O'zbekiston tarixi
partiyalarining dasturiy hujjatlari. 1917-1920- yillar» nomli kitobda qayta
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiyalarining dasturiy hujjatlari. 1917-1920- yillar» nomli kitobda qayta bosildi. Loyihada yer-suv masalasiga katta e‟tibor berilgan. Bundan tashqari unda harbiy masala, moliya ishlari, ichki ishlar va davlat boshqaruv organlari kabi masalalarga ham keng o„rin berilgan. Loyihada butun haydaladigan yerlar uch qismga boiingan: Vaqf yerlari (masjid va madrasalarga tegishli yerlar); 2) Soliqdan ozod qilingan yerlar (mulki hur); 3) Soliq olinadigan (mulki xiroj) yerlar. Hammani ekin ekishga majbur qilish maqsadida barcha ekilgan va ekish mumkin boiib, ekilmay qolgan erlarga ham soliq solish nazarda tutilgan. Shuningdek, «mulki xiroj» yerlariga soliqni kamaytirish hamda «kafson» (amin, oqsoqol va boshqalar uchun) «nanafti» (sadaqa), «uchkuna puli» (turli daraxtlar uchun), «cho„p puli» (yaylov uchun) va boshqa ortiqcha xarajat chiqimlami tugatish nazarda tutildi. Loyihada yana davlat yerlari, bog„ va binolarga ishlov berish uchun hashar chaqirish, umuman aholi mehnatidan tekin foydalanish 215 ham man etildi. Hashar yoii bilan faqat suv inshootlari qurish, kanallar qazish, umuman irrigatsiya ishlarini amalga oshirish mumkin boidi. Bunday paytda hasharga kelmaganlarga, hatto, soliq solish nazarda tutildi. Loyihada qishloq xo„jaligini intensivlashtirish va mexanizatsiyalash, dehqonlami sudxo„rlardan qutqarish uchun qishloq xo„jalik banki tarmoqlarini tashkil etish, agronomiya bilimlarini yoyishga katta e‟tibor berildi. Milliy armiyaga ham «Yosh buxoroliklar» partiyasi katta e‟tibor berdi. Loyihada armiya sonini eski rus hukumati bilan Buxoro amiri tuzgan shartnomaga ko„ra 12 ming kishiga yetkazish belgilanadi. Harbiy xizmat 22 yoshga yetgan barcha yoshlar uchun majburiy boiishi, xizmat muddati esa ikki yil qilib belgilanadi. Shuningdek harbiy maktablar ochish, askarlarga, ozroq boisa-da, oylik maosh toiab turish nazarda tutildi. Moliya sohasida ham jiddiy islohot o„tkazishga e‟tibor berildi. Buning uchun amiming mablagiari umumdavlat mablag„idan ajratilishi, soliqlar aniq belgilanishi, davlat byudjeti har yili eion qilib turilishi ko„rsatildi. Maorif sohasida davlat mablagi hisobiga maktab, oliy o„quv yurtlari ochish, ulami zamonaviy dastur, o„quv qoilanmalari, o„qituvchilar bilan ta‟minlash, davlat va vaqf maktablaridan tashqari shaxsiy maktablar ochilishi dasturda o„z aksini topgan edi. Shu bilan birga o„quv yurtlarini bitirganlarga maorif nozirligi tomonidan diplom berish ham aniq belgilab qo„yildi. Islohotda davlat boshqamv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy- ma‟rifiy hayot masalalari qamrab olindi. Buni unda ko„rsatilgan quyidagi 10 ta nozirlik isbotlab turibdi: yer ishlari, vaqflar, harbiy ishlar, ichki ishlar, moliya, adliya, militsiya, yoilar chiqamvchi va sanoatni qayta ishlash, maorif, tashqi ishlar nozirliklari. Mana shular asosida Nozirlar Kengashi tashkil etilishi kerak edi. Bu nozirlar faoliyatini kuzatuvchi 20 kishilik maxsus Nazorat komissiyasi tashkil etilishi ham nazarda tutildi. Yuqorida ko„rsatilgan ushbu masalalar o„sha paytda hal qilinishi amri mahol boisa-da, ular maium dastur holatiga keltirilib, amirga tavsiya etilishining o„zi katta tarixiy ahamiyatga molikdir. Islohotdan kutilgan maqsad amiming yakka hukmronligi (monarxiyasi)ni Ovmpacha Konstitusion monarxiyasi bilan almashtirish, maorif va madaniyat, ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish, ilm-fan va texnikani taraqqiy ettirishdan iborat boidi. Buning uchun «Yosh 216 buxoroliklar» partiyasi dastlab Amir Olimxonga har xil yo„llar bilan tinch demokratik ta‟sir va hatto, kuch bilan tazyiq o„tkazishga harakat qildi. Bulaming hammasi Rossiya va Turkistondagi inqilobiy harakat bilan bevosita bogiiq edi. Rossiya fevral butjua demokratik inqilobining g„alabasidan so„ng Buxoroda ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat tez o„zgara boshladi. Ruslar yashaydigan joylarda hokimiyat Rossiya Muvaqqat hukumatining Ijroiya qo„mitalari qoiiga o„tdi. 1917-yil 12-martda Yangi Buxoroda Ijroiya qo„mita saylandi. May oyining birinchi kunlarida esa Buxoro amirligida mslar yashaydigan joylardagi ijroiya qo„mitalar delegatlarining birinchi qumltoyi boiib o„tdi. Buxoroda juda ajoyib, ayni vaqtda murakkab ijtimoiy-siyosiy muhit paydo boidi. Bu esa jadidlarda umidvorlikni uyg„otdi. Maiumki, Buxoro Rossiyaning yarim mustamlakasi edi. Shuning uchun ham jadidlar, ya‟ni «Yosh buxoroliklar» partiya rahbarlari o„z maqsadlarini Rossiya Muvaqqat hukumati orqali amalga oshirish uchun unga telegramma orqali murojaat yuborib, amimi isloh o„tkazishga ko„ndirishni iltimos qiladilar. Fayzulla Xo„jayevning ko„rsatishicha, unga «Yosh buxoroliklar»ning faollari imzo chekkan edilar. Rossiya markazidan tezda javob kelmaydi. Sabrsizlik bilan ikkinchi telegramma yuborildi. Uning matni F.Xo„jayev tomonidan yozilgan, Fitrat va Saidjonov imzo chekkan edi. Bunga ham chidamay, «Yosh buxoroliklar» partiyasining yangi tuzilgan Markaziy qo„mitasi Fitrat va Usmonxo„ja Po„latxo„jayevdan iborat maxsus delegatsiyani Petrogradga yubordilar. Ular Orenburgga kelganlarida jadidlar bilan amir o„rtasidagi kelishmovchiliklami hal qilish uchun Rossiya poytaxtidan maxsus komissiya yoiga chiqqanligi haqidagi xabami oladilar va orqaga qaytadilar. Ana shundan so„ng Amir Olimxon Rossiya muvaqqat hukumati va uning Buxorodagi vakili Miller hamda mahalliy taraqqiyparvar jadidlar ta‟sirida 1917-yil juma kuni - 7-aprelda islohot o„tkazish to„g„risidagi «Manifest»ni eion qildi. «Manifest» oldin saroyga to„plangan 200 ga yaqin faollar, diniy ulamo va muftilar oldida tantanali ravishda o„qib eshittirildi. Unda saroy amaldorlari va savdogarlardan 15 kishi, Buxorodagi ms shaharlari ishchi va askarlari deputatlari sho„rosi hamda Samarqand sho„ro hokimiyati vakillari qatnashdi. Ulaming orasida Mahmudxo„ja Behbudiy (Samarqand), F.Xo„jayev, Chor hukumatining vakili Miller, amir, 217 qozi kalon, amir tomonidan yangidan ma‟muriy ishga tayinlangan taraqqiyparvar Sharifjon Maxsum bor edilar. Manifestda amir sud (qozixona), soliq ishlarini tartibga solish, sanoat va savdoni rivojlantirish, hamma amaldorlami nazorat ostiga olish, poytaxt Buxoroni obodonlashtirish, fuqarolaming sogiigi va rohat-farog„ati haqida g„amxo„rlik qiluvchi maxsus komissiya tuzish haqida va‟da qilingan edi. Shuningdek, manifestda moliya ishlarini tartibga solish, ki- rim va chiqimlari aniq hisoblangan amirlik byudjetini tashkil etish, umuman xalqqa yengilliklar berish, maorif va fan-texnikani rivojlantirish, bosmaxona tashkil etib, bosma matbuotga asos solish, qamoqxonadagi erkin fikrlilami ozod qilish ko„rsatildi. Bu Manifest Buxoroda siyosiy vaziyatning taranglashuviga sabab boidi. Uni din peshvolari va dindorlar orasidagi o„ta mutaassiblar shariat qonunlarini buzish deb qabul qildilar. Taraq- qiyparvarlar, ayniqsa, «Yosh buxoroliklar» unda o„zlarining talab- lari maium darajada hisobga olinganligidan o„ta quvondilar. Shuning uchun ham ulaming maium bir «qizillashgan» qismi amiming insofga kelgani uchun unga minnatdorchilik bildirish maqsadida 8 aprel kuni katta ko„cha namoyishi bilan nishonlaydilar. Namoyishchilar «Yashasin Amir Olimxon! Yashasin islohot!» deb yozilgan qizil alvonlami ko„tarib ko„chalarga chiqdilar. «Yosh buxoroliklar» orasida qat‟iy birlik yo„q edi. Ayniqsa, bu F.Xo„jayevning ko„rsatishicha, quyidagi ikki masalada keskinlashadi: 1. Kutilayotgan manifestga munosabat; 2. Manifest munosabati bilan boiadigan namoyish va targibot. Ana shu masalalar sabab «Yosh buxoroliklar» Markaziy Qo„mitasining 12 a‟zosi orasida ajralish yuz berdi. Abduvohid Burxonov «qizillashgan» F.Xo„jayev gumhi nuqtai nazarini ma‟- qullaydi. Shundan so„ng yangi Markaziy qo„mita quyidagi tartibda 9 kishidan iborat qilib saylanadi: Abduvohid Burxonov (raisi), Fitrat (kotib), Usmonxo„ja Po„latxo„jaev (xazinachi) va a‟zolar: Muhitdin Rafoat, Musa Saidjonov, Ota Xo„jayev, Ahmadjon Abdulsaidov, Fayzulla Xo„jayev va Hamidxo'ja 1 . F.Xo„jayev va uning bilan hamfikrda boiganlar, shuningdek, yangi Markaziy qo„mita a‟zolari tabiatan «ms inqilobchilari» ta‟siriga berilgan, asosiy maqsadga esa faqat Rossiya yordamidagina 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling