O’zbekiston tarixi 7-sinf


- Darsning mavzusi: Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi Darsning maqsadi


Download 0.97 Mb.
bet70/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

28 - Darsning mavzusi: Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga Etnik jarayon nima ekanligini, o’zbek xalqining shakllanish bosqichlarini to’liq yoritib berish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni o’zlikni anglash, xalqimizning ulug’ nomini qadrlashga o’rgatish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni voqea-hodisalarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: test, suhbat, savol-javob
Dars jihozi: Elektron darslik, darslik, doska, xarita, chizma, rasmlar va tarqatma materiallar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
Savollarga javob bering:

1. III bobda nima haqida o’rgandik?


2. Chingizxon davlati haqida nimalarni bilib oldingiz?
3.Chingizxon davlati boshqaruvi haqida so’zlang.
4. Mo’g’ullar bosqini oqibatlari nimalardan iborat edi?
5. Nima sababdan yurtimiz mo’g’ullarga qaram bo’lib qoldi?
6. Qaram bo’lmaslikning yo’li bor edimi, qanday?


III.Yangi mavzu bayoni:
Jahondagi boshqa xalqlar kabi o‘zbek xalqining shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo‘lgan etnik jarayonlar mahsulidir. O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan mahalliy sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruh ham O‘zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar.
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.
Mil. avv. III asrda Sirdaryoning o‘rta oqimida tashkil top­gan Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» no­mini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojik- lariga xos antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruh­lar - kushonlar hamda IV-V asrlarda O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga kirib kelgan xioniylar, kidariylar va eftallardir.

  • Mil. avv. III asrda «Qovunchi madaniyati» va O‘rta Osiyoning antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi. Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga Turk xoqonligi dav­rida O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib o‘troqlashgan turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy elatlar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan jadal uyg‘unlashuvi yuz berdi. VII asrdan boshlab o‘lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala boshlagan.

VIII asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib, bu qatlam asosining aksariyat ko‘pchiligini o‘troqlashgan turkiy etnoslar tashkil qilgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan sodir bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo‘ldi. Aynan mazkur davrda o‘zbek xalqiga xos etnik omillar shakllangan. Bu davrda o‘zbeklarning umum elat tili qaror topdi.
Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatda, muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida IX-XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi. Uning asosiy, o‘q ildizini o‘lkamizda muqim yashab kelgan o‘troq ziroatkor va mirishkor chorvador tub yerli aholi tashkil etdi. Bunday ikki turli turmush tarzidagi aholi qadimdan ikki tilda: sug‘d va turk tillarida so‘zlashgan. Mazkur o‘ziga xos ikki tur- kum tillar asosida «sug‘d yozuvi» va «turkiy run bitik»lari imlosi yuzaga kelgan. Shubhasiz, asrlar davomida kengayib borgan o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar natijasida o‘zbek va qardosh elatlarning ota-bobolarini uyg‘unlashib, birikishiga olib kelgan. Hali yozuv yuzaga kelmasdan avval boshlangan bunday ulkan etnogenetik jarayonning izlari yurtimizning joy nomlarini ma’nosida o‘z ifodasini topgan.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling