O'zbekiston tarixi
«Xalq so‘zi» gazetasi, 1991-yil 29-may
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Xalq so‘zi» gazetasi, 1991-yil 29-may. 428 Qatag„on avjiga chiqqan 1936-1939-yillarda Sho„ro vakillari fuqarolami hibsga olish va qamash uchun har xil ayblami o„ylab topar edilar: kunlik normani bajarmadi, reja va majburiyatni uddalay olmadi, paxtani iflos qildi, ishga chiqmadi va hokazo. Marg„ilon shahar 166-uchastka Xalq sudyasi 1934-yil 6 -mayda traktor brigadasining brigadir-mexanigi Ismatov Zokimi yemi shudgor qilish rejasini bajarmaganligi va yoqilg„ini ortiqcha sarflagani uchun besh yil ozodlikdan mahrum etgan 1 . Lenin tumani 57-uchastka Xalq sudyasi Dadaboev 1934-yil 25- aprelda jamoa xo„jaligining xo„jalik boshlig„i Jabbor Sattorovni sirtdan aybini va jinoyatini bo„yniga qo„ymasdan 5 yilga ozodlikdan mahrum etish to„g„risida hukm chiqargan 2 . Yana o„sha Dadaboev 1934- yil 18-noyabrda 0„zSSR JK 166-moddasi 3-qismi bilan jamoa xo„jaligi zveno boshlig„i Qosimov Abdurahmonni paxta terish normasini bajarmaganligi va 322 kg paxtaga ehtiyotsizlik bilan suv qo„yib yuborib uning sifatini buzganligi uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan 3 . Yana ham achinarlisi shundaki, 1935- yil Samarqand shahar 82-uchastka Xalq sudi 0„zSSR Ж ning 143- moddasiga asosan jamoa xo„jaligi boshqaruvining a‟zosi brigadir Usmon Uzoqovni 20 gektarlik dalaga bitta traktor olib chiqqanligi uchun 3 yillik qamoq bilan jazolagan 4 . «Paxta ishi» deb nomlangan ish bo„yicha hech qanday asossiz jazolangan fuqarolar ishlari haqida arxiv hujjatlaridan ming-minglab bunday dalillar keltirish mumkin. Faqat 1936-1938-yillar mobaynida «paxta ishi» yuzasidan 13538 fuqaroning 5 «jinoiy ishlari» ko„rilib jazolangan edilar. Qatag„on uchun arzimagan kichik bir bahona dahshatli hukm chiqarishga kifoya edi. Mavlonbekov Nishonbek 1934-yilda Samarqand viloyatining Bulung„ur tumanida Ijroiya Qo„mitaning raisi lavozimida ishlagan davrida tuman davlatga paxta yetkazib berish rejasini bajarmaydi. Uni 0„zbekiston KP Markaziy Qo„mitasi partiya safidan o„chirdi. 0„zbekiston SSR Oliy sudi 1935-yil 7-8 apreldagi sud majlisida 0„z SSR Jinoyat kodeksining 140 moddasining 1-qismiga binoan Mavlonbekov Nishonbekni 7-yilga ozodlikdan mahrum etdi. Holbuki, u 1918-yildan Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling