O'zbekiston tarixi


Народное хозяйство Узбекской ССР в 1987 г. /Стат. Ежегодник/. - Т


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet413/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1987 г. /Стат. Ежегодник/. - Т.: 
Узбекистан, 1988, 20-bet. 
2
0‘sha manba, 17-bet.
3
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1985 г. /Стат. Ежегодник/. - Т.: 
Узбекистан, 1986, 34-bet. 
543


Ikkinchidan, 
mahalliy millat ziyolilari o„z ona tillarida erkin ilmiy 
mushohada va fikrlash asosida ijod qilishdan mahrum boidilar, ular o„z 
qobiliyat va imkoniyatlarini toiaqonli ko„rsata olmadilar. Bu hoi o„z 
navbatida bir vaqtlar jahon fani va madaniyati beshigini tebratgan A1 
Xorazmiy, Ibn Sino, Ahmad Farg„oniy, Beruniy, Farobiy, Ulug„bek 
singari behisob qobiliyat sohiblarini bergan yurtda XX asrda ham ular 
ishining munosib davomchilarini tarbiyalab yetishtirishga jiddiy 
to„sqinlik qildi. Ammo shunga qaramasdan urushdan keyingi yillarda 
ham ilm-fan sohasida barakali ijod qilib, millatning shon-shuhratini 
dunyoga tanitgan siymolar xalqimiz orasidan yetishib chiqdi. Tarix va 
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ijod qilgan Ya.G„.G„ulomov, 
R.N.Nabiyev,
I. 
Mo„minov, X.Sulaymonova, O.Aminov, I.Iskandarov, 
B.Ahmedov, 
R.X.Aminova, 
geologlar 
0„.M.Abdullayev, 
I.H.Hamraboyev,
G. 
Mavlonov, biokimyogar Yo.To„raqulov, kimyogarlar 
O.S.Sodiqov, M.N.Nabiyev, S.Yu.Yunusov, fizik va matematiklar 
T.N.Qori- Niyoziy, T.D.Sarimsoqov, U.O.Orifov, S.Sirojiddinov, 
S.Azimov, V.Qobulov, texnika fanlari bo„yicha ijod qilgan 
M.T.O„rozboyev, biologiya va botanikada Z.Qodirov, A.Dadaboyev, 
A.Imomaliyev,
S.Yoidoshev va boshqalar shular jumlasidandir.
0„zbekistonda ijtimoiy fan taraqqiyotiga, xususan vatan tarixi va 
arxeologiya fani rivojiga bebaho hissa qo„shgan olimlardan biri, tarix 
fanlari doktori, akademik Yahyo G„ulomov (1908-1977) dir. U birinchi 
o„zbek arxeolog olimlaridan hisoblanadi. Yahyo G„ulomov
1943- 
yilda «Xiva va uning yodgorliklari» mavzuyida tarix fanlari 
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi, 1950-
yilda esa «Xorazmning sug„orish tarixi, qadimgi zamonlardan 
hozirgacha» deb nomlangan muammo bo„yicha doktorlik ilmiy 
darajasini oldi. Tarixchi olim 1936-yildan boshlab Toshkent, Buxoro, 
Farg„ona va boshqa arxeologik guruhlarga boshchilik qildi. 1938-yildan 
e‟tiboran akademik S.RTolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-
etnografiya ekspeditsiyasi tarkibida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borgan. U 
4 tomlik «0„zbekiston SSR tarixi»,
2 tomlik «Samarqand tarixi» kitoblarining mualliflaridan biri. Yahyo 
G„ulomovning 0„zbekistonning sug„orilish tarixiga doir ilmiy ishlari 
qadimgi dehqonchilik vohalarini (Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo 
va boshqalaming qadimgi o„zanlari) aniqlash va undan xalq xo„jaligi 
maqsadlari yoiida foydalanishda katta yordam bermoqda. Uning 
Zarafshon va Farg„ona vodiylarida, shuningdek,
544


Toshkent vohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari 0„zbekistonda tosh 
davrini o„rganishda fanga katta hissa qo„shdi.
Jamiyatshunoslik fanining ajoyib darg„alaridan yana bittasi falsafa 
va tarix ilmining bilimdoni akademik Ibrohim Mo„minov (1908-1974) 
boigan. U 0„zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar- ning jonkuyar 
rahbarlaridan biri edi. 50-yillaming oxiri 70- yillaming birinchi yarmida 
Ibrohim 
Mo„minov 
rahbarligida 
falsafa, 
0„zbekiston 
tarixi, 
adabiyotshunoslik, madaniyat masalalariga oid juda ko„plab asarlar, 
o„quv darsliklari, qoilanmalari va to„plamlar chop etildi. Xususan, u 
o„tmish tarixiy merosimizni o„rganish masalalariga alohida e‟tibor berdi. 
Al-Xorazmiy, al-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Bobur, 
Furqat, Muqimiy, Ahmad Donish kabi ulug„ siymolar asarlarining keng 
o„quvchilar ommasiga yetib borishida Ibrohim Mo„minovning xizmatlari 
benihoya kattadir. Bu bejiz emas, albatta. Chunki elparvar va 
vatanparvar olim yoshlikdan xalqining o„tmish tarixiy merosini 
o„rganish va uni tashviqot- targibot qilish bilan qiziqdi. 1946-yildayoq 
allomaning «Mirzo Bedilning falsafiy qarashlari» asari matbuot yuzini 
ko„rdi. So„ngra u «0„zbekistonning XIX asr oxirida va XX asming 
boshlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixidan» deb nomlangan mavzuda 
doktorlik dissertasiyasini himoya qildi.
El ardoqlagan va sevgan alloma Ibrohim Mo„minovga 1968- yilda 
nashr etilgan «Amir Temuming 0„rta Osiyo tarixidagi roli va o„mi» 
risolasi katta hurmat va obro„ keltirdi. Chunki o„z davri uchun bu ish 
katta jasorat edi. Kommunistik partiya mafkurasi asosida Sovet tarix 
fanida Amir Temumi «bosqinchi», «qonxo„r», «jallod», «kesilgan kalla 
suyaklaridan minoralar qurdirgan johil» bir shaxs sifatida yoritayotgan 
bir paytda Sohibqironning xalqimiz tarixida tutgan o„mi va roliga 
haqqoniy baho berish olimning Temur shaxsiga boigan yuksak 
ehtiromning natijasi edi.
0„zbek xalqining mard va jasur o„g„loni Ibrohim Mo„minov 1968-
yilda «Temur tuzuklari» va 1972-yilda Sharafiddin Ali Yazdiyning XV 
asrda yozilgan «Zafamoma» asarining faksimile nusxasini nashr ettirish 
kabi nihoyatda savobli ishlarga ham bosh qo„shib tashkilotchilik qildi. 
Bu g„oyatda tahsinga sazovor ishlar 0„zbekiston keng ilmiy jamoatchiligi 
va omma tomonidan qizgin kutib olingan boisa-da, Ibrohim Mo„minov 
shaxsiy dushmanlari va raqiblarining g„ashini keltirdi. Ayniqsa, bu ish 
Markazdagi ulug„ davlatchilik g„oyasi bilan ongi zaharlangan 
murtadlarga yoqmadi.
18-1746 
545


Olimga qarshi boshlangan xurujga shaxsan KPSS Markaziy Qo„mitasi 
boshchilik qildi va Ibrohim Mo„minovga «o„tmishga g„ayri ilmiy 
yondoshgan», «o„tmishni ideallashtirgan», «g„oyaviy- siyosiy xatoga 
yo„1 qo„ygan» degan soxta aybnomalar qo„yildi. 0„zining sof va musaffo 
ongi, tarixiy-falsafiy vijdoniga chirkin, axloqiy tuban g„oya va 
qarashlami singdira olmagan buyuk olim og„ir, uzoq davom etmagan 
kasallikdan so„ng 1974-yil 22 iyulda vafot etdi. Ulug„ alloma vafot etgan 
bo„lsa-da, uning siymosi xalqining qalbida abadiy tirikdir.
Vatan tarixining eng yosh, hali uncha taraqqiy etmagan tarkibiy 
qismlaridan biri - bu manbashunoslik fanidir. Bu sohada Ibodulla Odilov 
(1872-1944), Sodiq Mirzayev (1885-1961), Abdulla Nosirov (1899-
1988), Abdulla Juvonmardiyev, Yunusxon Hakimjonov, Abdulfattoh 
Rasulov, Abdulqodir Murodov, Solih Mutalibov va boshqalar katta 
ilmiy-qidiruv ishlarini olib bordilar. Manbashunoslik ilmida o„zining 
serqirra va barakali ijodi bilan shuhrat topgan tarixchi olimlardan biri 
akademik Bo„riboy Ahmedovdir. U 1924-yil avgustda Andijon 
viloyatining Qo„rg„ontepa tumaniga qarashli Qorasuv qishlog„ida 
dehqon oilasida tavallud topgan, og„ir va mashaqqatli yoini bosib o„tgan. 
B.Ahmedov yozma tarixiy manbalami o„rganish, Vatan tarixining juda 
ko„plab dolzarb muammolarini izlash va ommalashtirish bo„yicha qalam 
tebratdi va xalq hurmatini qozondi. «0„zbeklaming kelib chiqishi 
tarixidan» (1962), «Ko„chmanchi o„zbeklar davlati» (Moskva, 1965), 
«Ulug„bek» (1964), «Xondamir» (1965), «Mahmud ibn Vali» (1966), -
«Bahr ul-asror» (1977), «Balx tarixi» (1982), «XV-XVIII asrlar 0„rta 
Osiyo tarixiy-geografik adabiyoti» (1985) va boshqa qariyb 300 nomda 
e‟lon qilingan monografiya, risola va maqolalar olim shuhratini oshirdi. 
Bo„riboy Ahmedovning manbashunoslik bo„yicha yozgan asarlari 
nafaqat 0„zbekistonda, balki bir qator chet mamlakatlarda ham tan 
olingan. Jumladan, olimning «0„rta Osiyo tarixiy-geografik adabiyoti»ga 
xorijiy mamlakatlarda o„ndan ortiq taqrizlar e‟lon qilindi. Chex olimi Irji 
Bekcha, Ozarbayjon FA akademigi Ziyo Bunyodov, qirg„iz olimlari 
U.Q.Qorayev, 
M.B.Jamg„irchinovlar 
mazkur 
kitobga 
manbashunoslikning katta yutug„i sifatida baho berdilar. Darhaqiqat 
muallif 50 ga yaqin yozma obidalami' tahlil qilish va xulosalash asosida 
shayboniylar, ashtarxoniylar va dastlabki mang„itlar davrida 0„rta Osiyo 
tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti haqida fikr yuritadi.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling