O'zbekiston tarixi


 A’zamxo‘jayev S. «Sho'roi Islomiya» (aslida qanday edi). «Fan va turmush» jumali


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 A’zamxo‘jayev S. «Sho'roi Islomiya» (aslida qanday edi). «Fan va turmush» jumali. 
-1992, -5-6 sonlar, 19-bet.
284


6. Turkistondagi turli millatlar orasida boigan va boiadigan ixtilof va 
shubhalarga barham bermoq hamda ulami birlashtirmoq uchun tadbir va 
choralami amalga oshirish; 
7. Turli millat va partiyalaming inqilobiy qo„mitalari bilan aloqada 
boiib, ularga musulmon ehtiyojlarini maium qilmoq, zarur boiganda esa 
ulardan yordam olmoq. 
Ko„rinib turibdiki, «Sho„roi Islomiya» va uning namoyandalari boimish 
jadidlar sinflar, sinfiy kurash va sotsializm tushunchalaridan yiroq 
boiganlar. Ular barcha tabaqa musulmon va boshqa millatlami yagona 
milliy-ozodlik va istiqlol yoiida birlashtirib, Turkistonda Sho„ro 
mustamlakasi boshqaruvi va mahalliy feodal munosabatlardan holi boigan 
ijtimoiy-siyosiy boshqaruvni demokratik asosda tashkil etish tarafdori 
boiganlar. Jadidlarda sinfiylik emas, umumturkiy milliylik va umuminsoniy 
baynalminallik tushunchalari kuchli boigan, ulaming asosiy shiori va 
g„oyasi «Ozodlik, Tenglik va Adolat» boiib, ana shu harakat va maqsadni 
umumxalq manfaati, Vatan ozodligi manfaati yoiida muqaddas bilganlar. 
«Sho„roi Islomiya» o„z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 
kurashdi. Uning qurultoylarida dasturiy talablar asosida amaliy tadbirlar 
ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi. «Sho„roi Islomiya»ning faollari o„z 
harakat dasturlari asosida Rossiya musulmonlarining qurultoy larida, 1917 -
yil iyulda Toshkent shahar Dumasiga o„tkazilgan saylovlarda qatnashib 
kattagina muvaffaqiyatlarga erishdilar. 
«Ittihodi taraqqiy»
 
Turkiston oikasi xalqlarining siyosiy uyg„onishi va demokratik hayotida 
muhim 
rol 
o„ynagan 
tashkilotlardan 
biri 
«Ittihodi 
taraqqiy» 
(«Taraqqiyparvarlar uyushmasi»)dir. U 1917-yil avgustda Toshkentda 
tashkil topdi. Unga rasman Turkiya muhojirlari Usmonbek bilan Haydar 
afandi rahbar boisa-da, amalda Munavvar qori Abdurashidxonovning ta‟siri 
kuchli edi. Bu tashkilotga keyinchalik M.Behbudiy, S.Tursunxo„jaev, 
U.Asadullaxo„jaev, Saidnosir Mirjalilov va boshqalar a‟zo boigan. 
Jamiyatning dasturi turk tilida tuziladi. Munavvar qori esa uni o„zbek 
tiliga ogiradi. Mazkur dastur avgust oyida Munavvar qorining uyida boiib 
o„tgan jamiyat a‟zolarining yigilishida qabul qilindi va jamiyatning uch 
kishilik boshqaruv organi - rayosati (prezidiumi) saylandi: Usmonbek - rais, 
Haydar afandi esa rahbar 
285


boidi. Uchinchi kishi mahalliy taraqqiyparvar jadidlardan boiishi kerak edi. 
Uni tanlab, kooptasiya qilish vakolati Usmonbek bilan Haydar afandiga 
berildi. Bu o'ringa Munavvar qori kooptasiya qilingan boisa kerak, degan 
taxminlar bor. Jamiyatning dasturi hozircha topilgan emas. 
«Ittihodi taraqqiy» siyosiy maqsadlar uchun kurashgan. U sho„ro 
hukumatiga muxolifatlikda boiib, uning siyosatini tanqid qilgan, yoshlami 
siyosiy faollashtirish, turk muhojirlariga yordam berish, maktab ishlarini 
isloh qilish kabi talablami ilgari surgan. «Ittihodi taraqqiy» yosh 
turkiyaliklar hukumatiga va «Ittihodi taraqqiy» partiyasi yordamiga katta 
umid bogiagan edi. Uning nomi dastlab «Ittihodi taraqqiyparvar» boigan. 
Keyin «Ittihodi taraqqiy» deb o„zgartirilgan. 
Munavvar qorining ko„rsatishicha, dastlabki paytlarda jamiyat 
a‟zolarining «soni 50 taga yetmagan boisa-da, ulaming xalq orasida obro„si 
juda yuqori darajada» boigan
1

«Ittihodi taraqqiy» («Ittihod va taraqqiy») ikki marta yordam so„rab, 
Turkiyaga maxsus vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon va Saidnosir 
Mirjalilovlardan iborat vakillar 1918-yilda Istambulga borganda yosh 
turkiyaliklar hukumati ag'darilgan va xorijga qochib ketgan edi. Shuning 
uchun ham Sadirxon boshliq vakillar Turkiya hukumati rahbarlari bilan 
uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu vaqtda jamiyat raisi Usmonbek ham 
Toshkentda qamoqqa olinib, uning o„miga Yusuf Ziyabek tayinlangan edi. 
Turkiyaga «Ittihodi taraqqiy» nomidan ikkinchi marta vakillar 1919- yilda 
Kamol Ota Turk hokimiyati o„matilgach borgan edi. Bu safar vakillar 
tarkibiga Toshkentdan Ubaydullaxo„ja Asadullaxo„jaev va Saidnosir 
Mirjalilov, Samarqanddan Mahmudxo„ja Behbudiy, Mardonqul va 
Muhammadqullar kiritilgan edilar. Ikkinchi safar ham samara bermaydi. 
Chunki yashirin safardan Sho„ro hukumatining ChK xodimlari xabardor 
boiganlar. Munavvar qori o„zining «Xotiralarimdan» asarida (qoiyozma) 
ko„rsatishicha, Mahmudxo„ja Behbudiy va uning sheriklari yoida ushlanib 
qatl qilingan. Ubaydullaxo„ja Asadullaxo„jaev Moskvada, Saidnosir 
Mirjalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur boidi. M.Behbudiy va uning 
sheriklari Buxoro amiri Olimxon fatvosi bilan Shahrisabzda ushlanib, 
Qarshida Tog„aybek tomonidan oidirilgan degan fikr tarqalgan. 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling