O'zbekiston tarixi


Turon tarixi. To'plam. - Т.: 1992, 18-


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 Turon tarixi. To'plam. - Т.: 1992, 18-
bet.
2
 O'sha joyda.
291


katta turtki bo„ldi. Oqibat natijada kommunistik partiya tashkiloti tarkibida 
musulmonlaming soni tez ko„paydi. Bu esa alohida milliy musulmon 
kommunistik partiya tashkilotini tuzishni tezlashtirdi. Bunday tashkilot 
rasman TKPning II konferensiyasi (1919-yil mart) da tashkil topdi. Bu 
konferensiyada uning yuqori boshqaruv organi RKP(b) Musulmon byurosi 
(Musbyuro) 
saylandi. 
Unga 
T.Risqulov 
(rais), 
Munavvar 
qori 
Abdurashidxonov, Yu.Aliyev, Efendiyev, A.Muhitdinov, N.I.Xo„jayev, 
T.Xo'jayev, Isayev, Husain Ibrohimov, Faxritdinov, Favarisov a‟zo bo„lib 
saylandilar
1

Musbyuro RKP(b) MQ qoshidagi Sharq kommunistik tashkilotlari 
markaziy byurosi boiimi (seksiyasi) sifatida tashkil topdi. U to„g„ridan-
to„g„ri partiyaning markaziy organiga, shu bilan birga TKP 0„lka Markaziy 
Qo„mitasiga bo„ysunadigan boidi. Musbyuro o„zining quyi viloyat, uyezd va 
shahar musulmon byurolariga ham ega edi. 1919-yilning oktabrida RKP (b) 
Musbyurosiga 3 ta viloyat, 18 ta shahar yoki uyezd musbyurosi bo„ysungan 
edi. Musulmon kommunistik partiya tashkilotining bunday qurilish tizimiga 
ega boiishi unga musulmonlar manfaatiga oid masalalami mustaqil hal qilish 
yoki to„g„ridan - to„g„ri markaziy partiya organi oldiga qo'yish huquqini 
berar edi. 
Shuning uchun ham musulmon partiya tashkiloti o„zining yuqori va 
quyi organlari orqali mahalliy xalq manfaatiga tegishli bir qator masalalami 
hal qilishga yoki ko„tarib chiqishga muvaffaq boidi. Tez orada uning 
faoliyatida jadidlaming ta‟siri kuchli ekanligi sezildi. Shuning uchun ham bu 
partiya tashkilotiga o„z milliy manfaati yoiida uzoq muddat faoliyat yuritish 
uchun imkoniyat berilmadi. U bor - yo„g„i bir yillik tarixga ega boidi, xolos. 
Lekin shunga qaramay, u milliy manfaat, istiqlol, tenglik uchun Rossiya 
Sho„ro mustamlakachiligiga qarshi kurash olib bordi, muxolifat demokratik 
Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling