O’zbekiston tabiatini shakllantiruvchi omillar. O’zbekiston hududining orografik tuzilishi


Toshkent atrofi tog` oldi botig`i


Download 386 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana25.03.2023
Hajmi386 Kb.
#1295547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 маъруза №2 (1)

Toshkent atrofi tog` oldi botig`i Chotqol, Qurama, Turkiston, Nurota tog`lari 
orasida joylashgan bo’lib, shimoli-g`arbda Qizilqum bilan asta qo’shilib ketadi. 
Botiqning sharqida va janubida alohida-alohida turgan adirlar mavjud. Botiq 
relyefida tog`larga yondashgan, yuzasi to’lqinsimon tekisliklar va Sirdaryo, Chirchiq 
hamda Ohangaron daryolarining yuzasi tekis terrasalari ajralib turadi. Chirchiq-
Ohangaron vodiysida qayir usti terrasalari mavjud. Ular ichida katta maydonni 1- va 
4- terrasa egallaydi. 1-terrasaning mutlaq balandligi Qibray shaharchasi yaqinida 512 
m., Chirchiqning quyilish joyida 170 m.ga teng. 1-va 4-qayir usti terrasalarining 
qayirdan balandligi 1-7 metrni tashkil etsa, qadimgi 4-terrasa balandligi 20 metrga, 
ayrim yerlarda 40 metrga etadi. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan Mirzacho’l 


44 
tekisligi Sirdaryoning 3-terrasasidan iborat. U daryo qayiridan 2-3 va 8-10 m 
ko’tarilib turadi. Tekislikning yuzasi deyarli tekis bo’lib, shimoli-g`arbga tomon 
biroz pasayib boradi. Relefida yonbag`ri juda ham kam qiyalikka ega bo’lgan ikkita 
past tekislik-Sardoba va Sho’ro’zak o’zansimon tekisliklar ajralib turadi. Janubdan 
Mirzacho’lga to’lqinsimon tog` oldi qiya tekisliklar yondoshib keladi. Ular Turkiston 
tog` tizmasidan oqib tushadigan Sangzor, Zominsuv va boshqa daryo hamda 
soylarning konussimon prolyuvial yoyilmalaridan, hududni janubdan o’rab turgan 
tog`larning 
delyuvial-prolyuvial 
shleyflaridan 
tashkil 
topgan. 
Tog` 
oldi 
tekisliklarining Sirdaryoning 3qterrasasi bilan qo’shilgan yerida keng sho’rxok zona 
mavjud. 
Toshkent tog` oldi botig`ida paydo bo’lishi va gipsometrik belgilariga qarab 
strukturali-erozion, skulptura-erozion, erozion-akkumulyativ va eol-akkumulyativ 
relef tiplarini ajratish mumkin. 

Download 386 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling