O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet74/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Test kalit:

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

J

D

B

D

D

B

C

B

C

C

A

A

B

D

D

C

C

C

D

19. sadr 20.VII asrdan. 21.G`oyirxon(Inolchiq). 22. Sharofulmulk
23.1999-yil. 24.Mulki vaqf (vaqf yeri). 25. Urganch


III.Uy vazifasini tushuntirish.
1.Yangi mavzu bilan tanishib kelish
2.Axborot to`plash.

O’IBDO’ _______________________


O’zbekiston tarixi 7-sinf



7 “V”



7 “G”

7 – “D”








30 - Darsning mavzusi: Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayot
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilar bu darsda O’rta Osiyolik buyuk allomalarning hayoti, ularning ilm fanga qo’shgan ulkan xissasi bilan yaqindan tanishadilar
Tarbiyaviy: O`quvchilarga yurtdoshimiz bo’lgan buyuk allomalar hayoti-ijodini o’rgatish orqali milliy iftixor tuyg’usini shakllantirish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: guruhlar ishi, ma’ruza, savol-javob, test
Dars jihozi: Darslik, Doska, Xarita, Chizma va tarqatma materiallar, Prezentatsiya
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash,darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Arxeologik manbalarda tilga olingan "Qovunchi madaniyati" qaysi davrga oid?
A.Mil.aw. III asr B.Mil.aw. II asr C.Mil.aw. V asr D. Mil.aw. VII asr
2. Qachondan boshlab o'lkamiz "Turkiston" nomi bilan atala boshlagan?
A.V asrdan B. VI asrdan C. VII asrdan D. VIII asrdan
3. Nechanchi asrlarda o'zbek xalqi shakllandi?
A. VI-VIII asrlarda B. VIII-Х asrlarda C.IX-XII asrlarda D.X-XIII asrlarda
4. O’lkamizda qadimdan aholi ikki tilda so’zlasgan, bular qaysilar?
A. tojik va o’zbek, B.fors va turkiy C.sug’d va turk D. Sug’d va o’zbek
5. O’lkamizga IV-V asrlarda qaysi xalqlar kirib keldi?
A. xioniylar, kidariylar, eftallar B. kushonlar, xioniylar, kidariylar, eftallar
C. makedonlar, forslar, kushonlar D. Sakla, massagetlar, qang’lar
III.Yangi mavzu bayoni:
IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar bosh- qaruvining qaror topishi bilan madaniy hayotning rivoji uchun keng yo‘l ochiladi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg‘onish davri boshlandi.
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do‘konlari qurilgan. Movarounnahr va Xorazm jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.
1004-yilda shakllangan «Dorul hikma va maorif» («Bilim- donlik va maorif uyi») - «Ma’mun akademiyasi»ning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973­1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan so‘ng «Dorul hikma va maorif»ning faoliyati tugatilgan, olim- larning ko‘pchiligi G‘azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni chiqdi. 2006-yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.
Abu Nasr Farobiy 873-yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samar­qand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr ilm- fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular orasida «Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi», «Baxt- saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a'zolari haqida», «Fozil odamlar shahri» va boshqa ko‘pgina asarlari muhim ahami- yatga ega bo‘lgan. Farobiy Sharqda Arastudan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir - «Muallim us-soniy» nomi bilan shuh­rat topdi.
Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o‘rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning (865-925) asarlarini puxta o‘rganadi.
Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e’tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganchdagi (Urganch) Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037- yilda vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan, tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik «Al-qonun fit-tib» («Tibqonunlari») nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, tashxis, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning g‘oyat muhim masalalariga alohida e’tibor berilgan. Uning «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Xo­razmning Kat shahrida tug‘ilib, Urganchda ta’lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma’mun II saroyida to‘plangan olimlar bilan birgalikda Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G‘azna shahriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G‘aznada vafot etadi. Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o‘zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda shahar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent Dav­lat Texnika universiteti Beruniy nomiga qo‘yilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etil­gan.
Bu davrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator yirik asarlar bitildi. Ulardan eng nodirlari Yusuf Xos Hojibning (XI asr) «Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ah­mad Yassaviyning «Hikmat» kabi asarlaridir. Bu davr turkiy adabiy tili eski o‘zbek va uyg‘ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo‘ldi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling