O'zbekiston tarixi


O'zRMDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 48-ish, 6-18-varaqlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

 O'zRMDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 48-ish, 6-18-varaqlar.
210 


va Favqulodda komissiya tuzildi. Bu «inqilobiy» tashkilotlar xalq 
qo„zg„olonini katta harbiy kuch bilan ayovsiz bostirishga kirishdi. 
Mamlakatda 
ta‟qib, 
talon-tarojlik, 
sudsiz-so'roqsiz 
otib 
tashlash 
kuchaytirildi. 
Duch kelgan joyda har bir oddiy fuqaro, xalq qo„zg„oloni qatnashchilari 
va boshqalar «inqilob dushmani», «isyonchi» va «bosmachi» sifatida otib 
tashlanaverdi. Bosqinchilar bu bilan cheklanmadilar. Xorazm sho„ro 
hukumati Rossiya sho„ro hukumatidan shoshilinch sur‟atda harbiy yordam 
berishni so'raydi. RKP (b) Markaziy qo„mitasining 0„rta Osiyo byurosi 
qo„zg„olon boshlanishi bilanoq, 1924-yil 6 yanvarda maxsus qaror qabul 
qilib, Turkfront Inqilobiy kengashiga Xivaga armiya yuborish to„g„risida 
ko„rsatma berdi. 22 yanvarda Farg„ona va Buxorodagi milliy istiqlol 
kuchlariga qarshi kurashda katta tajriba ortirgan N.A.Shaydakov 
qo„mondonligidagi 82-otliq polk Choijo„yga yetib keldi va 23- yanvarda 
Xonqaga xujum boshladi. 
N.A.Shaydakov XShSRning harbiy noziri I.V.Godeskiy o„miga 
nozirlikka tayinlangan edi. Uning muovini lavozimiga mahalliy sharoitni 
yaxshi biladigan, sho„rolar va kompartiya maktabida «qayta tarbiyalangan» 
Mirkomil Mirsharopov qo„yildi. 
Junaidxon boshchiligidagi qo„zg„olonni bostirishda 4 -Aktyu- binskiy 
otliq polki ham faol qatnashdi. Jang operasiyalariga umumiy rahbarlikni 
I.S.Kutyakov amalga oshiradi. Xiva shahrining 12 darvozasi 10 ta pulemyot 
bilan qurollangan qizil armiyachilar tomonidan qo„riqlandi. 82-polk 29 
yanvarda Xazorasp tumanida Og„ajon Eshon boshchiligidagi xalq lashkariga 
duch keldi. Istiqlol himoyachilari 18 soat uzluksiz davom etgan jangdan 
so„ng, kuchlar nisbati teng boimagach, qumlar orasiga chekinishga majbur 
bo„ladilar. 82-polk 4 fevralda Xiva shahriga yetib keldi va Xiva qamali 
tugatildi. Junaidxon chekinishga majbur boidi. U Sho„rolarga qarshi 
kurashni 1929-yilgacha davom ettirdi. Ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. 
Shundan so„ng Junaidxon dastlab Eronga, so„ngra Afg„onistonga o„tib ketdi. 
Sho„rolar xalq ommasining talabi bilan qishloq xo„jalik soligini to„rt baravar 
kamaytirishga majbur boidilar, sho„ro ma‟muriyati rahbariyatidan katta bir 
guruhi ishdan olindi. Ikki kun davomida hukumatga aholidan sho„ro 
ma‟muriyatidan norozi boigan 500 ta ariza tushgan edi. 
Hukumat komissiyasi xalq talabiga ko„ra qo„zg„olon vaqtida va undan 
oldin qamoqqa olingan vatanparvarlardan 214 kishini 
211


ozod qildi. Xullas, xalq ozodlik qo„zg„oloni katta talofatlar evaziga boisa-da 
shoio hukumati va kompartiyani omma irodasi bilan hisoblashishga majbur 
qildi. Shoio hukumati xalq ozodlik qo„zg„olonini bostirgan boisa-da, 
Rossiya mustamlakachiligiga qarshi kurashishda omma to„xtab qolmaydi. 
Bu kurash yana uzoq yillar - o„ttizinchi yillaming o„rtalarigacha davom etdi. 
Shoio hukumati va Kompartiya yagona turk xalqlari milliy-ozodlik 
kurashiga barham berish uchun «boiib tashla -hokimlik qil» shioriga amal 
qildi va milliy davlat chegaralanishini oikazishga kirishdi. Ana shu tariqa 
Shoiolar hukumati tomonidan Xorazm xalqining asrlar osha davom etib 
kelgan davlatchilik an‟anasiga barham berildi. 
Bu borada Butun Xorazm Shoiolarining V qurultoyi alohida o„rin 
tutadi. Mazkur qurultoyni oikazish juda ogir kechdi va unga uzoq 
tayyorgarlik ko„rildi. 
Junaidxon boshchiligidagi qo„zg„olon bostirilgach, 1924-yil 20- 
fevralda XShSR MIQ va Markaziy Inqilobiy Qo„mita majlisi boidi. Unda 
aholini qurolsizlantirish bo„yicha Dekret qabul qilindi. Xorazm tarixida 
birinchi marta prokuratura idorasi tashkil etildi. XShSRning birinchi 
prokurori boiib Xanov degan shaxs tayinlandi. Xorazm Respublikasining 5 
joyida «xalq» sudlari tashkil qilindi. Shundan 3 tasi o„zbek viloyatlarida, 1 
tasi turkman va 1 tasi qozoq-qoraqalpoq viloyatlarida edi
1

Yanvar qo„zg„oloni bostirilgach, Xorazm xalqiga «amaliy yordam» 
koisatish uchun Markazdan kompartiyaning «tajribali» a‟zolari rahbarlik 
lavozimlariga safarbar qilindilar. Faqat 1924-yil fevral-mart oylaridagina 
Markazdan Xorazmga 60 kishi kelgan edi. Ular Xorazmda shoiolaming 
ulug„ davlatchilik siyosatini amalga oshirishda «fidokorlik» koisatdilar. 
Bular: Turkiston ASSR Kaspiyporti viloyati kompartiyasida mas‟ul 
kotib boiib ishlagan Boyarshinov, RSFSRning XXShRda ilgari muxtor elchi 
boiib ishlagan G.I.Broyda rahbarligida S.Asfandiyorov, Sedov, Turkfront 
harbiy inqilobiy kengash a‟zosi E.P.Berzin, RKP(b) MQ 0„rta Osiyo byurosi 
0„rta Osiyo Kompartiya raisi muovini O.Ya.Karklin, Turkfront qo„mondoni 
Pugachyov hamda I.M.Mejlauk, X.Xanov, V.V.Shaxetov va boshqalar 
edilar. 
1924- 
yil 26-martda XShSR MIQ va XShSR Nozirlar Ken- 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling