O'zbekiston tarixi
Непесов Г. Из истории Хорезмской революции. 1920-1924г.г. - Т.: «Госиздат»
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
Непесов Г. Из истории Хорезмской революции. 1920-1924г.г. - Т.: «Госиздат», 1962, С. 60. 158 bera olasiz? Shunda din homiysi: «Muqaddas kitobimizda bunday gap yo„q», deb dadil javob bergan va xondan o„z xatosiga iqror boiishini so'ragan» 1 . Shunda xon qo„zg„olonchilami hibsga olishga buyruq berdi. Qozikalon Bobooxun bu haqsizlikka norozilik bildirdi. Ammo xon uni inobatga olmadi. Qo„zg„olon battar avjiga chiqqach, Asfandiyor Rossiya hukumatiga murojaat qildi. Rus qo„shinlari general-leytenant S.A.Galkin qo„mondonligidagi jazo otryadi askarlari yetib kelgach, qo„zg„olon shafqatsizlarcha bostirildi. Qo„zg„olon qatnashchilariga 4 million 554 ming so„m miqdorida jarima solindi 2 . 1914—1918-yillarda yuz bergan jahon urushi, 1917-yilda Rossiyada amalga oshirilgan fevral burjua demokratik inqilobi, undan keyingi Oktabr harbiy to'ntarishi va nihoyat 1917-1920-yillarda Turkiston oikasidagi milliy ozodlik va istiqlolchilik harakatlarining oqibatlari natijasi sifatida Buxoro amirligi va Xiva xonligida ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy hayot keskin tus oldi. Har ikkala davlat hududida iqtisodiy tanglik kuchayadi, narx-navo mislsiz darajada ko„tarildi, qashshoqlik, ochlik avj oldi, paxta va boshqa ekin maydonlari qisqardi. Masalan, Buxoro amirligida paxta ekilgan maydonlar 1918- yilda 1913-yildagiga nisbatan 50 foizga, 1919-yilda esa 20 foizga tushib qoldi. Rossiyaga olib borib sotiladigan paxtaning miqdori 1917- yildan 1919-yilgacha bo„lgan davr mobaynida 20 baravar, qorakoining miqdori qariyb 10 baravar, junning miqdori 6 baravar kamaydi. Bir pud paxtaning narxi 1917-1919-yillar oralig„ida 11 so„mdan 1 so„m 80 tiyinga, bir pud junning narxi 6 so„mdan 2 so„mga, bir dona qorakoTning narxi 7 so„mdan 1 so„m 20 tiyinga teng boidi. Ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlari narxi haddan ziyod oshib ketdi. Jumladan, ilgari bir mani (bir mani - besh pud) gurunch 7 so„m 50 tiyin turgan boisa, 1920-yilda 400 ming so„mga, bir choragi (2 kilogramm) 15 tiyin turgan go„shtning narxi 80 ming so„mga, bir man bug„doyning narxi 3 so„mdan 90 ming so„mga ko„tarilib ketdi. Bu ham yetmagandek, mehnatkash ommadan olinadigan soliqlar miqdori yanada oshirildi, xalq qoiidagi g„allalar zo„rlik bilan tortib olindi. Bu tadbirlaming hammasi Sho„rolaming amirlikka qarshi urush eion qilishi xavfi tufayli amalga oshirildi. Yana buning ustiga amir qo„shinlariga mehnatkashlardan ommaviy Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling