O‘zbekiston tarixi


Dashti Qinchoqda yashagan


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Dashti Qinchoqda yashagan 
urug’larning nomlari: 
 Burkut 
Kenagas 
 Qiyot 
Do’rmon 
Qushchi 
Qurlovut 
Qo’ng’irot 
Tub 
Ushun (usun) 
Oyi 
O’tachi 
Mang’it 
Nayman 
No’kuz 
Jot 
Uyg’ur 
Chimboy 
Xitoy 
Qarliq 
Toymas 
Echki 
Tuman 
Qirq 
Yuz, ming 
v.b. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan yaqqol ko’rinib turibdiki, Dashti Qipchoqda yashagan aholi 
turli urug’ga mansub bo’lib, har birining o’ziga xos nomi bo’lgan.
Ular XV asrda «O’zbek» degan umumiy nom bilan atala boshlaganlar. Dashti qipchoqlik 
ko’p sonli urug’, qabilalar Movarounnahr hududlariga kirib kelar ekanlar, ular, eng avvalo, 
mahalliy qardoshlari, elatdoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashib, ulardek o’troq hayotga 
moslashib, ularning turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib
singdirib bordilar. Eng muhimi, kirib kelgan urug’, qabilalar bu zaminda o’zlarining ikkinchi 
vatanlarini topish barobarida asta-sekin bu yerning tubjoy aholisi tarkibiga singishib bordi. Bu 
1
Қаранг: Б.Аҳмедов. Ўзбек улуси, Т.Мерос, 1992, 13-бет. 


narsa ayniqsa ularning avvalgi ko’chmanchilik hayotiga xos turmush tarzidan o’zlaridan 
madaniy va maishiy sohalarda ancha yuqori darajada bo’lgan mahalliy halqning ilg’or turmush 
tarziga o’tishida, uning ko’p asrli boy ma’naviy merosi sarchashmalaridan bahra topib borishida 
yaqqol namoyon bo’ldi. Shuning uchun ham ular mahalliy qardoshlari bilan qorishib, ma’nan 
yuksalishga yuz tutib, ularning ilg’or hayot tarzini o’zlariga uzil-kesil singdirib bordilar. 
Temuriylar saltanati o’rnida dastlab XVI asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva 
xonliklari XVIII asr boshlarida Qo’qon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy 
makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan bo’lsada, bu 
holat o’zbek elati birligiga jiddiy putur etkaza olmagan. Siyosiy chegaralar bo’lishiga 
qaramasdan uch davlat tarkibidagi aholi o’zaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada 
bo’lib kelganlar.
Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 o’zbek urug’lari nafaqat O’zbekiston hududida, balki
butun O’rta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 o’z bek urug’lariga O’rta Osiyoda qadimdan 
yashab kelayotgan tub yerli aholi, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida
milodimizning birinchi ming yilligi davomida, mo’g’ullar istilosi davrida hamda Shayboniylar 
davrida kirib kelgan etnik guruhlar ham kiradi. Shuningdek, O’rta Osiyoda qadimdan yashab 
kelayotgan chig’il, yag’mo, usun, tuxsi, xalaj, qipchoq va turkmanlar kabi etnik guruhlar ham 
garchi X-XII asrlarda va undan keyingi davrlarda bu yerda o’rnashganliklariga qaramasdan 92 
o’zbek elati tarkibiga kirganlar. 
O’rta Osiyo xalqlarining XIX asrning ikkinchi yarmi XX boshlarida hayoti rivojlanish 
bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bog’liq holda kechadi. Keyinchalik 
mintaqada sovet hokimiyatining o’rnatilishi bilan O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish 
o’tkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Oqibatda aholi asrlar davomida birgalikda 
yashab kelgan tarixiy makon suniy ravishda bo’lib yuborildi. Mintaqa xalqlarining 
assimlyatsiya, kansuldatsiya jarayonlariga jiddiy ta’sir o’tkazildi. Keyinchalik «Sovet xalqi» 
nomli yagona etnik birlikni yaratish xaqidagi nazariyani amalga oshirish borasida siyosat 
yuritildi. Biroq, bu urinishlar o’zbek xalqining milliy-etnik qiyofasiga, mentalitetlariga rahna 
sola olmadi.
Endi «O’zbek» atamasi va uning iste’molga kirib kelishi hamda keng yoyilishi xususida 
to’xtaladigan bo’lsak, aytish joizki, bu masala ham ma’lum ma’noda printsipial ahamiyatga 
molikdir. Negaki, bu nom zamirida butun bir xalqning tarixiy kechmishi, taqdiri bilan bog’liq 
holatlar kuzatiladi. Sobiq sovet tarixshunosligida, shuningdek, ayrim qo’shni davlatlarning 
mualliflari qarashlarida ham «o’zbek» atamasini o’zbek halqining kelib chiqishi bilan atayin 
bog’lashga urinish hollari kuzatiladi. Bu esa mazkur nozik masalani chalkashlashtirish yoxud 
suvni loyqalatishdan boshqa narsa emas, albatta. Yurtboshimiz o’zining «Tarixiy xotirasiz 
kelajak yo’q» asarida mana bu so’zlarni bejiz ta’kidlab o’tmagan: «O’zbek nomi qachon paydo 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling