O‘zbekiston tarixi
XV asr oxiri – XVI asrda o’zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o’zgarishlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
XV asr oxiri – XVI asrda o’zbek xalqi tarkibida yuz bergan muhim o’zgarishlar.
«O’zbek» atamasi va uning keng yoyilishi O’zbek xalqi etnik tarkibining evolyutsion o’sish jarayoni XV asr oxiri va XVI asrda yana muhim o’zgarishlarga duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning Temuriylar sulolasidan Shayboniylar sulolasiga o’tishi bilan bog’liq holda kechdi. Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu hududlarga Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy xalqlar, keyinchalik o’zlariga o’zbek degan nomni qabul qilgan urug’-qabilalar kirib keldilar. Bu ko’p sonli urug’ va qabilalarning kirib kelishi, yer-suv va mulk olib, o’troq hayot kechirishga o’tishi, mamlakatni boshqarish jilovi markazda va joylarda shu sulola vakillari qo’lida to’planishi o’z navbatida o’lka hayotida keskin o’zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol ayni paytda etnik jarayonlar borasida ham aks etmay qolmadi. Qadim-qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki shu bilan birga keng sharqiy va shimoliy jug’rofiy hududlarda, jumladan Dashti Qipchoqda ham uzoq 1 А.Иброҳимов. Биз ким, ўзбеклар.-Т:. Шарқ, 1999, 25-бет. yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoq deb atalgan, Sirdaryoning quyi havzasi va Orol dengizidan shimol sari cho’zilgan hamda hozirgi Ural va G’arbiy Sibir orolig’idagi keng dashtli yerlarni ishg’ol etgan hududlarda turkiy qavmlarga mansub urug’ qabilalar olis asrlardan buyon yashab kelganlar. Akademik B.Ahmedovning yozishicha, «Hozirgi o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlarning ajdodlari shu xalqlar hozir yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda ham yashaganlar, lekin o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Tarixiy, adabiy manbalarda Dashti Qipchoqning sharqiy qismida qadim zamonlardan beri turk qabilalari yashaganligi haqida anchagina ma’lumotlar mavjud. Bu yerlarni XIII asr boshida zabt etgan mo’g’ullar bo’lsa, Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida tez orada singib ketganlar va hatto o’z milliyligini yo’qotganlar» 1 Bu fikru qarashlardan kelib chiqadigan qat’iy xulosa shuki, XVI asr boshlarida Vatanimiz sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, tariximiz kechmishini qiyshiq oynada ko’rmoqchi bo’lgan ba’zi muxoliflarimiz da’vo qilganlaridek, ajnabiy xalqlaru elatlar bosqini orqasida yuz bermagan. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik asosida ham kechmagan. Buning aksi o’laroq, bu o’zgarishlar uzun o’q tomirlari bir bo’lgan, bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o’zaro qo’shilishi, birikishi davomida yuz bergan. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’, qabilalari bilan Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar orqasida hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo’lmagan, ularni katta masofadagi bo’sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari, kasb- korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning ustiga Dashti Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik, yilqichilik xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq asrlar davomida o’troq hayotga o’rganib, ona zamin hayotida muqim yashab kelgan. Ular azaldan mirishkor bobodehqonlar, mohir hunarmandlar, ustamon savdogarlar sifatida nom qozonganlar. Ularning sa’y-harakatlari, mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-biridan ko’rkam, gavjum shaharlar bunyod topib, dovrug’ topgan. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling