O'zbekiston tarixi


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘sha asar.
294


xotira asarida bunday deb yozadi: «Bu ko„rsatilgan milliy guruhning 
«milliy» nomi Moskvaga yangi (VIII Qurultoyda saylangan - mual.) 
hukumat tarkibi «millatchilardan iborat» degan xulosa chiqarishga bahona 
bo„ldi. Shuning uchun ham birozdan keyin unga hujum boshlanib, oqibat 
natijada tarqatib yuborildi. Bu guruh kommunistlar «risqulovchilar» deb 
nomlanib quvg„in qilina boshlandi. Koman- dirovkaga yuborish bahonasida 
ishdan bo„shatish kuchaydi. Men bu vaqtda Maorif Xalq Komissarligi a‟zosi 
va Turk boiimi raisi boiib ishlardim. Boshqalar qatori men ham ishdan 
olindim»
1

Haqiqatan ham TASSR sho„rolarining IX Qurultoyida (1920- yil 12-
18-sentabr) «risqulovchilar» hukumat tarkibidan chiqarildi. Turkiston ASSR 
MIQ raisi lavozimiga endi Nazir To„raqulov saylandi. Bu o„zgarishlar 
rasmiy ravishda, go„yo «demokratik asosda»gi saylov yoii bilan amalga 
oshirilgan boisa ham, u o„ziga xos hukumat to„ntarishi edi. Chunki, 
hukumat boshligi va uning tarafdorlari jadidlar ta‟sirida boigani, Rossiyaga 
nisbatan mustaqil boiishga, uning o„zi «bergan» muxtor huquqlardan 
foydalanishga harakat qilganligi uchun Kompartiya tazyiqi va ko„rsatmasi 
asosida ishdan olindi va badarg„a qilindi. 
«Birlik» jamiyati 2-3-yil faoliyat ko„rsatdi. Chunki Munavvar qori 
Abdurashidxonovning ta‟kid etgani singari «Yoshlaming ko„pchiligi 
partiyaga (Kompartiya nazarda tutilmoqda - mual.) kirgandan keyin u o„z-
o„zidan tugab ketdi». 
«Milliy istiqlol» tashkiloti
 
1925- 
yilda Munavvar qori tashabbusi bilan «Milliy ittihod», 
«Ittihodi milliy», partiyalari «Milliy istiqlol» degan nom bilan qayta tashkil 
etiladi. Bu tashkilotning tuzilishiga 0„zbekiston Sho„ro Sotsialistik 
Respublikasining tashkil etilishi hamda Turkistonning parchalab tashlanishi, 
Turkiston birligi uchun kurashning o„ta mushkul boiib qolganligi sabab 
boidi. 0„zbekiston jadidlari endi o„z oldilariga asosiy vazifa qilib mustaqil 
0„zbekiston uchun kurashni qo„ydilar. Lekin bu bilan ular umumturkiy olam 
birligi g„oyasi, Turkiston qadimiy ota va ona makon ekanligi, milliy 
madaniyat va qadriyatlar o„chog„i ekanligi g„oyasini inkor etmaganlar. 
«Ittihodi taraqqiy» va «Milliy ittihod» mustaqil Turkiston uchun kurashgan 
edi. «Milliy ittihod»ning tashkiliy tizimi, kurash usullari «Milliy 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling