O'zbekiston tarixi
Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan, 1970, 97-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan, 1970, 97-bet.
218 erishishga ishongan edilar. Ulaming o„z mustaqil, mahalliy imko- niyatlami hisobga olgan, qat‟iy yoii - dasturi yo„q edi. Asosiy xato ham huddi mana shundan iborat boidi. Ya‟ni Turkiston jadidlari bilan Buxoro jadidlari (aniqrogi F.Xo„jayev tarafdorlari)ning o„ziga xos farqi va o„ta soiligi ham aynan ushbu masalada ko„zga tashlandi. Turkiston jadidlari, yuqorida ta‟kidlanganidek, bolsheviklaming va‟dalariga ishondi, ammo ayni paytda istiqlol bobida mustaqil o„z yoiini ham tanlab oldi. Bu yoining mohiyati Rossiya oldida to„g„ridan-to„g„ri taslimchilikdan holi boigan milliy muxtoriyatchilik asosida hokimiyatni toia qoiga olish, millat manfaatini dastlab tinch demokratik va keyinroq esa qurol olib himoya qilishdan iborat edi. Turkiston jadidlari Sho„ro bosqiniga qarshi so„nggi imkoniyatga qadar tik turib kurashdilar. Rossiya harbiy kuch- qudratidan cho„chimadilar va o„z jonlarini istiqlol uchun garovga qo'ydilar. Bolsheviklaming jozibali tashviqot-targibotlari, havoyi va‟dalari va balandparvoz shiorlariga ishongan va aldangan Fayzulla Xo„jayev boshliq taslimchilaming harakatidan mustamlakachi bolsheviklar Buxoro amirligini butunlay tugatib, Qizil saltanat tarkibiga kiritib olishda ustalik bilan foydalandilar. Sho„ro armiyasi va muvaqqat hukumatiga tayanib 8 aprel kuni o„tkazilgan «inqilobiy namoyish», maqolda aytilganidek, «qosh qo„yaman deb ko„z chiqarish» dan boshqa narsa boimadi. Tabiiyki, Islom dinining quvvati boigan Buxoro ko„chalarida qizil alvon va bayroqlar ko„targan «inqilobchi»lar amir, qozi kalon va mutaassib dindorlami cho„chitib yubordi. Hatto ulaming g„azabini oshirdi. Fayzulla Xo„jayevning iqror boiishicha, jadidlaming keksa, ko„zga ko„ringan boshliqlaridan Abduvohid Burxonov va Fazliddin Mahsum namoyishchilami qizil alvonlarsiz ko„chaga chiqishni talab qiladilar. Biroq bu haqli talabga hech kim e‟tibor bermaydi. Buning ustiga-ustak kavkazlik va yevropalik boshqa musulmon yoshlar ham qizil bayroq ko„tarib namoyishga chiqdilar. 0„tmishda ham bunday nojo„ya xatti-harakatlar qanday noxush oqibatlar olib kelganligi tarixdan maium. Jumladan, 1745- yilda Nodirshoh armiyasi bilan Buxoroga kelgan lezginlar, usmonli turklar, eronliklar va afg„onlar alohida mahallalarda yashardilar. Ayniqsa, nomusulmon «kelgindi»laming ibodatlari va bayramlari maium belgilangan joy (cherkov)lar va o„z mahallalari doirasida o„tkazilishi shart edi. Ular musulmonlaming his-tuyg„ularini haqoratlovchi ommaviy harakat 219 qilishlari, musulmon jamoatchiligi orasida ichimlik (vino) ichishlari va baland ovozda tavrot o„qishlari va boshqalar mumkin emas edi. Masalan, 1910-yilda buxorolik sunniylar bilan eronlik shialar o„rtasida bo„lgan xunrezlikka shialaming Buxoroda markaziy ko„cha bo„ylab, Ashuro marosimiga bag„ishlab o„tkazgan namoyishi sabab bo„lgan edi. Bunday voqealar o„tmishda bir necha bor yuz bergani maium. Namoyishchilaming soni tez orada 5-7 ming kishiga yetadi. Ular o„zbek va rus tilida «Yashasin ozodlik, konstitutsiya, matbuot erkinligi va maktab mustaqilligi», «Yashasin xaloskorimiz amir!» deb yozilgan alvonlar ko„tarib olgan edilar. Namoyishchilar Registon tomon yoi oladilar. U yerda esa 7-8 ming kishi asosan mulla va mullavachchalar jadidlar namoyishiga qarshi norozi boiib to„plangan edilar. Registon maydonida amiming 200 ta piyoda, 300 ta otliq askarlari ham shay qilib qo„yilgan edi. Bundan xabar topgan jadidlar namoyishchilami to„xtatib, tarqatib yubordilar. Shu yerda Ota Xo„jayev, Hoji Mirbobo Mirmuhsinov, Yusuf Zoda Abduraimovdan iborat maxsus komissiya qushbegi (amiming ma‟muriy boshqarmasi boshligi, birinchi vaziri) oldiga borib, namoyish tinch maqsadda o„tkazilganligini tushuntirmoqchi boiganida qoiga olindi. Shundan so„ng Buxoro ko„chasida to„s-to„polon va tartibsizlik boshlandi. Namoyishdan asosan dindorlaming katta qismi norozi boigan edi. Ular mutaassiblik bilan din va shariatni himoya qilib ko„chaga chiqqandilar. Buni o„z ko„zi bilan ko„rgan S.Ayniy bunday deb yozadi: «Shanba kuni ertalabdan, soat sakkizu o„ttizda reaksiya... (dindorlar demoqchi - mual.) yoiboshchilari bo„yinlariga belbogiarini osib olib qichqirar edi: «Ey musulmon bandalar! Din yo„qolmoqda, shariat oimoqda, endi ayollaming yuzi ochiladi, qizlaringizni nomusi toptaladi. Bolalar kofirlaming maktablarida o„qiydi... Din himoyachilari, iymon, din, shariat himoyasiga otlaning, g„azovotga tayyor boiing!» 1 . Shu kuni kechqurun, yana S.Ayniyning guvohlik berishicha, Buxoro muftilarining muhrlari bosilgan hujjat tayyorlandi. Unda shunday deyilgan edi: «Bayroq ko„tarib, islohot talab qilgan kishilar hazrati oliylari amirga qarshi chiqdilar. Shuning uchun ham ular gunohkor va isyonchi hisoblanadi. Ulaming qonini to„kish xudoga xush keladigan ish. Mol-mulki esa hammanikidir» 2 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling