O’zbekiston tarixi 7-sinf


Download 0.97 Mb.
bet77/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

Yusuf Xos Hojib. Turkiygo‘y adib, mutafakkir va davlat arbobi bo‘lgan Yusuf Xos Hojib (XI asr) “Qutadg‘u bilig” dostonining muallifidir. U qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan bo‘lgan Bolasog‘unda tug‘ilgan. Yusuf bu yerda arab, forsiy til va undagi adabiyotlarni puxta o‘rgandi. Falsafa, mantiq, matematika va boshqa bilimlarni mukammal egalladi, davlat ishlari, idora qoidalari bilan qiziqdi. Yusufning hayoti va ijodiy yo‘li haqidagi ma’lumotlar juda oz. Yusuf Xos Hojib haqida ma’lumot beruvchi yagona manba “Qutadg‘u bilig” dostonidir. U 1069-yilda “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asarini Bolasog‘unda yoza boshlaydi va 1070-yilda Koshg‘arda tugatadi. Asarni qoraxoniylar hukmdorlaridan bo‘lgan Tavg‘och Bug‘roxonga taqdim etadi. “Qutadg‘u bilig” Tavg‘och Bug‘roxonga ma’qul kelib, Yusufga “Xos Hojib” (eshik og‘asi) martabasini beradi. O‘shandan boshlab adibni Yusuf Xos Hojib deb atay boshlaydilar. Asarda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o‘rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. “Qutudg‘u bilig”da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. “Qutadg‘u bilig”da axloq, odob, sadoqat va va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‘zlar yuritadi.
Mahmud Koshg‘ariy. XI asrda yashab ijod etgan Mahmud Koshg‘ariy hayoti va ijodiy faoliyati haqida yetarli ma’lumot saqlanib qolmagan. U arab,fоrs, turkiy kabi 7-8 tilni puxta egallagan. 1056–1057-yillarda mamlakatdagi ichki nizоlar natijasida оlim o‘z vatanini tark etib, 15 yil davоmida atrоfdagi qardоsh xalqlar оrasida yurishga majbur bo‘lgan. Ana shu yillarda u turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarni kеzib, bu yеrlardagi turkiy qabila va urug‘lar, ularning kеlib chiqishi va nоmlanishi, jоylashish o‘rinlari, urf-оdatlari, ayniqsa, til xususiyatlarini sinchiklab o‘rganadi. So‘ng Bag‘dоdga bоrib, 1072-yil dunyoga mashhur asari “Dеvоnu lug‘оtit turk” (“Turkiy so‘zlar dеvоni”)ni yozib tugatdi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling