IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Atamalarni yod oling:
Etnik jarayon - kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi
Turkiston - turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka.
O‘zbek xalqining asosini sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar va sak- massagetlar tashkil etgan.
IX-XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi. Uning asosini o‘lkamizda yashab kelgan ziroatkor va chorvador tub yerli aholi tashkil etdi.
Movarounnahrda joylashgan aholi qadimdan ikki tilda: sug‘d va turk tillarida so‘zlashgan.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.O‘lkamizda sodir bo‘lgan etnik jarayonlar haqida so‘zlang.
2.O‘zbek xalqi qanday shakllandi?
3.O‘zbek xalqining ajdodlarini kimlar tashkil etgan?
4.O‘zbek va O‘zbekiston nomlari qanday ma’nolarni anglatishi borasida o‘ylab ko‘ring.
.Dars yakunlarini chiqarish.
O’quvchilarda yuzaga kelgan savollarga javob berish.
O’quvchilarni baholash.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.
3. ”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.
O’IBDO’ ________________
O’zbekiston tarixi 7-sinf
-
Do'stlaringiz bilan baham: |