O'zbekiston tarixi


 Xizr nazar qilgan olim. (Akademik H.M. Abdullayev tavalludining 80-yilligiga


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet415/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Xizr nazar qilgan olim. (Akademik H.M. Abdullayev tavalludining 80-yilligiga 
bag‘ishlanadi). - Т.: Fan, 1992, 4-bet. 
547


U esa: Yo„q. Siz o„zbek emassiz. Siz tayyorlangan (podstavnoy) 
odamsiz, hali o„zbeklardan Sizdek olimlar yetishib chiqqan emas, - deb 
qoldi. Shunda men faxr bilan baralla: «Men haqiqiy o„zbek 
farzandiman», - deb javob berdim»
1
.
Habib Abdullayevning «Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan 
genetik bogiiqligi» va boshqa juda ko„plab asarlari xorijiy tillarda tarjima 
qilingan. «Bu asar, - deb yozgan edilar T.Shoyoqubov va M.Ahmedov, - 
o„zbek fanini H.Abdullayev siymosida jahonning eng ilg„or fan 
cho„qqilariga olib chiqdi. Jahon ilm ahli dunyoda 0„zbekistondek 
jumhuriyat borligini, Beruniyning vatanida hali ilm so„nmaganini yana 
bir bor his etdilar»
2
.
Habib Abdullayev o„zbek fanining haqiqiy jonkuyari edi. Shu 
boisdan ham uning rahbarlik davrida yuzlab fan nomzodlari va fan 
doktorlari yetishib chiqdi. Chunki buyuk alloma millatning kelajagi va 
istiqboli yuqori malakali milliy kadrlarga bogiiq ekanligini yaxshi 
bilardi. H.Abdullayev rahnamoligida aspirantlar soni o„n baravar 
ko„paydi va 1000 kishiga yetdi. «Moskvaga, - deb eslaydi yozuvchi Izzat 
Sulton, - qisqa muddatda to„rt yuzdan ortiq o„zbekni aspirantura va 
doktaranturaga yuborganda, Habib «to„g„ri yoidan» bormadi, chunki 
respublikada eng muhim amallarda o„tirgan shovinistlarga bu ish yoqmas 
edi. Shovinistlar g„aflatda qolib, bu voqeadan juda ham kech xabardor 
boidilar va alamlaridan «tirsagini tishlab» qoldilar. Keyin Habibning bu 
ishi uchun undan beshafqat o„ch oldilar. Shu ishi va o„zbek xalqining 
manfaatlarini ko„zlab qilgan ko„pgina boshqa ishlari uchun, Habib 
0„zbekiston Fanlar akademiyasi prezidentligi vazifasidan qo„qqisdan olib 
tashlandi... Bu - Markaziy Qo„mitada ikkinchi (aslida esa - birinchi) 
kotib 
boiib 
ishlagan 
va 
Habib 
Muhammedovich 
tomonidan 
«tegirmonchi» deb nom berilgan Melnikovning ishi. Ashaddiy shovinist, 
o„zbek xalqining sodiq farzandidan ana shu yoi bilan qasos oladi»
3
.
Noyob qobiliyat egasi, katta olim va tashkilotchi Habib 
Abdullayevni ishdan olishgach uni hatto Akademiyaning Prezidiumi 
a‟zolari qatorida ham qoldirmadilar, biror-bir ilmiy tadqiqot institutida 
rahbarlikka ham lozim topmadilar. Albatta, bu adolatsizlik va nohaqliklar 
allomaning salomatligiga o„z ta‟sirini ko„rsatmay qolmadi. U 1962-yil 
20-iyunda vafot etdi.

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   411   412   413   414   415   416   417   418   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling