O'zbekiston tarixi


 «Erk» gazetasi, 1992-yil, 5-son, 6-13-fevral


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 «Erk» gazetasi, 1992-yil, 5-son, 6-13-fevral.
153 


Shu tariqa sho„ro hukumati Farg„ona vodiysidagi milliy mustaqillik 
harakatiga katta zarba bera olgan edi. 
Bunday dahshatli ommaviy qirg„inlar tufayli vatanimizning kuli ko„kka 
sovurildi, millatimiz xo„rlandi, oyoq osti qilindi, bolsheviklarining bundagi 
ishtiroki esa bir necha bor ta‟kidlandi. Bu oddiy haqiqatni yana shundan 
ham bilish mumkinki, Farg„ona vodiysida 1923-yilda amalga oshirilgan 
barcha jaholat hamda vahshiyliklaming tepasida SSSR Harbiy kuchlarining 
Bosh qo„mon- doni shaxsan S.S.Kamenevning o„zi turdi. U Moskva «Harbiy 
inqilobiy kengashi»ning a‟zosi Zafesov va Turkiston Fronti qo„mondoni 
M.V.Frunze bilan birgalikda istiqlol harakatini tugatish rejasini ishlab chiqdi 
va uni amalga oshirdi. Bu ishlab chiqilgan reja «Bosmachilik (banditlik) 
kurashish tizimi» deb nomlangan
1
. 123 moddadan iborat boigan bu hujjatda 
quyidagilar rejalashtirilgan edi: 1) Qizil armiya boiinmalarini aholi 
yashaydigan barcha joy (punkt)larga safarbar qilish; 2) Havo hujumini 
tashkil etish; 3) Har bir okrugda harbiy kengash tashkil etish; 4) Butun Qizil 
armiya boiinmalarining hujumi uchun yagona kunni belgilash; 5)Istiq- 
lolchilami bostirish uchun zaharlovchi gazdan foydalanish. 
1923- 
yil 1-iyunda ushbu reja asosida Farg„ona vodiysidagi 
milliy-ozodlik va istiqlol harakatining uch muhim markazi Andijon
Namangan va Margilon shaharlariga bir vaqtning o„zida qizil armiya 
kuchlarining hujumi boshlandi. 67 kunlik uzluksiz va ayovsiz jangu jadaldan 
va qirginlardan so„ng istiqlolchi kuchlarga katta zarba berildi. Shaharlar 
vayronaga aylandi, qishloqlar o„mida yondirilgan kultepalar qoldi. Ammo 
har qancha dahshatli qirg„in, o„t qo„yish va yondirishlar istiqlol 
fidoyilarining qaddini bukolmaydi, ular eng so„nggi imkoniyatga qadar 
bosqinchi qizil askarlarga qarshi kurashni davom ettirdilar. Farg„ona 
vodiysida 1924-yildan 1934-yilning o„rtalariga qadar adolat tantanasi uchun 
o„z jonlarini tikkan vatanparvar jangchi qo„rboshilar Yormat Maxsum, Hoji 
Pansot Margilon, Qo„qon va So„xda, Umar Ali - Quvada, Turdibek - 
Isfarada, Jonibek qozi - Oloy togiarida, Nosirxon Toia Saidkamoljon o„g„li- 
Namanganda, Qorovul qo„rboshi - Oltiariqda va boshqalar muqaddas 
mahorabaning ilhomchilari va tashkilotchilari boidilar. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling