O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


Respublika hududida tabiatning rivojlanish bosqichlari va relefining


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

Respublika hududida tabiatning rivojlanish bosqichlari va relefining 
vujudga kelishi. O’zbekiston er yuzasining hozirgi ko’rinishi uzoq davom etgan 
geologik davrlar mobaynida dengiz va quruqlik sharoitida, turli burmalanish 
bosqichlari davomida har xil sur’atda ro’y bergan tektonik harakatlar ta’sirida 
shakllangan. 
Arxey va proterozoy eralarida O’zbekiston hududi dengiz ostida bo’lgan va 
cho’kindi tog` jinslari to’plangan. 
O’zbekiston hududining asosiy qismini paleozoy erasidan tortib to neogenga 
qadar Tetis dengizi qoplab yotgan. Yuqori bo’r davrida dengiz bir oz chekingan, 
hozirgi Qizilqum o’rnida orol va orolchalar ko’rinib turgan. Geosinklinal zonada 
hosil bo’lgan qalin dengiz yotqiziqlari ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan davom etib 
turgan tog` paydo bo’lish jarayonlarida burmalangan va baland quruqliklar vujudga 
kelgan. Silur davrida avjiga chiqqan kaledon tog` hosil bo’lish bosqichida 
O’zbekiston hududida bu burmalanishning ta’siri sezilmagan va geosinklinal sharoit 
davom etgan. Paleozoy oxiriga kelib, gerstin tog`lari hosil bo’lgandan so’ng 
quruqliklar maydoni kengaygan, dengiz esa yana janubi-g`arbga chekingan. 
Toshko’mir davrida boshlangan gerstin burmalanishi davrida Markaziy Qizilqum, 
G`arbiy va Janubiy Tyanshan tog` tizmalari ko’tarilgan. Perm davriga kelib gerstin 
burmalanishi tugagach tog`lar emirila boshlagan va paleozoy erasining oxiri va 
mezazoy erasining boshlarigacha bu tog`lar yassi tog`larga aylanib qolgan. Mezazoy 
erasidagi kimmiriy burmalanishi O’zbekiston hududida kuzatilmagan. 
Bo’r va paleogen davrlarida O’zbekiston hududiga dengiz yana bostirib keladi, 
botiqlarni va tekisliklarni dengiz bosadi hamda Qoratog` va Oloy tizmasigacha etib 
bordi. Oloy bo’g`izi Farg`ona dengizini Tojikiston dengizi havzasi bilan bog`laydi. 
Oloy, Turkiston, Farg`ona, Chotqol va Nurota tizmalari orol va yarim orollar shaklida 
dengizdan ko’tarilib turgan. Bu dengiz trangressiyasi davrida dengiz qirg`oqlarida 
abrazion tekisliklar hosil bo’lgan, mayda shag`al, shag`al-qum va loyqalardan iborat 
cho’kindi jinslar dengiz tubiga yotqizilgan. Ularning qalinligi Markaziy Farg`onada 
2500 metrgacha boradi. Paleogenning oxiriga kelib O’zbekiston hududidan dengiz 
chekinadi, bukilmalarda qizil rangli kontinental yotqiziqlar to’plana boshlaydi.
Neogen davrida kuchli alp burmalanishi ro’y beradi.O’zbekiston hududidagi 
gerstin burmalanishida ko’tarilib, keyingi geologik davrlarda emirilib pasayib qolgan 
tog`lar qaytadan ko’tarilib, yosharadi va hozirgi relef shakllari tarkib topa boshlaydi. 


32 
To’rtlamchi davr boshlarida ham tog` hosil bo’lishi davom etgan. G`arbiy 
Tyanshan tizmalarida ko’tarilishlar yuz bergan va relef shakllarining tarkib topishida 
eroziya hamda muzliklar ta’siri kuchaya boshlagan. To’rtlamchi davrda iqlimning 
o’zgarib borishi natijasida tog`larda to’plangan qor va muzliklardan juda ko’p oqar 
suvlar paydo bo’lgan. Tog`larni kuchli darajada emirgan bu suvlar juda ko’p 
uvalangan mahsulotlarni tog` oldi qiyaliklariga va tekisliklarga olib kelgan. Daryolar 
tekisliklarda adashib, turli o’zanlardan oqqan va natijada qalin qum hamda gil 
allyuviylarini to’plagan. Keyinchalik shamol qumlarni o’ynatib, qayta yoyib, 
cho’llardagi hozirgi relef shakllarini vujudga keltirgan. O’zbekistonda tog` oldi qiya 
tekislik va adirlarda, shuningdek yirik daryo vodiylarida ko’p tarqalgan tez 
uvalanuvchi, g`ovak, mayda donalardan iborat karbonatli, bo’z tusli, cho’kindi tog` 
jinsi- lyossning kelib chiqishi munozarali. Ba’zi olimlar lyossni dengiz, ko’l, daryo, 
suv-muzlik yotqiziqlari natijasida vujudga kelgan deb, boshqalar esa eol jarayonlar 
tufayli hosil bo’lgan deb hisoblashadi. Ko’p olimlar eol jarayonlar va tuproq hosil 
bo’lish jarayonida vujudga kelgan degan gipotezani ma’qullaydilar. O’zbekistonlik 
olimlar O’rta Osiyo lyossi allyuvial yo’l bilan hosil bo’lgan degan xulosaga 
kelganlar. 
Yana shuni takidlash lozimki, to’rtlamchi davrda O’zbekiston hududida tog` 
tizmalari bilan birga tog` oralig`idagi botiqlar ham sekinlik bilan ko’tarila boshlagan. 
Natijada neogan davrida yotqizilgan cho’kindi qatlamlarni oqar suvlar yuva 
boshlagan, shu bilan birga daryo vodiylarida daryo terrasalari vujudga kela 
boshlagan. Tog` tizmalari, tog` oralig`idagi botiqlarning ko’tarilishi ularning chekka, 
ya’ni tog` tizmalariga yaqin qismlarda kuchliroq bo’lgan. Shu sababli botiqlarning bu 
qismlarida tog` oldi qirlari (adir) vujudga kelgan.
O’zbekiston hududida pleystostenda shakllangan relef asosan to’rt bosqichda: 
Nanay (O
1
eng
qadimgisi) Toshkent (O
2
), Mirzacho’l (O
3
) va Sirdaryo (O
4

bosqichlarida shakllangan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekiston hududidagi tog`larning, 
tekisliklarning hozirgi relyefi neogen va to’rtlamchi davrlarda vujudga kelgan. 
Tog`lar asosan denudastiya, tekisliklar esa akkumulyastiya jarayonlari natijasida 
hozirgi ko’rinishga kelgan hududlardir. Binobarin, O’zbekiston tabiati hozirgi 
holatining shakllanishi asosan to’rtlamchi davr mobaynida ro’y bergan. 

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling