O'zbekiston tarixi


Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan, 1970, 97-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan, 1970, 97-bet. 
218


erishishga ishongan edilar. Ulaming o„z mustaqil, mahalliy imko- niyatlami 
hisobga olgan, qat‟iy yoii - dasturi yo„q edi. 
Asosiy xato ham huddi mana shundan iborat boidi. Ya‟ni Turkiston 
jadidlari bilan Buxoro jadidlari (aniqrogi F.Xo„jayev tarafdorlari)ning o„ziga 
xos farqi va o„ta soiligi ham aynan ushbu masalada ko„zga tashlandi. 
Turkiston jadidlari, yuqorida ta‟kidlanganidek, bolsheviklaming 
va‟dalariga ishondi, ammo ayni paytda istiqlol bobida mustaqil o„z yoiini 
ham tanlab oldi. Bu yoining mohiyati Rossiya oldida to„g„ridan-to„g„ri 
taslimchilikdan holi boigan milliy muxtoriyatchilik asosida hokimiyatni toia 
qoiga olish, millat manfaatini dastlab tinch demokratik va keyinroq esa 
qurol olib himoya qilishdan iborat edi. Turkiston jadidlari Sho„ro bosqiniga 
qarshi so„nggi imkoniyatga qadar tik turib kurashdilar. Rossiya harbiy kuch-
qudratidan cho„chimadilar va o„z jonlarini istiqlol uchun garovga qo'ydilar. 
Bolsheviklaming jozibali tashviqot-targibotlari, havoyi va‟dalari va 
balandparvoz shiorlariga ishongan va aldangan Fayzulla Xo„jayev boshliq 
taslimchilaming harakatidan mustamlakachi bolsheviklar Buxoro amirligini 
butunlay tugatib, Qizil saltanat tarkibiga kiritib olishda ustalik bilan 
foydalandilar. 
Sho„ro armiyasi va muvaqqat hukumatiga tayanib 8 aprel kuni 
o„tkazilgan «inqilobiy namoyish», maqolda aytilganidek, «qosh qo„yaman 
deb ko„z chiqarish» dan boshqa narsa boimadi. Tabiiyki, Islom dinining 
quvvati boigan Buxoro ko„chalarida qizil alvon va bayroqlar ko„targan 
«inqilobchi»lar amir, qozi kalon va mutaassib dindorlami cho„chitib 
yubordi. Hatto ulaming g„azabini oshirdi. 
Fayzulla Xo„jayevning iqror boiishicha, jadidlaming keksa, ko„zga 
ko„ringan boshliqlaridan Abduvohid Burxonov va Fazliddin Mahsum 
namoyishchilami qizil alvonlarsiz ko„chaga chiqishni talab qiladilar. Biroq 
bu haqli talabga hech kim e‟tibor bermaydi. Buning ustiga-ustak kavkazlik 
va yevropalik boshqa musulmon yoshlar ham qizil bayroq ko„tarib 
namoyishga chiqdilar. 0„tmishda ham bunday nojo„ya xatti-harakatlar 
qanday noxush oqibatlar olib kelganligi tarixdan maium. Jumladan, 1745-
yilda Nodirshoh armiyasi bilan Buxoroga kelgan lezginlar, usmonli turklar, 
eronliklar va afg„onlar alohida mahallalarda yashardilar. Ayniqsa, 
nomusulmon «kelgindi»laming ibodatlari va bayramlari maium belgilangan 
joy (cherkov)lar va o„z mahallalari doirasida o„tkazilishi shart edi. Ular 
musulmonlaming his-tuyg„ularini haqoratlovchi ommaviy harakat 
219 


qilishlari, musulmon jamoatchiligi orasida ichimlik (vino) ichishlari va 
baland ovozda tavrot o„qishlari va boshqalar mumkin emas edi. Masalan, 
1910-yilda buxorolik sunniylar bilan eronlik shialar o„rtasida bo„lgan 
xunrezlikka shialaming Buxoroda markaziy ko„cha bo„ylab, Ashuro 
marosimiga bag„ishlab o„tkazgan namoyishi sabab bo„lgan edi. Bunday 
voqealar o„tmishda bir necha bor yuz bergani maium. Namoyishchilaming 
soni tez orada 5-7 ming kishiga yetadi. Ular o„zbek va rus tilida «Yashasin 
ozodlik, konstitutsiya, matbuot erkinligi va maktab mustaqilligi», «Yashasin 
xaloskorimiz amir!» deb yozilgan alvonlar ko„tarib olgan edilar. 
Namoyishchilar Registon tomon yoi oladilar. U yerda esa 7-8 ming 
kishi asosan mulla va mullavachchalar jadidlar namoyishiga qarshi norozi 
boiib to„plangan edilar. Registon maydonida amiming 200 ta piyoda, 300 ta 
otliq askarlari ham shay qilib qo„yilgan edi. 
Bundan xabar topgan jadidlar namoyishchilami to„xtatib, tarqatib 
yubordilar. Shu yerda Ota Xo„jayev, Hoji Mirbobo Mirmuhsinov, Yusuf 
Zoda Abduraimovdan iborat maxsus komissiya qushbegi (amiming 
ma‟muriy boshqarmasi boshligi, birinchi vaziri) oldiga borib, namoyish 
tinch maqsadda o„tkazilganligini tushuntirmoqchi boiganida qoiga olindi. 
Shundan so„ng Buxoro ko„chasida to„s-to„polon va tartibsizlik boshlandi. 
Namoyishdan asosan dindorlaming katta qismi norozi boigan edi. Ular 
mutaassiblik bilan din va shariatni himoya qilib ko„chaga chiqqandilar. Buni 
o„z ko„zi bilan ko„rgan S.Ayniy bunday deb yozadi: «Shanba kuni 
ertalabdan, soat sakkizu o„ttizda reaksiya... (dindorlar demoqchi - mual.) 
yoiboshchilari bo„yinlariga belbogiarini osib olib qichqirar edi: «Ey 
musulmon bandalar! Din yo„qolmoqda, shariat oimoqda, endi ayollaming 
yuzi ochiladi, qizlaringizni nomusi toptaladi. Bolalar kofirlaming 
maktablarida o„qiydi... Din himoyachilari, iymon, din, shariat himoyasiga 
otlaning, g„azovotga tayyor boiing!»
1
. Shu kuni kechqurun, yana 
S.Ayniyning guvohlik berishicha, Buxoro muftilarining muhrlari bosilgan 
hujjat tayyorlandi. Unda shunday deyilgan edi: «Bayroq ko„tarib, islohot 
talab qilgan kishilar hazrati oliylari amirga qarshi chiqdilar. Shuning uchun 
ham ular gunohkor va isyonchi hisoblanadi. Ulaming qonini to„kish xudoga 
xush keladigan ish. Mol-mulki esa hammanikidir»
2


Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling