O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


O’zbekiston hududining seysmikligi


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

O’zbekiston hududining seysmikligi. Ma’lumki, Yer ichki qismidagi 
jarayonlar ta’sirida yer po’stida ro’y beradigan titrash, silkinish va tebranish 
harakatlarga yer qimirlash (zilzila) deb ataladi. 
Grek olimi Aristotel, o’rta asr buyuk enstiklopedisti O’rta Osiyolik Abu 
Rayhon Beruniy, Ibn Sinolar zilzilaning asosiy sababchisi vulqon harakatlari bo’lsa 
kerak deb o’ylaganlar. Bu fikr fanda XVIII- XIX asrlargacha saqlanib qoldi. Ba’zi 
olimlar zilzilalar Quyosh, Oy va boshqa sayyoralarning ta’sirida ro’y beradi deb, 
kosmik ta’limotni ilgari surganlar. 1872 yilda Janubiy Italyada kuzatishlar olib 
borgan Eduard Zyus yer qimirlashlar tektonik jarayonlarga bog`liq ekanligini birinchi 
bo’lib ilmiy asosda tushuntirgan. Bundan tashqari, Zyus zilzilalar yer ostidagi 
bo’shliqlardagi o’pirilish, qulashlar natijasida kelib chiqishni ham aniqlagan.
Demak, zilzilalar paydo bo’lishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. 


33 
1. 
Vulqon harakati paytida ro’y beradigan zilzilalar. 
2. 
Yer po’stida ro’y beradigan tektonik harakatlar bilan bog`liq bo’lgan 
zilzilalar. 
3. 
O’pirilish, qulash natijasida bo’ladigan zilzilalar. 
4. 
Meteoritlar tushishi oqibatida ro’y beradigan zilzilalar. 
Tektonik zilzilalar tog`larning o’sishi, uzilmalar bo’ylab tog` jinslarining siljishi, 
bukilmalarning hosil bo’lishi bilan bog`liq bo’lgani uchun kuchli, nihoyatda xafli 
hisoblanadi. O’zbekiston hududi Alp-Himolay geosinklinal (seysmik) mintaqasida 
joylashgan, bu erda zilzilaning kuchi 8-9 ballgacha boradi (Rixter shkalasi bo’yicha). 
Deyarli hamma kuchli zilzilalar yer qobig`idagi tektonik harakatlar natijasida paydo 
bo’ladi. Kuchli zilzilalar yirik morfostrukturalarning tutashgan yerida, tog` 
tizmalarining yirik botiqlar bilan tutashgan chegaralarida kuzatiladi. O’zbekistonda 
seysmik eng faol zonaga Chotqol-Farg`ona, Qizilqum, Hisor-Oloyning janubiy etagi 
kiradi. Ularning har birida seysmogen zonalar ajratilgan. O’zbekistonda bo’lib o’tgan 
zilzilalar o’choqlarining joylashish xaritasini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, 
zilzilalarning o’chog`i cho’ziq shaklda bo’lib, yer po’stidan chuqurda yotgan 
yoriqlarning yo’nalishiga mos tushadi. Zilzila o’choqlarining chuqurligi asosan 5-40 
km orasida bo’ladi.
O’zbekiston hududida va unga qo’shni o’lkalarda Chotqol-Farg`ona, Sharqiy 
Farg`ona, Janubiy Farg`ona, Janubiy Tyanshan (uning g`arbiy va shimoliy qismi), 
Markaziy Qizilqum, Piskom-Qarjantog`, Janubiy O’zbekiston seysmogen zonalari 
ajratilgan. Bu zonalarning hammasi tektonik yoriqlar o’tgan hududlarga to’g`ri 
keladi. Ularda Rixter shkalasi bo’yicha kuchli 7-9 balli falokatli zilzilalar qayd 
qilingan. Masalan, O’zbekistonda 1976-1986 yillar orasida Seysmologiya 
institutining bergan ma’lumotlariga ko’ra magnitudasi 5,5-7,3 bo’lgan 10 dan ortiq 
kuchli zilzila qayd qilingan. 
Chotqol-Farg`ona seysmik faol zonada eng faol er qimirlash hududlaridan biri 
Piskom-Qorjantog` seysmogen zonasi hisoblanadi. Uning asosini Ugam-Qorjantog` 
yer yorig`i tashkil etadi. Bu yerda 1937 yilda Piskom, 1946 yilda Chotqol, 1959 yilda 
Burchmulla, 1966 yilda Toshkent, 1971 yilda Abay Bozor, 1972 yilda Xalqobod, 
1977 yilda Tovoqsoy, 1980 yilda Nazarbek zilzilalari sodir bo’ldi. Hozirgi kunda 
zonaning seysmik rejimi o’zgarishi kuzatilmoqda. Shuningdek, bu rejimga Chorvoq 
suv omborida to’planayotgan suvning ta’siri bor-yo’qligini sinchiklab o’rganilmoqda. 
Biz guvoh bo’lgan Toshkent zilzilasiga to’xtab o’taylik. Bu zilzila 1966 yilning 26 
aprel tongida mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 22 minut 52 sekund o’tganda 
boshlangan. Avval qattiq gumburlash tovushi eshitilib, shahar chekkasida shafaq 
ko’ringan (kuchli zilzilalar oldidan paydo bo’ladi). Bu er ostida yig`ilgan 
kuchlanishning er yuziga chiqqan paytida elektr energiyasiga aylanishidan sodir 
bo’ladi. Ro’y bergan zilzila o’chog`i Toshkent ostida 5-10 km chuqurlikda 
joylashgan. Zilzila energiyasi 10
14 
joulga teng bo’lib, epistentrda (Qashqar 
mahallasida) uning kuchi 8 ballga etgan, shahar chekkasida 6 ball bo’lgan. Zilzila 6-8 
sekund davom etib, tebranish 1 sm.gacha borgan. Birinchi kuchli zarbdan so’ng 
silkinishlar takrorlanib, tez vaqt ichida 500 tadan oshib ketgan, ularning ichida 5 ta 
zilzilaning (10 mayda, 24 mayda, 4 iyunda, 24 iyunda va 4 iyulda bo’lgan 


34 
zilizilalarning) kuchi 7 ballga yaqinlashgan. Toshkent markaziy seysmik stanstiyasi 
Toshkentda zilzilaning 1500 marta takrorlanganligini qayd qilgan. Toshkent 
zilzilasiga shaharoldi fleksura uzilmasidagi (tog` jinslarining har xil kuchlanishlari 
ta’sirida uzilib ketishidan bir necha kilometrga cho’zilgan siniqlar-fleksura uzilmalari 
hosil bo’ladi) tektonik harakatlarning faollashishi sabab bo’lgan. Ma’lumotlarga 
ko’ra, 

balli 
silkinish 
Toshkentda 
1868 
yilda 
bo’lgan. 
Toshkent 
seysmostanstiyasining bergan ma’lumotlariga ko’ra, 1915 yildan 1953 yilgacha 
Toshkentda 89 marta er qimirlagani kuzatilgan. Shundan 22 tasi 4 ball, 6 tasi 4-5 ball, 
15 tasi 5 ball, 2 tasi 6 ball kuchga ega bo’lgan ekan. 1966 yilgi zilziladan Toshkent 
shahri ancha zarar ko’rdi-84000 kvartira, 225 ta bolalar muassasalari, 181 ta o’quv 
dargohlari buzildi, bir qancha sanoat korxonalari shikastlandi, Erda mayda yoriqlar 
paydo bo’ldi. 
Janubiy O’zbekiston seysmogen zonasi Janubiy Tyanshan zonasining janubi-
g`arbidagi davomi hisoblanadi. Bu zonada 1175 yilda Kerki, 1880 yilda Urgut, 1984 
yilda G`allorol kuchli zilzilalari qayd etilgan. 
Janubiy Farg`ona zonasi eng faol zonalardir. Bu erda 1888 yilda 8 balli 
Kostako’z, 1923 yildagi 8 balli Garden, 1924 yilda 7-8 balli Qurshob, 1977 yildagi 
Shohimardon, 1982 yildagi Chimyon zilzilalari qayd etilgan.
O’zbekistonda eng faol seysmik zonalardan biri Shimoliy va Sharqiy Farg`ona 
zonasi. Bu erda 1620 yilda 9 balli Asxi, 1927 yilda 8 balli Namangan, 1984 yildagi 
Pop, 1903 yildagi 8 balli Oym va 1902 yildagi 9 balli Andijon zilzilalari qayd
qilingan. Bu zonada Namangan, Andijon, Piskom-Chotqol, Qurshab kabi epistentrlar 
guruhlari mavjud.
Keyingi yillarda faol seysmik harakatlar Janubiy Tyanshan zonasiga kiruvchi 
Janubi-G`arbiy Qizilqumda ro’y berdi. 1975 yil 17 mayda Gazli atrofida kuchi 7 
balldan yuqori (to 9 ballgacha) bo’lgan falokatli zilzila ro’y berdi. Seysmologiya 
ilmiy-tekshirish institutining bergan ma’lumotiga ko’ra, bu zilzila Janubiy 
Quljuqtog` yorig`ida uncha katta bo’lmagan (10 km) chuqurlikda yirik bloklarning 
qo’zg`alishi natijasida ro’y bergan. Gazli zilzilasi 1978 yilda ozroq magnituda 
(magnituda-zilzilaning nasbiy energetik xarakteristikasi) bilan takrorlangan. Bizning 
respublikamiz hududi qo’shni mamlakatlarda hosil bo’lgan seysmik to’lqinlarni aks 
ettiradigan zonada turadi. Shuning uchun u yerda bo’layotgan zilzilalarning aks 
sadosini biz tez-tez sezib turamiz.
O’zbekistonda antropogen omil ta’sirida ham kuchsiz zilzilalar bo’lib turadi. 
Har xil portlatish ishlari, transport harakati, yirik suv omborlarining qurilishi ta’siri, 
yer osti boyliklari qazib olingandan so’ng bo’shliqlarni suv bilan to’ldirilishi kabilar 
bunday antropogen zilzilalarga sababchidir O’zbekistonda borgan sari texnogen yer 
qimirlashlar xavfi ortmoqda. 2001 yil 8 avgustda Yaponiyada qiziq tajriba o’tkazildi. 
Maktab o’quvchilaridan 1 milliontasi katta maydonga yig`ilgan va ular 1 minut 
davomida baravariga sakrab, kuchsiz yer silkinishi bo’lishiga erishganlar. 
Hozirgi kunda fan zilzilalarni bashorat qilishda birmuncha yutuqlarga erishdi. 
Zilzilani kuzatish birnecha bosqichda olib borilmoqda. Birinchi bosqichda uzoq 
muddatli bashorat asosida zilzila qaerda, tahminan qaysi yillarda, qanday kuch bilan 
sodir bo’lishi aniqlanmoqda. Keyingi bosqichlarda zilzilalarni o’rta va qisqa 


35 
muddatlarga bashorat qilinadi. Buning uchun seysmogen zonalarda maxsus asboblar 
yordamida zilzila darakchilari kuzatib boriladi. Ular-erning magnit, elektr, 
gravitastion maydonlarining o’zgarishi, ionosfera qatlamidagi o’zgarishlar, yer 
sathining, yer osti suvlarining sathining, ular tarkibidagi mikroelementlar 
miqdorining, seysmik to’lqinlar tarqalish tezligi o’zgarishlari va boshqalardir. Bu 
darakchilar zilzila o’chog`idagi tog` jinslarining fizik hossalarining o’zgarishidan 
yuzaga keladi. Zilzila darakchilaridan ba’zilari bevosita yer qimirlashidan bir necha 
kun va soat oldin kuzatiladi. Ular yer silkinishini qisqa muddatda bashorat qilishga 
xizmat qiladi. Bu darakchilar zilzila o’chog`ida turli mexanik-elektrik jarayonlar 
bilan bog`liqdir. Masalan, Gazli zilzilasining qaytalanishidan va Oloy zilzilasidan 
oldingi impuls elektromagnit va magnit maydonlarining xarakterli o’zgarishlarini 
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya ilmiy tekshirish institutining olimlari 
aniqlab, bo’ladigan zilzilalarni bashorat qilganlar. 
Keyingi yillarda zilzilalarni bashorat qilishda u bilan bog`liq bo’lgan oldin va 
keyin keladigan oqibatlarni kuzatishda gidrogeoximik va gidrodinamik usullardan 
keng foydalanilmoqda. Tektonik harakatlarni o’rganish borasida gidroximik 
ma’lumotlar fan uchun yangi bir sohani ochdi-bu gidrogeoseysmologiyadir. Zilzila 
bo’layotgan paytda chuqur qatlamdagi suvlar tarkibidagi kimyoviy elementlar, 
tuzlarning xususiyatlari o’zgarib turishi zilzila sabablarini bilish imkoniyatini yaratdi. 
Ko’p yillik kuzatishlar faqat radon usulini qo’llash bilangina bashorat qilishga 
erishish mumkin emasligini tasdiqladi. Shuni aytish kerakki, faqat hamma 
darakchilarni kuzatadigan ilg`or usullarni komplekslashtirish natijasidagina zilzila 
bashoratiga to’g`ri yo’l ochish mumkin. 
Hozirgi kunda zilzilalarni bashoratlashda zilziladan oldin hayvonlarning o’zini 
tutishi, o’simliklar holatining o’zgarishi ham o’rganilmoqda. 
O’zbekistonda zilzilalarni kuzatish ishlari 30ga yaqin seysmostanstiyalarda, 
O’zRFA Seysmologiya institutida va boshqa tashkilotlarda olib boriladi. 
Zilzilalar keltiradigan zarar va talafotlarni kamaytirishda hamda ular oldini 
olishda imorat va inshootlar mustahkamligini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. 
Buning uchun mamlakatimizning butun hududi seysmik rayonlashtirilgan. Inshootlar 
va binolarni qurishda va ular chidamliligini belgilashda har bir seysmik rayonning 
xususiyati, ya’ni ro’y berishi mumkin bo’lgan zilzilalar kuchi hisobga olinadi.

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling