O'zbekiston tarixi


‘zR. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 2-ish, 28-30-varaqlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

0‘zR. MDA, R-71-fond, 1-ro‘yxat, 2-ish, 28-30-varaqlar. 
212 


gashi, Xorazm kompartiya MQ Ijroiya byurosining qo„shma majlisida 
XShSR MIQning 11 kishilik hay‟ati va Nozirlar Kengashi shakllantirildi. 
MIQning 11 a‟zosidan 5 nafari o„zbek, 
4 nafari turkman, 1 nafari qozoq, 1 nafari qoraqalpoq va 1 kishi 
dindorlaming vakili edi. MIQ hay‟atining raisi lavozimiga Sultonqori 
Jumaniyozov, uning muovini etib esa Matkarim Abdusalomov va Bekchon 
Nazarovlar tayinlandilar. Shuningdek nozirlar va nozirliklar ham yangidan 
shakllantirildi. Yangidan tashkil etilgan Xorazm Respublikasi oldida bir 
qator murakkab masalalami hal qilishga to„g„ri keldi. Bu eng awalo 
Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari oldida ham ko„ndalang bo„lib 
turgan milliy davlat chegaralanishini o„tkazish masalasi edi. Bu masala 
mahalliy tub yerli xalqning istak-xohishi va intilish-qiziqishlari bilan 
hisoblashmagan holda Markaz tomonidan o„rtaga qo„yildi. XShSR hukumati 
va Xorazm kompartiyasi Markaziy Osiyoda milliy davlat chegaralanishini 
o„tkazilishiga birinchi kundan boshlab qarshi turdilar. Ammo, Markaz 
mahalliy rahbarlar bilan hisoblashishni istamadi va milliy davlat 
chegaralinishiga qarshilik ko„rsatgan xodimlami turli bahonalar bilan o„z 
yo„lidan uloqtirishga erishdi. 
1924- 
yil 15-iyunda RKP(b) MQ 0„rta Osiyo byurosi qaroriga 
asosan Xorazm kompartiyasi MQning kotibi Qalandar Odinaev 0„rta Osiyo 
byurosi ixtiyoriga chaqirib olindi va uning o„miga Moskvada Sharq xalqlari 
Kommunistik universitetini tamomlab kelgan Isoq Xonsuvorov qo„yildi. 
1924- 
yil avgust oyining oxirlarida XShSR MIQ hay‟atining raisi 
Sultonqori Jumaniyozov ishdan olinib, turkman ziyolilaridan chiqqan, 
Adliya noziri vazifasini bajarayotgan Nedirboy Aytakov uning o„miga 
tayinlandi. Shuningdek, XShSR Nozirlar sho„rosining raisi Bekchon 
Nazarov o„z vazifasidan chetlatilib, Savdo noziri vazifasini bajarib 
kelayotgan Sa‟dulla Tursunxo„jayevga Nozirlar Kengashi raisi lavozimi 
topshirildi. Ana shundan so„ng 1924- yil 26-iyulda Xorazm kompartiyasi 
MQ Ijroiya byurosi milliy davlat chegaralanishi haqidagi masalani qaytadan 
ko„rib chiqdi va Qalandar Odinaev hamda uning sheriklari fikrini xato deb 
topdi, XShSRda ham milliy davlat chegaralanishini o„tkazishni maqsadga 
muvofiq, degan qaror qabul qildi. Mazkur qaromi 1924-yil 18- sentabrda 
RKP(b) MQ siyosiy byurosi ma‟qulladi va XShSRni ham Markaziy Osiyoda 
o„tkaziladigan milliy davlat chegaralanishiga qo„shish lozim deb topdi. 
Markazdan turib tiqishtirilgan milliy 
213 


davlat chegaralanishini o„tkazish to„g„risidagi tashkiliy masala har 
tomonlama qiyomiga yetkazildi. Endi bu masalani Butun Xorazm 
Sho„rolarining navbatdagi qurultoyini chaqirib, unga «qonuniy» tus berish 
kerak edi. Ana shu maqsadda 1924-yil 2-sentabrdan to 2 oktabrga qadar 
davom etgan Butun Xorazm Sho„rolarining V qurultoyi chaqirildi. Bu 
Xorazm Sho'ro Sotsialistik Respublikasi tarixida eng uzoq - roppa-rosa bir 
oy davom etgan qurultoy bo„ldi. Qurultoy kun tartibidagi bosh masala milliy 
davlat chegaralanishi va 0„zbekiston Respublikasi qurultoyiga deputatlar 
saylashdan iborat edi. 
Milliy davlat chegaralanishining o„tkazilishi masalasida RKP(b) MQ 
0„rta Osiyo byurosi raisi A.Udarov so„zga chiqdi. U o„z nutqida Xorazmda 
«inqilobiy» harakat tarixi va Markaziy Osiyo Respublikalarida 
o'tkazilayotgan milliy davlat chegaralanishining «olamshumul tarixiy 
ahamiyati» haqida gapirdi. Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorda 
Xorazm Sho„ro Sotsialistik Respublikasini tugatish va uning o„miga o„zbek, 
turkman, qozoq va Qoraqalpoqlardan iborat viloyatlarga o„z millatlarining 
nomi bilan ataluvchi muxtoriyatli viloyatlar va milliy Respublikalarga 
qo„shilish g„oyasini ilgari surdi
1
. Qurultoyda Xorazm Respublikasining 
«o„zbeklar yashaydigan» hududlaridan 0„zbekiston Sho„rolarining birinchi 
qurultoyiga 60 deputat vakil etib saylandi. 
Xorazm Sho'ro Sotsialistik Respublikasi Ijroiya Qo„mitasining 
1924- 
yil 22-noyabrda boiib o„tgan V plenumi qaroriga asosan 
0„zbekiston tarkibiga Xorazmdan 23 tuman kirdi. Bular: Bog„ot, Pitnak, 
Yangiariq, Yangi Urganch, G„ozovot, Go„ja, Xazorasp, Mang„it, Ko„k-
Chag„a, Qilichboy, Mo„ynoq, Qipchoq, Hirot, Gurlan, Aqdarband, Astana, 
Xiva tumanlari edi
2


Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling