O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

Tektonikasi. O’zbekiston hududi tektonik tuzilishining o’ziga xosligi, er 
po’stining qalinligiga va er yuzasining tuzilishiga ko’ra tektonik jarayonlarning 
kechishi keskin farq qiluvchi 2 ta tektonik o’lkaga ajratiladi. 
1. Orogen (tog`li) o’lka. 
2. Tekislik-platforma o’lkasi. 
O’zbekistonning orogen (tog`li)-ya’ni janubiy, sharqiy va markaziy qismlari 
neogen va to’rtlamchi davrlarda tektonik harakatning ishini boshidan kechirganligi 
uchun platformadan keyin hosil bo’lgan orogen o’lka kiritiladi. U har xil katta-
kichiklikdagi tektonik tuzilmalardan iborat. Bularning asosiylari Chotqol-Qurama, 
Nurota-Oloy, 
Hisor-Zarafshon 
sistemalaridagi 
tog` 
tizmalari, 
Afg`on-tojik 
botig`ining shimoli-g`arbiy qismi, Qizilqum qoldiq tog`lari hamda Toshkent yoni
yoki tog` oldi botig`i, Zarafshon,Farg`ona botiqlari hisoblanadi. 
Tekislik-platforma o’lkasi O’zbekistonning g`arbida joylashgan va unga 
Sirdaryo sineklizasining(er po’stining platformadagi sal bukilgan botiq qismi) janubi, 
Amudaryo gemisineklizasining (botig`ining) shimoli-sharqiy qanoti, oliy va Janubiy 
Ustyurt sineklizalari hamda Markaziy Ustyurt tepaliklari kiradi va bularning hammasi 
Turon plitasining bir qismi hisoblanadi. Bu plitaning paleozoy fundamenti yer 
betidan 1-6 km. dan ortiqroq chuqurlikda yotadi. Platforma fundamenti bir nechta 
yoriqlar bilan bo’laklarga bo’lib yuborilgan. Eng katta yoriqlar kenglikka yaqin 
yo’nalishdagi 
Hisor-Mang`ishloq 
va 
meridianal 
yo’nalishdagi 
Ural-Omon 
yoriqlaridir. Bu yoriqlar fundamentni 4 ta blokka ajratgan. Respublikamizning asosiy 
qismi shimoli-sharqiy blokda, faqatgina janubiy qismi janubi-sharqiy blokdadir. 
Shimoli-sharqiy blok mezo-qaynazoyda ko’tarilgan, fundamentning chuqurligi bu 


31 
erda 1 km. gacha bormagan, faqatgina eng chuqur botiqlarda 2 km. dan oshgan. 
Janubi-sharqiy blok mezozoyda deyarli ko’tarilgan bo’lgan, qaynozoyda juda tez 
cho’kaboshlagan, shuning uchun bu erda fundament 8-10 km. chuqurlikda 
yotadi.Orogen va plitali tektonik tuzilmalar gersten va alp tog` hosil bo’lish 
davrlarida vujudga kelgan, ularni turli katta-kichiklikdagi va yo’nalishdagi yoriqlar 
kesib o’tgan. Bu er yoriqlari bo’ylab ro’y berib turadigan harakatlar ta’sirida mazkur 
tektonik tuzilmalar har xil balandlikka ko’tarilgan, ba’zilari cho’kkan, natijada 
palaxsali relef shakllari hosil bo’lgan. Gersten tog` hosil bo’lish davrida tektonik 
harakatlar bilan bir qatorda vulqonlar ham otilgan. Vulqon va yoriqlar sodir 
bo’layotgan jarayonlar natijasida O’zbekistonda mavjud rudali, rangli, nodir, 
qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo’lgan. 

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling