O'zbekiston tarixi


Turon tarixi. To'plam. - Т.: 1992, 21-


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 Turon tarixi. To'plam. - Т.: 1992, 21-
bet.
283


Islomiya»dir. U hokimiyatning yangi shakli bo„lib, milliy hokimiyat va 
istiqlol uchun tinch yo„1 bilan demokratik kurash olib bordi. «Turkiston 
muxtoriyati» hukumatini tashkil etdi. Ammo bu hukumat bolsheviklar 
tomonidan qonga botirildi. «Sho„roi Islomiya» millatchi va aksilinqilobiy 
tashkilot sifatida qoralandi va unga qarshi kurash olib borildi. «Sho„roi 
Islomiya»ning rahbarlari Munavvar qori Abdurashidxonov boshchiligida 
sho„ro hukumatining doimiy ta‟qibi ostida faoliyat olib bordilar. 
1917-yil 15-mart kuni Munavvar qori hovlisida «Sho„roi Islomiya»ning 
birinchi tashkiliy majlisi boiib o„tadi. Uning raisligiga Abduvohid qori 
Abdurauf qori o„g„li, muovinligiga esa Munavvar qori Abdurashidxonov 
saylanadi. Keyinroq Abduvohid qori Shayxontohur dahasiga qozi qilib 
saylangach, «Sho„roi Islomiya»ga rais boiib Ubaydullaxo„jaev saylanadi. 
«Sho„roi Islomiya»ning tashkilotchisi va mafkuraviy asoschisi inqilobdan 
oldinroq «Toshkent jadidlarining otasi» deb nom qozongan, shaharda katta 
obro„ga ega boigan Munavvar qori edi. «Sho„roi Islomiya» umummusulmon 
milliy umumdemokratik va inqilobiy harakat markazi hamda mahalliy 
boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkistonning boshqa shaharlarida 
ham uning boiim va tarmoqlari tashkil topdi. «Sho„roi Islomiya» o„zining 
dasturiy maqsad va vazifalarini «Najot», «Sho„roi Islomiya», «Kengash», 
«Hurriyat», «Е1 bayrogi» gazetalari orqali xalqqa yetkazib turdi. Bu maqsad 
va vazifalar quyidagilardan iborat edi
1
. - 
1. Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy jihatdan 
zamonga muvofiq iqtisodiy islohotlar o„tkazish g„oyalarini keng yoyish; 
2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g„oya asosida 
birlashtirish chora - tadbirlarini ko„rish; 
3. Ozod mamlakatning mustaqillik va demokratiyaga asoslangan yangi 
boshqaruv idora usuli va shakllari haqidagi g„oya hamda maiumotlami 
to„plab Ta‟sis majlisiga tayyorgarlik ko„rish; 
4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o„tkazish, 
ijtimoiy-siyosiy va ilmiy xutba (ma‟ruza)lar tashkil qilish; 
5. Eski ma‟muriy rahbarlar o„miga yangilarini saylashning demokratik 
yoilarini targ„ib qilish; 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling