O’zbekiston tarixi 7-sinf


O‘z-o‘zini rivojlantirish


Download 0.97 Mb.
bet62/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

O‘z-o‘zini rivojlantirish
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.
Fanga oid kompetensiyalar:

  • Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob, “Klaster” guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

  1. II. O’tgan mavzuni so’rash: Jaloliddin davlatida nega ichki ziddiyatlar kelib chiqqan? Nima deb o‘ylaysiz, uning oldini olish mumkinmidi?

O’ quvchilar fikri umumlashtirilib, faol oquvchilar baholanadi
Yangi mavzu bayoni

  1. Tarixiy-badiiy asarlarda Jaloliddin Manguberdi timsolining yaratilishi

  2. Mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberdi nomining tiklanishi.

Anushteginiylar sulolasi boshqargan Xorazmshohlar davlati (1097–1231)ning ko‘p yillik tarixi o‘sha davr musulmon tarixchilari tomonidan yozilgan qator asarlarda o‘z aksini topgan. Ular asosida ushbu sulolaning so‘nggi vakili, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi hukmronligi, uning mo‘g‘ul istilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda G‘arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini kuzatish mumkin. Bu manbalar orasida Jaloliddin Manguberdining shaxsiy kotibi (kotib al-insho), tarixchi Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) nomli asar alohida o‘rin tutadi. Nasso (Niso) viloyatidagi qal’alardan birining sohibi bo‘lgan Nasaviy 1224-yilda xizmat yuzasidan Iroqqa borib qoladi va o‘sha yerda Sulton Jaloliddinning xizmatiga kiradi. Shundan e’tiboran u Jaloliddinning ishonchli mulozimlaridan biriga aylanib, to 1231-yilgacha, ya’ni Jaloliddinning vafotiga qadar u bilan birga bo‘ladi.


O‘zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesalar yaratildi, 2000- yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling