O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
0 ‘sha manba. 2 0‘zRMDA, R-1714-fond, 5-ro‘yxat, 1489-ish, 88-89-varaqlar. 290 vaziyat taqozo etardi. Yangi tarixiy vaziyatning mohiyati nimadan iborat edi? Uning mohiyati quyidagilardan iborat: birinchidan, jadidlar dastlabki paytda Sho„ro hokimiyati Turkistonda uzoq yashab qololmaydi, degan fikrda boiganlar. Shu bois ular sho„rolarga qarshi to„g„ridan-to„g„ri qurolli kurash yoiini yoqlaydilar. Ammo hayot boshqacha yoidan rivojlandi. Bolsheviklar hukumati «Turkiston muxtoriyati»ni qonga botirdi, Osipov isyonini bostirdi va 1919-yilga kelib u Turkistonda yagona qudratli kuchga aylandi. Bu obyektiv vaziyatni hisobga olmaslik va ko„r-ko„rona faqat qurolli kurashga tayanish ayanchli oqibatlarga olib kelardi. Ikkinchidan, bolsheviklar va Sho„rolar ilgari surayotgan dastur va shiorlar (ogizda boisa- da) jadidlaming «Ozodlik, Tenglik va Adolat»dan iborat dasturiy shiorlariga hamohang edi. Bu hoi jadidlarga davr bilan hisoblashish, bolshevistik Sho„ro hukumatiga yaqinlashish, ular bilan hamkorlik qilish asosida strategik dasturiy maqsad uchun kurash olib borish kerakligi to„g„risida hayotiy saboq berdi. «Ittihodi taraqqiy» rayosati o„zgargan yangi tarixiy vaziyatni hisobga olib, 1919-yil boshida maxsus qaror qabul qildi. Unda quyidagi aniq vazifalar belgilandi: «Sho„ro hukumatining yashab qolishiga shubha barham topishi munosabati hamda jamiyatning g„oyalarini (g„aflatga qarshi madaniyat uchun kurash) hukumat bilan ittifoqda amalga oshirish oson va maqsadga muvofiq ekanligi tufayli... uning a‟zolari Munavvar qori va boshqalarga boshlangan ishni davom ettirish uchun bolsheviklar partiyasiga kirishga ruxsat etilsin» 1 . «Birlik» uyushmasi ham sho„ro hokimiyatini qoilab-quv- vatlash, yoshlami kommunistik partiya safiga kirishga da‟vat etish uchun tashkil etilgan edi. Munavvar qori bunday deb yozdi: «Eski shahardagi bosmaxona binosida uch yuzga yaqin kishi, partiya a‟zolari, partiyasiz xizmatchilar va taraqqiyparvarlar (jadidlar - mual.) to„planib, «Birlik»ni tashkil etdilar. Bu yigilishda bir-birimizga yordam berishga kelishib oldik. Birlashishdan maqsad yoshlami bolsheviklar partiyasiga jalb qilish va ulami har xil kutilmagan voqealarga tayyorlashdan iborat edi» 2 . Ana shu umumiy yoi asosida jadidlaming aksariyati 1919- yil boshlaridan e‟tiboran kompartiya safiga kira boshladilar. Bu musulmon mehnatkashlarining ham kompartiyaga kirishlari uchun 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling