O'zbekiston tarixi


' Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. - Т.: 0‘zbekiston, 1990, 110-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

' Karimov Sh. G‘alabaga qo‘shilgan hissa. - Т.: 0‘zbekiston, 1990, 110-bet. 
2
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - Т.: 0‘zbekiston, 1996, 80-bet. 
489


qahramonlik ko„rsatganlar orasida 0„zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar - 
44-kavaleriya diviziyasi, 21-kavaleriya diviziyasi, 259- o„qchi diviziyasi va 
boshqalar ham bor edi. 44-kavaleriya divi- ziyasining jangchi va 
komandirlaridan 106 kishi SSSR ordenlari va medallari bilan mukofotlandi. 
21-kavaleriya diviziyasi jangda ko„rsatgan qahramonliklari uchun 14-
gvardiyachi kavaleriya divi- ziyasiga aylantirildi. 259-o„qchi diviziyasi 
gvardiyachi diviziya nomini oldi. 
Moskva uchun jang qilgan I.V.Panfilov nomidagi mashhur 8-
gvardiyachi diviziyaning shaxsiy tarkibida o„zbekistonlik baho- dirlar Zarif 
Ibrohimov, G„ulom Abdukarimov va boshqalar mislsiz jasorat ko„rsatdilar. 
Yovuz dushmanga nafrat hatto o'zbekistonlik ayollarimizni ham qoiga qurol 
olib jangga otlantirdi. 
0„zbekistonlik Zebo G„aniyevaning Moskva himoyasi uchun ko„rsatgan 
jasorati tillarda doston boidi. Zeboxon xalq ko„ngillilari safida Moskva 
mudofaasiga otlandi. U o„z hayotini bir necha bor xavf ostida qoldirib 
razvedkachilar safida 12 marta «til» (dushmanning rejalari - planini bilib 
olish maqsadida tirik asir tutib kelish) operasiyatsida ishtirok etib shuhrat 
qozondi. Zebo G'aniyeva jang maydonlarida 28 fashistni yer tishlatdi. «Qizil 
bayroq» ordeni bilan mukofotlandi. 
Jami boiib, Moskva himoyasi uchun olib borilgan janglarda qatnashgan 
o„zbekistonlik askar va ofitserlardan 1753 kishi SSSR Oliy Sovetining 
Farmoni bilan «Moskva mudofaasi uchun» medaliga sazovor boidi. 
Fashistlaming yashin tezligidagi urush rejasi Moskva ostonalarida 
sharmandalarcha barbod boidi. Dushman Stalingrad yo„nalishida jangga 
o„tdi. Minglaming biri sifatida respublika oqsoqoli Yoidosh Oxunboboyev 
Stalingrad jangi arafasida o„zbek jangchilariga quyidagicha murojaat qildi: 
«Sovet Ittifoqining qahramoni, fashistlar istehkomini tanho o„zi zabt etgan 
Qo„chqor Turdiyevning tarixiy qahramonligi mamlakatimiz xalqlari tilida 
doston boimoqda. Beshariqlik Sirojiddin Valiyev, toshkentlik kolxozchi 
Rustambekov, To„qimachilik kombinatining ishchisi chavandoz Ahmad 
Doliyev, buxorolik Xayitov, ota-bobolarining mardlik xislatlarini o„zida 
gavdalantirgan boshqa yuzlab sher yigitlarimizning nomini xalqimiz 
hamisha faxr va ehtirom bilan tilga oladi... Besh marta jangga kirganida uch 
yuzdan ko„p gitlerchini qirib tashlagan bahodir farzandi Xayitovga xalqimiz: 
«Balli, azamat, dushmanga omon bermay qira 
490


ber, yenga ber, yengilma» deydi. Chunki o„zbek xalqi o„z farzandlariga 
«mard boisang, kuchingni maydonda ko„rsat» deb taiim beradi»
1

0„zbekistonliklar Stalingrad ostonalarida jangning oldingi saflarida 
boidilar. Natijada 0„zbekistonning 2788 jangchisiga «Stalingrad mudofaasi 
uchun» medali
2
topshirildi. 
Stalingrad jangida «qish qahratonidan yengilgan» dushman g„alaba 
qilish ishtiyoqida 1943-yilning iyul oyi boshida 232-diviziya bilan Kursk-
Oryol-Belgorod yoyi bo„ylab hujumga o„tdi. Ammo dushman bu yerda ham 
yengilib, fashistlar Germaniyasi halokat yoqasiga yaqinlashib qoldi. 
0„zbekistonlik mard jangchilar Ukraina v«_ Belorussiya, Kavkaz va 
Boltiqbo„yi yerlarini dushmandan ozod qilishda, qamalda qolgan 
Leningradni himoya qilish, xullas, SSSRni dushmandan tozalash, qardosh 
Yevropa xalqlariga yordam qoiini cho„zishda hamda gitlerchilar fashizmini 
o„z uyasida tor-mor keltirishda qahramonlik namunalarini ko„rsatdilar. 
Faqat 1944-yilda fashistlardan Kavkaz yerlarini ozod qilishda mardlik 
va 
jasurlik 
namunalarini 
ko„rsatganliklari 
uchun 
o„zbekistonlik 
jangchilardan 2974 kishi Sovet Ittifoqining orden va medallari bilan 
taqdirlangan edi. Qizil Armiyaning 1944-yildagi umumiy hujumi davrida 
o„zbekistonlik jangchilardan 78 bahodir Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga 
sazovor boiadi, bular orasida Farg„ona oblastidan Abdusalom Dehqonboyev, 
andijonlik Ostonaqul Shokirov, samarqandlik Elboy Qoraboyev va 
boshqalar bor edilar. Qahramon o„zbek o„g„loni Ostanaqul Shokirov 
litvaliklar uchun, ayniqsa qadrdon va aziz boiib qoldi. Litva tuprog„ini 
fashistlardan ozod qilishdagi jasurligi hurmati uchun Ostonaqul Shokirovga 
atab Vilnyusdagi 27-maktab kollektivi muzey tashkil qildilar
3

0„zbek xalqi fashist gazandalaridan Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya, 
Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Albaniya hamda Germaniya xalqlarini 
ozod qilishda qatnashib, o„zining baynalmi- lalchilik burchini ado etgan, asl 
farzandlari bilan haqli sur‟atda faxrlanadi. Bular orasida Qizil Armiya 
generallari, Sovet Ittifoqi Qahramonlari Mullajon Uzoqov va Fayzulla 
Norxo„jayevlar alohida e‟tiborga loyiqdir. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling