O'zbekiston tarixi


 Xizr nazar qilgan olim. Т.: Fan, 1992, 35-bet


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet416/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Xizr nazar qilgan olim. Т.: Fan, 1992, 35-bet.
2
0‘sha manba, 33-bet.
3
Xizr nazar qilgan olim. - Т.: Fan, 1992, 45^46-betlar.
548


* * * 
Buyuk olimning nechog„lik ulugiigini uning zamondoshlari so„zlari 
bilan tasawur qilishning o„zi kifoya deb hisoblaymiz:
«Agar Alisher Navoiy she‟riyat dunyosining «hoqoni» boigan boisa, 
Habib 
Muhammedovich 
esa 
fan 
sohasida 
0„rta 
Osiyo 
metallogenistlarining (ma‟danshunoslari) «sultoni» edi».
Xayrullo Rahmatullayev, geologiya-
mineralogiya fanlari doktori. 
«Geologiyada faqat ikki kishi K.Satpayev va H.M.Abdullayev.
Ikkalasi ham ishni oddiy quduq qazishdan boshlab akademik, keyin 
esa prezident darajasiga ko„tarilgan».
Akademik D.Nalivkin. 
«Habib Abdullayev o„z xalqining faxri boiib qoladi. Menga uning 
harakati negadir bo„ronni eslatadi!».
Akademik A.Feresman. 
«Habib Muhammedovich Abdullayevdek buyuk insonlar har kuni, 
har yili tugilavermaydi, balki bunday insonlar 100 va 500- yilda bir 
marta tug„iladi».
Akademik Ambarsumyan. 
* * * 
Xullas, o„zbek xalqining millatparvar, vatanparvar o„g„loni aka-
demik Habib Abdullayevning siymosi mustaqil 0„zbekiston yoshlari 
uchun yurtga, millatga, imon va e‟tiqodga sodiqlik namunasi boiib 
abadiy qoladi.
0„zbekistonda fizika-matematika fanining yorqin yulduzlaridan biri 
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov hisoblanadi. U 1915- yilda 
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tavallud topgan.
Toshkent Davlat universitetining Fizika-matematika fakultetida 
tahsil ko„rgan.
T.A.Sarimsoqov yirik jamoat va davlat arbobi boiish bilan birga 
fizika-matematika fani sohasida 0„zbekiston shuhratini uzoq- uzoq 
o„lkalarga taratgan allomadir. U 1938-yilda «Ikkinchi tartibli differensial 
tenglamalar hollari va ba‟zi algebraik tenglamalaming asimptotik 
yechimi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi.
1941- 
yilda boshlangan urush tufayli harbiy xizmatga chaqirilgan 
Toshmuhammad Aliyevich 0„rta Osiyo harbiy okrugining Tosh-
549


kentdagi meteorologiya qismida xizmat qildi. Bu yerda o„zi uchun yangi 
soha boigan sinoptik xaritani toidirish va uning ustida ishlash bilan 
shug„ullandi. 1942-yilda olim «Holatlari sanoqli boigan tasodifiy 
protsesslarga oid» mavzuda doktorlik dissertatsiyatsini himoya qildi.
T.A.Sarimsoqov juda ko„plab darsliklar va qoilanmalar mual- lifidir. 
1968-yilda «0„qituvchi» nashriyotida uning «Haqiqiy o„zga- ruvchining 
funksiyalari» darsligi chop etildi. Bunga qadar hali 1954- yilda 
allomaning «Markov protsesslarining asosi» Moskvada chop etilgan edi. 
Bu qoilanma 1982-yilda qayta nashr etildi. Bundan tashqari zahmatkash 
olimning «Funksional analiz kursi» darsligi
1980- 
yilda, «Kvantli ehtimollar nazariyasiga kirish» deb 
nomlangan yirik monografik asari 1985-yilda bosmadan chiqqan. 1989-
yilda matbuot yuzini ko„rgan «Hayot dovonlari» deb nomlangan asari 
allomaning hayot xotiralari va esdaliklarini o„z ichiga oladi.
Toshmuhammad Sarimsoqov yirik fan arbobi va alloma bo„- lishdan 
tashqari juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. 1943-yildan 
e‟tiboran bir necha bor uzilish bilan Toshkent Davlat universitetida 
rektor, 1946-yildan 0„zbekiston FA prezidenti,
1959- 
yildan esa 0„zbekiston Oliy va o„rta maxsus taiimi vaziri 
lavozimlarida ishladi. U qayerda ishlamasin xalq, millat baxti va ravnaqi 
yoiida mehnat qildi.
0„zbekistonda kimyo fanining yirik darg„alaridan biri, so„zsiz, 
akademik Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) edi. Uning rahbarligida 
Toshkent Davlat universitetida o„simliklar kimyosi kafedrasi (1946), 
Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi institutida g„o„za kimyosi 
laboratoriyasi (1954), ToshDUda tabiiy birikmalar kimyosi muammolari 
laboratoriyasi tashkil (1958) etildi. Bu laboratoriyalarda g„o„za 
tarkibidagi moddalar, Markaziy Osiyo yowoyi o„simliklari tarkibidagi 
alkoloidlami muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolar hal 
etildi. Alloma rahbarligida Markaziy Osiyodagi alkaloidli o„simliklar 
tekshirilib, 100 dan ortiq alkoloid ajratib olindi, shulardan 70 tasi yangi 
alkoloid bo„- lib, ko„pchiligining tuzilishi va konformatsiyasi aniqlandi. 
G„o„za bargi, chigiti, qobigi, guli va g„o„zapoyadan turli yuqori 
molekulali uglevodorodlar, spirtlar, sterinlar, triterpenlar, uglevodlar, 
shuningdek, A, Ye, R, G„ kabi vitaminlar ajratib olindi. Itakon kislota 
olishning arzon usuli ishlab chiqilishi sun‟iy jun (nitron) olish 
sanoatining rivojlanishiga muhim hissa boiib qo„shildi. Akademik 
Sodiqov o„z shogirdlari bilan bir qancha tabiiy birikmalar: alkaloidlar,
550


polifenollar, yog„ kislotalari, uglevodorodlar, fosfatidlar va bosh- qalami 
o„rganishda katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, g„o„za tarkibidagi 
moddalar kimyosi va stereokimyosini o„rganishga katta e‟tibor berildi. 
G„o„zadan 80 dan ortiq moddalar ajratib tekshirildi, bulaming ko„pchiligi 
ilgari topilmagan yangi moddalar edi. Olimning deyarli barcha ilmiy 
tadqiqotlari faqat nazariy jihatdan emas, balki xalq xo„jaligida ham katta 
ahamiyat kasb etdi. Limon, olma kislotalari ajratib olishning yangi va 
arzon usuli yaratilib, ishlab chiqarishga joriy qilindi.
Anabazis o„simligi alkaloidlarini ayrim-ayrim ajratib olish 
texnologiyasi ishlab chiqildi. Ilmiy ishlaming ob‟ektlarini to„g„ri tanlash, 
ularga ilmiy metodologik jihatdan yondoshish, zamonaviy fizik-
kimyoviy, kvant-kimyoviy usullaming qoilanishi fizik, orga- nik
biologik kimyo sohasida qator masalalami hal qilishga yordam berdi. Bu 
kimyo fanining yangi sohasi - bioorganik kimyo fanining vujudga 
kelishiga maium hissa qo„shdi.
Limon va olma kislotalari olish texnologiyasi sobiq Ittifoq davridagi 
Xalq Xo„jaligi Yutuqlari Ko„rgazmasining oltin medalini olishga sazovor 
boigan edi. Akademik Obid Sodiqov xalqaro ilmiy anjumanlarda 
0„zbekiston fani dovrugini taratgan olimlardan. U 1956-yilda GDR, 
1958-yilda AQSh, 1959-yilda Bratislava, 1960- yil Fransiya, 1964, 1967-
yillarda Hindiston va boshqa yerlarda uyushtirilgan konferensiyalarda 
ma‟ruzalar bilan chiqdi.
Akademik 
Obid 
Sodiqovich 
Sodiqov 
katta 
tashkilotchilik 
qobiliyatiga ham ega edi. U qariyb 20-yil davomida 0„zbekiston Fanlar 
akademiyasini boshqardi.
Ammo 0„zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boigani 
kabi fan, matbuot, radio va televideniya ustidan o„matilgan qattiqqoi 
davlat senzurasi o„zbek ziyolilarining, xususan, olimlar- ning yanada 
yuksak ilm cho„qqilarini egallashlariga yoi qo„ymadi, har qadamda 
ulaming ijodlarini bo„g„ib turdi.
0„zbekiston SSR Bosh senzura boshqarmasining boshligi Alimtayev 
1975-yil 25-dekabrda o„z ishini olib borgan respublika jumalistlar 
boshqarmasining V Plenumida so„zlagan nutqida iqror boiib aytgan 
ediki, Samarqand Davlat universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan 
«Вопросы истории Узбекистана» («0„zbekiston tarixi masalalari») 
to„plamidan bir ilmiy maqola olib tashlangan. Bu maqolaning kamchiligi 
nima edi? Unda, Alimtayev fikricha maqola muallifi «0„zbekiston 
Kompartiyasi o„tish davrining bir necha
551 


yillari davomida... nafaqat sinfiy dushmanlarga, balki vaqtincha 
adashgan sof vijdonli kishilarga qarshi ham shafqatsiz kurash olib 
borganligi»ni yozgan ekan.
«Mushtum» jumali, - deb davom etadi Alimtayev - she‟riy uslubda: 
«Inson ilgari yolg„on gapirishdan qo„rqar edi, endi esa to„g„ri 
so„zlashdan ham qo„rqadi» deb yozganligini tanqid qiladi
1
.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling