O'zbekiston tarixi


 Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan 1970, 119-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Ходжаев Ф. Избранные труды. T.l. - Т.: Fan 1970, 119-bet. 
222 


Unga Fitrat, Ota Xo„jayev, Burxonov, Agdarov, Qori Yo„ldosh Po„latov, 
Fazlitdin Maxsum a‟zo bo„lib kirdilar. 
Nihoyat 1918-yil 1-martda Kolesov qo„mondonligida sho„ro hukumati 
armiyasi Yangi Buxoroga yetib keldi. Kolesov o„z vagonida «Yosh 
buxoroliklar» bilan kengash o„tkazdi. Unda Buxoroda hokimiyatni «Yosh 
buxoroliklar» qoiiga olish rejasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan rejaga 
ko„ra, amir so„zsiz taslim boiishi va hokimiyatni toialigicha yosh 
buxoroliklardan tuzilgan Ijroiya qo„mitaga topshirishi lozim edi. Shundagina 
amir o„z lavozimida qolishi mumkin edi. Agar amir taslim boimasa, keyingi 
kuni Buxoroga hujum qilib hokimiyatni egallash va amimi qoiga olish 
moijallandi. Ushbu reja asosida Amir Olimxonga ultimatum xati 
tayyorlandi. Xatga Turkiston Xalq komissarlari kengashi raisi Fedor 
Kolesov hamda «Yosh buxoroliklar» Ijroiya qo„mitasi raisi Fayzulla 
Xo„jayev imzo chekdilar. Unda 24 soat ichida «Yosh buxoroliklar»ning 
talablari hech qanday o„zgarishlarsiz qabul qilinishi, mavjud hukumat 
tarqatilib, uning o„miga «Yosh buxoroliklar» Ijroiya qo„mitasi tayinlanishi, 
hukumatning yangi tarkibi amir bilan kelishgan holda ushbu ijroiya qo„mita 
tomonidan tayinlanishi ko„rsatilgan edi. Agar amir taslim boimay 
«inqilobchilar» talabini qabul qilmasa, qon to„kilishiga amiming o„zi aybdor 
boiishi ogohlantirilgan edi. Amir Olimxon Kolesov bilan Xo„jayevning 
ultimatumida qo„yilgan talablarga rozi ekanligini bildirib javob qaytardi. 
Ayni paytda u talablaming hammasi birdaniga amalga oshirilsa xalqning 
noroziligi kuchayishi mumkinligini ko„rsatib, ulami asta-sekin bajarilishiga 
rozilik berilishini so„raydi. 
Amiming iltimosini ultimatumchilar inobatga olmaydilar. Ular eski 
Buxoroga hujum oldidan amirdan ikkinchi javob xatini oladilar. Unda amir 
ultimatumning hamma talablariga toia rozi ekanligini bildirib, faqat 
shaharga armiya kiritilmasligini shart qilib qo„yadi. Ammo negadir xatga 
imzo qo„yilmagan edi. Ana shu narsani bahona qilib 2 mart kuni ertalab 
Sho„ro armiyasi Buxoroga harbiy hujum boshladi. Shaharga bosqinchi 
sho„ro armiyasining kirishi qiyin boidi. Buxoro shahri uzunligi 25 kilometr, 
balandligi salkam o„n metr, eni esa 6 metrlik devor bilan o„ralgan edi. Uning 
o„n bitta temir qoplangan yog„och darvozasi boiib har kuni kechqumn 
qulflanib, kalitlari amir saroyiga olib borib topshirilar edi. 
Amiming otliq askarlari va xalq ommasi Muqaddas Buxoro himoyasiga 
otlanib, bosqinchilami shahar devorlaridan bir chaqirim 
223 


(1,06 km) uzoqliqdagi Fatihobod degan joy da to„xtatdilar. Qizil askarlar 
oddiy kaltak (so„yil), tesha va pichoq bilan qurollangan shahar 
himoyachilarini pulemyotlar, to„p va zambaraklardan o„qqa tutadilar. 
«Pulemyot qarshisida, - deb yozadi buni o„z ko„zi bilan ko„rgan Kolesov -
oiik va tirik gavdalaming uyumi paydo bo„ldi. Pulemyotchilar esankirab 
otishni bo„shashtirdilar. Bir lahzada yopirilib kelayotgan katta kuch hamma 
yoqni bosib ketish xavfi tug„ildi. Shunda biz pulemyotchilarga tashlanib
ulami otishni davom ettirishga majbur etdik»
1

F.Xo„jayev va‟da qilgan 30 ming mehnatkash amirga qarshi 
ko„tarilmadi. Aksincha xalq ommasi amirlikni bosqinchilardan himoya 
qildilar. Ular muqaddas Buxoro uchun shahid boidilar. Maium boidiki, 
Buxoroda hech qanday inqilobiy harakat yo„q edi. 
Amir o„z fuqarolarining fidoiyligi va o„z Vataniga boigan sadoqatini 
ko„rib, ulami himoya qilish uchun juda ustalik bilan ish yuritdi. U «Yosh 
buxoroliklar»ning hamma talablariga rozi ekanligi haqidagi xat bilan birga 
o„tkazajak islohot matnini ham Kolesovga yubordi. Amir xatda butunlay 
taslim boiishga ham va hatto, qurolsizlantirilishiga ham rozi ekanligini o„z 
muhri bilan tasdiqlab qo„ygan edi. Bunga toia ishongan Kolesov askarlarini 
tezlik bilan Yangi Buxoroga chekinishi uchun buymq berdi. 0„zi ham amimi 
Buxorodan 12 chaqirim uzoqlikdagi Kogon shahriga taklif etib, u yerga 
chekindi. Muzokara boshlandi. Ammo muzokaraga amir bormadi. 0„z 
o„miga qushbegi bilan qozi kalonni yubordi. Ular amir betobligi uchun 
kelolmadi deb sabab ko„rsatdilar. Bu paytda yuzaga kelgan fursatdan 
foydalanib, amiming odamlari va mahalliy xalq yuz chaqirimdan ko„proq 
masofadagi temir yoini buzib, telefon yog„ochlarini yiqitib, simlarini uzib 
tashladilar. Bosqinchi armiya shu alfozda qopqonga tushib qoldi. Chorjo„y, 
Marv, Samarqand va Qarshiga boradigan temir yoilar buzib tashlangan edi. 
Bexatar joyda g„alabani kutib turgan buxoro inqilobiy qo„mitasi 
(Fayzulla Xo„jayev, Ota Xo„jayev, Fitrat, Burxonov, Agdarov, Poiatov va 
Fazlitdin Maxsum) ham Kolesov poezdida orqaga qochishga majbur boiadi. 
Bir necha bor amiming odamlari kelib, ulami, hech boimasa, Xo„jayev, 
Fitrat va Burxonovni chiqarib berishni talab qildilar. Ammo Kolesov bunga 
rozi boimadi. 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling