O’zbekiston tarixi 7-sinf


X-XIII asrlarda36.IX-X asrlardayoq toshko'mir va neft topilib ishlatilgan hududni aniqlang


Download 0.97 Mb.
bet80/130
Sana29.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1309039
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
Bog'liq
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan

5.X-XIII asrlarda36.IX-X asrlardayoq toshko'mir va neft topilib ishlatilgan hududni aniqlang.
A.Termiz B.Farg'ona C.Xorazm D.Shosh
6."Bayt ul-hikmat"da ijod qilgan olimlar xato berilgan javobni toping. "
A.Al-Xorazmiy B.Al-Farg'oniy C. Al-Marvaziy D.Az-Zamaxshariy
7.Xorazmiyning «Al-jabr» asari XII asrda ...da lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi.
A.Ispaniya B.Fransiya C.Gretsiya D.Amerika
8.Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy asarlari va ularning qaysi fan sohasiga oid ekanligi to'g'ri berilgan qatorni toping.
1) «Kitob surat al-arz»; 2) «Usturlob bilan ishlash haqida kitob»; 3) «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola»; 4) «Hind hisobi haqida».
a) tarix; b) maternatika; c) astronomiya; d) geografiya.

      1. 1-b; 2-d; 3-е; 4-a B.1-е; 2-b; 3-е; 4-d C.1-d; 2-b; 3-е; 4-a D.1-d; 2-е; 3-a; 4-b

III.Yangi mavzu bayoni:
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda islom ta’limotining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ay­niqsa Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870-yillarda yashab ijod qilgan) va uning zamondoshi hamda shogirdi Abu Iso Mu­hammad at-Termiziy (824-894 yillar)ning hissasi nihoyatda buyukdir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asarlar yozdi. Uning birgina «Al-jome’ as- sahih» asariga 7275 hadis kiritilgan.
1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludi­ning 1225 yilligi nishonlandi. Sa­marqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida «Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui» barpo etildi. 4 jildlik «Al-jome’ as-sahih» kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi


Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075- yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabi- yotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan «Al-Mufassal», Qur’oni karim tafsiriga oid «Al-Kashshof» asari musulmon olamida mashhurdir. Za­maxshariy «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham «Al-Kashshof» asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar.
Mashhur fiqh (huquqshunos) olimi Burhonuddin al-Marg‘inoniy 1123-yilda Rishtonda (Farg‘ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg‘inoniyning eng nodir asari to‘rt jildlik «Hidoya» asaridir. «Hidoya» islom huquqshunosligi bo‘yicha mukammal asar bo‘lib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlari- dagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo‘llanma vazifasini o‘tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilin­gan. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda.2000-yilda al-Marg‘inoniyning 910 yilligi nishonlandi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling