O'zbekiston tarixi
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
5-
§. Adabiyot Kommunistik partiya va Sovet hukumati sotsialistik realizm bayrog„i ostida ijodkor ziyolilami hamisha o„zining poiat panjalari ostida saqlab kelgan. Bu jarayon urushdan keyingi yillarda yana ham kuchli tus oldi. Adabiyot va fan namoyandalari, xususan, 1946- 1952-yillarda juda og'ir kunlami o„z boshidan kechirdi. Chunki bu davrda I.Stalin shaxsiga sig„inish eng dahshatli tus olgan edi. Sotsialistik realizm g„oyasi asosida shusiz ham erki va ovozi iskanja ostiga olingan ijodkorlami yanada cheklash va tutqinlikda saqlash maqsadlarini ko„zlab, I.Stalinning bevosita rahnamoligi va ishtirokida VKP(b) MQ bir qator qarorlar qabul qildi. 1946-yil 14 avgustdagi «Zvezda» va «Leningrad» jumallari haqida» 2 , «Dramatik teatrlaming repertuarlari va uni yaxshilash choralari haqida», «Katta hayot» kinofilmi haqida», 1948-yilda «Ulug„ do„stlik operasi» haqida va boshqa qarorlar shular jumlasidandir. Bu qarorlar da, «Pravda» gazetasi va «Kommunist» jumalida o„sha kezlarda eion qilingan rasmiy maqolalarda adabiyot, san‟at va madaniyat sohalarida bir qator yutuqlar bilan birga «jiddiy kamchiliklar» ham sodir boiayotganligi, badiiy jihatdan past va hatto «umidsizlik», kelajakka ishonchsizlik ruhi bilan sug„orilgan, g„oyaviy «zararli» asarlar paydo boiganligi tanqid qilingan edi. 1947-yilda - falsafa, 1948-yilda - biologiya, 1950-yilda - fiziologiya, 1950-yilda - tilshunoslik va 1951- yilda siyosiy iqtisod masalalari bo„yicha oikazilgan munozaralarga bevosita VKP(b) MQsining o„zi boshchilik qildi. Bu munozaralarda fanning barcha sohalarida «xalqlar dohiysining» asarlaridagi «qimmatli va noyob nazariy xulosalari»dan chetga chiqmaslik lozimligi ilgari surildi. Bu hoi barcha ziyolilami, xususan, o„zbekistonlik ijodkor ziyolilami qo„rquv hamda vahimaga soldi. Shu boisdan ham 40- yillaming oxiri Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling