O'zbekiston tarixi
Ходжаев Ф. Избранные труды, T.l. - Т.: Fan, 1970, 117-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Ходжаев Ф. Избранные труды, T.l. - Т.: Fan, 1970, 117-bet.
221 yoiini tanladilar. Bu bolshevikcha «inqilobiy yo„l» Buxoro jadidlari o„rtasida jiddiy ajralish yuz berishiga sabab boidi. F.Xo„jayevning o„zi bu to'g„risida: «Buxoro inqilobchilarining bu yangi taktikasi keksa jadidlar tomonidan jiddiy tanqidga uchrab, taraqqiyparvar jamoatchilikning keng doirasi aqlini ko„p band qildi» 1 , deb yozgan edi. Ko„rinib turibdiki, «Yosh buxoroliklar», ya‟ni jadidlaming hammasi ham «inqilob» tarafdori boimaganlar. 8- §. F.Kolesovning Buxoroga harbiy yurishi F.Xo„jayev va Preobrajenskiy dekabr oyidayoq Toshkentga kelib, sho„ro hukumati boshligi F.Kolesovdan harbiy yordam so„raydilar. Bu iltimos F.Kolesovni biroz o„ylantirib qo„yadi. Chunki Turkiston sho„ro hukumati Buxoro amirligining mustaqilligini rasman tan olgan edi. Shunda «Buxoro inqilobchilari» tavakkalchilik yoiini tutdilar va faqat qurol va harbiy rahbarlik tomonidan yordam berilsa boidi, Buxoroning 30 ming dehqon va shahar yo„qsillari birdan oyoqqa turadi, deb Kolesovning qo„ynini puch yong„oqqa toidirdilar. Bosqinchilikda ancha tajribali boigan F.Kolesov Buxoro- lik «inqilobchilar»ni qoilab-quwatlaydi va Qo„qondagi «aksi- linqilobchi» Turkiston muxtoriyati hukumatini bir yoqli qilgandan so„ng Buxoroga «yordam» berishga va‟da berdi. Buning uchun ularga doimiy aloqada boiib turishni fnaslahat qildi. «Inqilobchilar» Buxoroga qaytib, Qo„qon muxtoriyatiga qarshi boshlangan sho„ro hukumatining bosqinchilik urushida g„alaba qozonishini sabrsizlik bilan kutdilar. Kolesov Qo„qonda dahshatli qirgin qilib 10 000 kishining yostigini quritgach, va‟daga vafo qilib yangi Buxoroga bir necha bor keldi. F.Xo„jayev va boshqalar bilan birga amirga qarshi urush rejasini ishlab chiqdi. Harbiy hujum mart oyining dastlabki kunlariga belgilandi. «Yosh buxoroliklar»ning Markaziy qo'mitasi 200-300 partiya a‟zolarini Yangi Buxoroda qurollantirdi. Mamlakat ichkarisidan qo„zg„olonchilar, tashqaridan esa Kolesov hujum boshlashi kelishib olindi. «Yosh buxoroliklar» Markaziy qo„mitasi harbiy hujumga tayyorlanib F.Xo„jayev raisligida 7 kishilik Inqilobiy qo„mita tuzdi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling