O'zbekiston tarixi


 0‘sha manba, 7-ro‘yxat, 123-ish, 1, 45-46-varaqlar


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 0‘sha manba, 7-ro‘yxat, 123-ish, 1, 45-46-varaqlar.
2
«Правда Востока» gazetasi, 1938 у. 1-mart. № 49 (4613).
3
O'sha manba.
4
«Yosh leninchi» gazetasi, 1990-yil, 21-avgust.
430


risolasida ta‟kidlanishicha, ko„rsatmada har bir respublika va viloyat uchun 
qancha kishini qamoqqa olish kerakligi (foiz hisobida) aniq ko„rsatilgan. Bu 
galgi reja (ungacha 1925-1936-yillarda qancha otilgan edi!) «kamtarona» - 
to„rt foiz etib belgilangan. Sobiq Ittifoqning o„sha paytdagi aholisiga 
nisbatan hisoblaganda, bu taxminan bir galda 5.000.000 kishining
1
yostig„ini quritish demak edi. 
0„sha kezlarda 0„zbekistonning taqdiri Moskvadan yuborilgan Drenik 
Apresyan, Leonov-Nemirovskiy, Zagvozdin, Agabekov, Sorokin, Blinkov 
va boshqalar qo„lida bo„lgan. NKVD Farg„ona viloyati boshqarmasining 
bo„lim boshligi P.Blinkovning bergan ma‟lumotlariga qaraganda, 1937-
1938-yillarda respublikada faoliyat ko„rsatgan «uchlik» raisi Drenik 
Apresyan bo„lgan. U yo„q paytlarda 0„zbekiston Ichki ishlar xalq komissari 
L.I.Leonov-Nemirovskiy ham raislik qilib turgan. Blinkov esa ma‟lum davr 
mazkur uchlikning kotibi vazifasini bajargan. 
F.Xo„jayevning qamoqqa olinishi bahonasida unga yaqin bo„lganlaming 
barchasi: oila a‟zolari, qarindosh-urug„lari, do„stlari, birga ishlagan 
xodimlar va hatto tasodifiy uchrashib qolganlar ham yoppasiga hibsga olinib 
jazolandi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, F.Xo„jayev hibsga 
olingach, uning onasi Xo„jayeva Rayxon Saidmurotovna (1865)ni, o„gay 
onasi Xo„jayeva Hamida (1873)ni, singlisi Xo„jayeva Robig„a (1890)ni, 
xotini Xo„jayeva Malika (1901)ni, qizi Xo„jayeva Viloyat (1921)ni, ukasi 
Xo„jayev Ibotni, hatto ukasining 15 yoshli o„g„li Xo„jayev Orifni va 
qarindosh- urugiarini 1937-yildayoq qamoqqa olib jazolaydilar
2
. Ish shu 
darajaga borib yetdiki, F.Xo„jayev bilan birga 1920-1924-yillarda BXShR 
davlat apparatida birga xizmat qilgan, 1937-yilda turli sohalarda halol va 
tinch mehnat qilayotgan va hatto nafaqada bo„lganlaming ham barchasi 
gunohi bor-yo„qligidan qat'iy nazar qamoqqa olindi va 0„zSSR Oliy 
sudining 1937-yil 14-oktabrdagi hukmi bilan otib tashlandi. Ular orasida 
Xo„jayev Porso (1868) BXShR MIQ ning sobiq raisi, 1937-yilda nafaqada, 
Aminov Muin (1890), BXShR Ichki ishlar xalq noziri, 1937-yilgacha 
«0„zbekbirlashuv»da ishlagan, Xo„jayev Ota Po„latovich, (1880) BXShR 
Qarshi viloyat IQ raisi, 
1937- 
yilda Buxoroda Gastronom direktori, Saidjonov Muxtor 

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling