro-Xiva mintaqasi asosiy mintaqa bo’lib, unda respublikamizdagi gaz zahiralarining 90% joylashgan. Respublikadagi gaz zahirasi 66 trln. m 3 miqdorida baholangan, bu er yuzi zahirasining 1,3 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda eng yirik noyob gaz konlari Sho’rton, Muborak, Gazli guruhlariga kiruvchi konlardir. Ular mezozoy davri karbonatli tog` jinslari orasida hosil bo’lgan bo’lib, ko’p qatlamli va yuqori mahsulli, gazga neft yo’ldosh bo’lib chiqadigan konlardir. Hozir O’zbekistonning neft mahsulotlariga bo’lgan talabi o’z resurslari hisobiga qondirilmoqda. O’zbekiston katta ko’mir zahiralariga ega. Ohangaron vodiysida (qo’ng`ir) ochiq usulda va yer ostida gazga aylantirilib, Sharg`un va Boysunda toshko’mir shaxta usulida qazib olinmoqda. Bu konlar yura davri qatlamlarida joylashgan. Hozir bu konlarda har yili o’rtacha 3 mln. t. ko’mir (shundan 70 ming tonnadan ko’prog`i toshko’mir) qazib olinmoqda. 37 O’zbekistonda bir qancha qora (temir, titan, marganest, xrom), rangli (mis, qo’rg`oshin), nodir (volfram, molibden, qalay, vismut, simob, surma), qimmatbaho (oltin, kumush) metall konlari bor. Hozir respublikada 200 dan ortiq temir rudasi borligini bildiruvchi konlar mavjud, lekin sanoat uchun qazib olishga yaraydiganlari hali aniqlangani yo’q. Istiqbollilari 1989 yilda ochilgan, zahirasi 128 mln.t., tarkibida 32 % temir bo’lgan Temirkon, 36 % temir bo’lgan Surenota konlari hisoblanadi. O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin zahiralariga ega davlatdardan hisoblanadi. 2003 yil ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimiz oltinning aniqlangan zahirasi bo’yicha dunyoda 4 o’rinda, oltin ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo’yicha esa ettinchi o’rinda turadi. Respublikamizda 46 ta oltin koni aniqlangan, shundan 29 tasi o’rganilgan, 12 tasi foydalanilmoqda O’zbek oltini sifati jihatidan eng sof oltin deb e’tirof etilgan va 20 ga yaqin xalqaro mukofolaru sovrinlarga sazovor bo’lgan. Jumladan 1999 yili nufuzli Tokio birjasi soflik darajasi «99.99» raqami bilan tamg`alangan o’zbek oltinini butun dunyo miqyosida tilla sifatini aniqlashning oliy mezoni- etaloni tarzida belgilab qo’ydi. O’zbekistonda 1990 yillarda 70 tonna oltin qazib olingan, 1998 yilga kelib bu ko’rsatkich 87 tonnani tashkil etdi. Oltinning zahiralari Nurota, Toshkent atrofida va asosiysi Markaziy Qizilqumda kembriygacha bo’lgan va quyi paleozoy jinslarida joylashgan. Bu erdagi Muruntov koni dunyodagi eng katta konlar jumlasiga kiradi. Qizilqumda Muruntovdan tashqari Ajibugut, Bulutkon, Balpentog`, Aristantog`, To’rboy va boshqa yangi konlar aniqlangan. So’nggi yillarda Marjonbuloq, Olmaliq, Qizilolmasoy va Chodoqda ham oltin qazib olinmoqda. Hozir O’zbekistonda qazib olinayotgan oltinning 86 % ga yaqini Qizilqumga, 10 % Olmaliqqa to’g`ri keladi. O’zbekiston yana bir qimmatbaho metall- kumushga ham boy. Uning yirik konlari Navoiy va Namangan viloyatlarida joylashgan. Sanoat ahamiyatiga ega zahirasi Oqjitpes, Kosmanchi, Visokovoltno’y, Asttepa konlarida bo’lib, zahirasi 30 000 t. tashkil etadi. O’zbekiston rangli metallarning ham aniqlanmagan zahiralariga ega. Mis rudalari bilan birga respublikamizda rangli metallarning 15 dan ortiq turi qazib olinadi. Rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan 3 ta konda aniqlangan zahirasi 22 000 mln. tonna. Olmaliq zonasida aniqlangan mis zahirasi Olmaliq tog` metallugiya kombinatini 200 yil davomida xomashyo bilan ta’minlashi mumkin. O’zbekiston boy uran zahiralariga ham ega, uni qazib olinayotgan hajmi bo’yicha dunyoda 8 o’rinda turadi. Birinchi uran koni 1904 yilda Farg`ona vodiysida ochilgan. Keyingi yillarda vodiyda yana bir qancha uran konlari ochib ishga tushurildi. 1943 yilda esa birinchi marta uranni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston geologlari tomonidan 50 yillarning oxirida noyob Uchquduq uran koni ochilib, uning zahirasi o’rganildi. Keyingi yillarda Qizilqumda yana o’nlab yangi konlar ochildi, ularda urandan tashqari selen, molibden, renin, skandiya kabi elementlar borligi aniqlandi. Hozirgi kunda jahon bozorida uranga talab ortib bormoqda, chunki uni tinchlik maqsadlarida ishlatish kengayib bormoqda. O’tgan asrning 90-yillarida dunyodagi 26 davlatda 426 ta atom reaktori ishlagan va ularga dunyoda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 16 % i to’g`ri kelgan. Hozirgi kunda O’zbekiston AQSh va Rossiyaga kelishuv asosida uran yetkazib bermoqda. Qizilqum na faqat oltin, uranga boy, u 38 fosforitlarning ham aniqlangan katta zahirasiga ega. Bu yerda geologlarning fikricha, fosforitlarning taxminiy zahirasi cheksizdir. O’zbekistonda nometall foydali qazilmalarning 70 dan ortiq xili qazib olinadi yoki xalq xo’jaligida ishlatiladi. Metallurgiya uchun xomashyo hisoblanagan plavikovo’y shpat, grafit, asbest, talk, kimyoviy xomashyo-tuz, oltingugurt, qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan - fosforitlar, bentonitlar, gillar, glaukonitlar, kaliy tuzlari, oyna sanoati xomashyosi dala shpati, kvarst, kvarstli qum, kaolin va boshqalar shular jumlasidandir. O’zbekistonda binokorlik materiallari ham juda ko’p. Oq rangdan to qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar, xususan marmar konlari mavjud. Respublikamizda ko’plab kaliy tuzi, osh tuzi va tosh tuzi konlari, issiq mineral buloqlar bor. O’zbekistondagi yer osti suvlari tarkibida, ayniqsa Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va Farg`ona artezian havzalaridagi suvlarda sanoat ahamiyatiga ega miqdorda steziy, rubidiy, stronstiy, bor, germaniy, yod va brom kabilarning borligi aniqlangan va ularning ayrimlari hozirgi kunda suvdan ajratib olinmoqda. O’zbekiston hududi yer yuzasining tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi: tog`oldi-tog`lar va tekisliklar. Tog` oldi va tog`larga respublika sharqi va janubi- sharqidagi tog` tizmalari, tog` oldi qiya tekisliklari hamda tog` orlig`idagi botiqlar, tekisliklarga esa pasttekisliklar, denudastion tekisliklar va platolar kiradi. Respublikamizning sharqiy va janubi-sharqiy qismini Tyanshan va Oloy tizmalarining tarmoqlari, g`arbiy va shimoli-g`arbiy qismini Turon tekisligining markaziy qismi egallagan. O’zbekiston umumiy maydonining 78,7 % ini tekisliklar, 21,3 % ini tog`lar tashkil etadi, mamlakatning eng past nuqtasi Mingbuloq botig`i bo’lsa (-12 m), eng baland nuqtasi Hisor tog`ining Qoldirg`a tizmasidagi Hazrati Sulton cho’qqisidir (4643 m). O’zbekistonning er yuzasi asosan sharq va janubi- sharqdan g`arb va shimoli- g`arb tomon pasayib boradi. Shu sababdan ham daryolar shu tomonga oqadi. Tekisliklar yaxlit bo’lib Amudaryoning quyi va o’rta oqimi, Sirdaryoning o’rta oqimi, Zarafshonning o’rta va quyi oqimi atrofidagi yerlarni ishg`ol etgan. O’zbekistonning shimoli-g`arbida Ustyurt platosi atrofidagi tekisliklardan tik ko’tarilgan chinklar bilan ajralib turadi. O’zbekistonning eng past yerlari Orolning qurigan qismi, Amudaryoning deltasi, Qizilqumning shimoli-g`arbiy qismlari bo’lib, bularning okean sathidan o’rtacha balandligi 30-100 m. Sultonuvays, Bo’kantog`, Quljuqtog`, Tomditog`lar O’zbekiston tekislik qismining eng baland (900 m.gacha) qismilaridir. O’zbekistonning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarini egallagan tog` tizmalari Qorjontog`, Ugam, Piskom, Chotqol, Farg`ona, Qurama, Nurota, Morguzar, Turkiston, Hisor-Zarafshon tizmalari G`arbiy hamda Janubiy Tyanshan va Oloy tog` sistemalarining tarmoqlari bo’lib, ularning o’rtacha balandligi 2000-2500 metrni tashkil etadi. Ayrim cho’qqilarning balandligi esa 4500 m.dan ham oshadi. Bu tog` tizmalarini Toshkent-Mirzacho’l, Farg`ona, Samarqand, Sangzor, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi tog` oralig`i va tog` oldi botiqlari bir-biridan ajratib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling