O'zbekiston tarixi


yoiida fidoyilik ko‘rsatgan jadid ziyolilarimizning buyuk xizmatlarini


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

yoiida fidoyilik ko‘rsatgan jadid ziyolilarimizning buyuk xizmatlarini 
e’tirof etish, tarixiy haqiqatni tiklash, yoshlar qalbida istiqlol 
g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalash, umuminsoniy va milliy 
ilm-fan qad- riyatlarini avlodlar ongiga teran singdirish, Toshkent 
Davlat universitetining azaliy yuksak mavqeini o‘z joyiga qo‘yish, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga 
oshirish maqsadida: 
1. Toshkent Davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, 
Ma’rifatparvarlar va Tarixchilar jamiyatlari, Mus- 
1
 ToshDU ilm va ma’rifat maskani. - Т.: Universitet, 1995, 42-bet.
390


tamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha 
jamoatchilik komissiyasi va boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining 
tarixiy hujjatlariga asoslangan xulosa hamda takliflarni inobatga olib, 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universitetining asoschilari 
jadid ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918-yil 12-may deb 
belgilansin. 
2. Toshkent Davlat universitetining nafaqat respublikamizda balki 
mintaqamizda ham birinchi zamonaviy oliy ta’lim muassasasi ekanini
olimlar va o‘qituvchilar jamoasining fan va ta’lim sohasidagi yuksak 
salohiyatini, 0‘rta Osiyo davlatlarida ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimini 
shakllantirishdagi muhim o‘rni hamda xalqaro nufuzini nazarda tutgan 
holda unga «Milliy universitet» maqomi berilsin va u Mirzo Ulug‘bek 
nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti deb atalsin»
1

Sho„ro hukumatining mahalliy millat vakillariga oliy ta‟lim eshiklarini 
berkitib qo„yganligini ko„rgan jadid yetakchilari va qalbida vatanparvarlik 
his-tuyg„usi so„nmagan ba‟zi rahbarlar yoshlami Germaniya, Turkiya singari 
rivojlangan xorijiy mamla- katlarga o„qishga yuborish choralarini izlaydilar. 
Jami bo„lib 1920-1922-yillarda Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Xalq 
Respublikalaridan 300ga yaqin
2
talaba o„qish uchun chet elga yuborildi. 
Ular Vatan va millat istiqbolini o„ylab astoydil va jon kuydirib o„qib bilim 
oldilar. 
Xorijiy mamlakatlarga talabalar yuborish va ularga moddiy va 
ma‟naviy yordamlar ko„rsatish harakatining boshida A.Fitrat, Buxoro 
hukumatining birinchi prezidenti Usmonxo„jabek, Abdu- rahmon Burxon, 
Fayzulla Xo„jayev, Turor Risqulov, Mannon Ramiz va boshqalar turgan. 
Targ„ibot-tashviqot Markazida «Bizim uchun malakali kadrlar va texnika 
mutaxassislari lozim»
3
degan qoida bo„lgan. «Ilm-texnika Ovro„pada» shiori 
ostida Ovro„paning Ol- moniya, Turkiya singari davlatlarida tahsil olayotgan 
yoshlarga yordam uyushtirishni tashkil etish uchun «Ko„mak gurungi» 
tashkil etilgan. «Turkiston» gazetasining 1922-yil 18-dekabr sonida 
M.Usmoniyning «Berlindagi talabamizga ko„mak» maqolasi bosil- gan. 
Mazkur maqolada hikoya qilinishicha, Toshkent maorif- 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling