O‘zbekiston tarixi


Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi fanidan  ma’ruzalar matni. 1 qism. - T.: Moliya, 2000, 40-58- betlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

7. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi fanidan 
ma’ruzalar matni. 1 qism. - T.: Moliya, 2000, 40-58- betlar. 
 
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari. 
Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish yaxshilanib, ekin 
maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo‘lib bordi. Temirning kashf etilishi, 
undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning tez o‘sishiga olib 
keldi. Odamlarning daryolarni bo‘g‘ib, to‘g‘onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish 
imkoniyati kengaydi. O‘rgatilgan ishchi hayvonlari qo‘shilgan temir tishli omochlar bilan erni 
haydashning o‘zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko‘proq mahsulotlar etishtirishni 
ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan 
ko‘payib bordi. 
Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a’zolaridan tashkil topgan er-
xotin-juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, 
ularga urug‘ jamoalariga qarashli erlardan chek erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug‘ 
jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab 
chiqarish jamoalari deb ham ataladi. 
«Avesto»da ta’kidlanishicha, katta patriarxal oila «nmana», bir necha «nmana»larning 
birikuvi urug‘ jamoasi - «vis»ni tashkil etgan. Ma’lum hududdagi qo‘shni «vis»lar jamoasi 
«varzana», birnecha «varzana»lar jamoasi qabila - «zantu»ni tashkil etgan. Arxeolog olim 
A.Asqarov tomonidan topib o‘rganilgan Sherobod cho‘lidagi Sopollitepada bu holatni aynan 
kuzatish mumkin. Sopollitepa o‘troq dehqonchilik xo‘jaligi asosida tashkil topgan 8 ta katta oila 
jamoasining qishlog‘i. Ularni birlashtirgan omil urug‘chilik iplari emas, balki birinchi navbatda 
ishlab chiqarish bo‘lgan. Ana shu 8 ta katta oila tarkibida patriarxal tizim asosida qurilgan 
yuzdan ortiq juft oilalar bo‘lgan. Katta oila jamoasini boshqarish ishi ular orasidan saylangan 
oqsoqol - «nmanapati» qo‘lida bo‘lgan. Demak, Sopollitepada 8 ta oqsoqol bo‘lib, ularni 


birlashtiruvchi oqsoqollar kengashi bo‘lgan. «Avesto»da aytilganidek, «Nmana» - katta oila 
jamoasi, «nmanapati» - katta oila boshlig‘i. Agar shu tizimdan kelib chiqadigan bo‘lsak, 
Sopollitepa qishlog‘i aholisi 8 ta «nmana»dan tashkil topgan «vis»dir. «Vis» - urug‘ jamoasi 
«Vispati» esa ana shu «nmana»larni birlashtirgan oqsoqollar kengashining boshlig‘i, urug‘ 
oqsoqoli, katta qishloqning boshlig‘i. Demak, ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish mo‘’tabar 
zotlar - oqsoqollar qo‘lida bo‘lib, ular jamoa hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni 
oqsoqollar kengashi orqali hal qilganlar. 
Oqsoqollar kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo‘lib, u jamoaning 
kundalik faoliyatidagi xo‘jalik masalalarini hal qilgan. Katta oila jamoasining oqsoqoli bir 
vaqtning o‘zida o‘zining oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy 
bo‘lgan. Urug‘ - qishloq oqsoqoli esa oqsoqollar kengashining boshlig‘i sifatida butun qishloq 
ahlining ham boshlig‘i hisoblangan. Mo‘’tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa 
a’zolari uchun majburiy bo‘lgan. 
Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o‘z xususiy mulkiga ega 
bo‘lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida 
tashkil topishi o‘z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa 
oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo‘’tabar shaxslar qo‘lida to‘plana bordi. Ular erning hosildor 
qismini egalladilar, ko‘plab chorva mollarga ega bo‘ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug‘ va 
qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga etishtirgan hosillarining, chorva 
mollarining bir qismini berishga majbur etilgan. Oqsoqollar o‘z iste’molidan ortib qolgan 
bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. 
Qabilalar o‘rtasida yaxshi er va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib 
chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik qilish uchun o‘z harbiy 
yo‘lboshchilarini saylaganlar. Urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljaning ko‘p qismi yo‘lboshchiga 
hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa oqsoqollar va yo‘lboshchilar jamiyatda alohida, ustun 
mavqega ega bo‘lib, ularni zadogonlar deb atashgan. Keyinchalik, zadogonlar o‘z o‘g‘illariga 
nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek o‘z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. 
Zadogonlar jamoa, urug‘ va qabilalar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgan. 
Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo‘lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni 
ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab 
chiqarishning o‘zlariga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa dehqonchilikdan chorvachilik, 
keyinroq hunarmandchilik ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan 
boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanadilar. Ular o‘rtasida 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlash kengayib 
boradi. Bu o‘z navbatida savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning belgilaridan biri sifatida 
bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz 
beradi, dastlabki shaharlar paydo bo‘ladi. 
Arxeologlar Afrosiyob (hozirgi Samarqandning sharqiy chekkasi), Erqo‘rg‘on va 
Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) va boshqa 
qadimiy shaharlar xarobalarini o‘rganishgan, ularning qiyofalarini tasvirlashgan. Qadimgi 
shaharlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, ularda saroylar, qal’alar, hunarmandchilik 
ustaxonalari, bozorlar bo‘lgan. Shaharlarni shahar boshliqlari - hokimlar boshqargan. 
Shunday qilib, jamiyatda ijtimoiy tenglik barham topadi, mulkdor badavlat oilalar, o‘z 
tirikchiligini o‘zi ko‘radigan tabaqalar, mol-mulksiz kambag‘allar vujudga keladi. Uzoq davom 
etgan bu jarayon davlatlarning tashkil topishi uchun shart-sharoitlarni tayyorladi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling