O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotdagi 
o’zgarishlar 
 Eng asosiy o’zgarish – yerga egalik qilish munosabatlarining vujudga 
kelishi 
 Yirik mulkdorlar – dehqon xo’jaliklari salmog’ining kuchayishi 
 Ularga qaram – ijarador – kadivarlar tabaqasining ortib borishi
 O’ziga tegishli yerlarda erkin xo’jalik yurituvchi kashovarzlar 
tabaqasining mavjudligi 
Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari huquqining 
poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi pirovardida ijtimoiy adolat va haqqoniyat 
yo’lidagi xalq harakatlari, g’alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. VI asr birinchi choragida 
Eronda boshlanib, O’rta Osiyo hududida ham keng aks-sado bergan Mazdak
20
qo’zg’oloni buning 
yaqqol ifodasidir.
Eftaliylar davrida madaniyat ham o’sdi. Varaxsha shahri obidalari, Termiz yaqinidagi
Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan betakror tasvirlar, o’ymakorlik va ganjkorlik 
namunalari - bular ajdodlarimiz yuksak badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir. 
Turk xoqonligi. Xoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti 
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o’zlaridan 
munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko’plab tarixiy manbalar ham tasdiq etadi. Mo’’tabar
Xitoy manbalari, mashhur «O’g’iznoma», Urxon-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli 
guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg’u, 
O’g’iz, To’qqiz o’g’iz, O’ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur, To’qri (toharlar), Quriqan, Duba 
(tuba-tuva)va boshqalar yashardilar.
VI asr boshlarida Oltoy o’lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O’sha paytda hozirgi 
Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr 
boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug’ining mavqei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling