O'zbekiston tarixi
' «Hayot va iqtisod». - Т.: 1990-yil, 1-son, 7-bet
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
' «Hayot va iqtisod». - Т.: 1990-yil, 1-son, 7-bet.
2 «Sovet 0‘zbekistoni» gazetasi, 1987-yil 16-may. 3 0‘sha manba. 540 xohlamaymiz deb javob qaytarganlar. Termiz, Qarshi (1983-1987- yillar), Farg„ona, Xorazm (1984-1988-yillar), Sirdaryo, respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini (1984-1989-yillar) bitiruvchi kurs talabalaridan 40 foizi boshqa tashkilotlarda mehnat qilishni xohlaydi, 46,4 foizi esa o„z ixtisosidan ko„ngli qolgan. Yettita pedagogika oliy o„quv yurti talabalarining 31 foizi ota- onalar maslahati bilan (1986-yil) pedagoglik kasbini tanlagan. 0„zi tanlagan kasb-hunarga va qiziqish bo„lmagach, tayyorlanayotgan kadrlaming sifat darajasi to„g„risida gap yuritish albatta mantiqsizdir. Shu boisdan ham Jizzax, Qarshi, Buxoro pedagogika institutlari bitiruvchilari bilan dastur hajmida yozma ish olinganda ulaming teng yarmi qoniqarsiz baho olgan. Farg„onada institutni bitirib, maktabda matematikadan dars berayotgan 100 nafar o„qituvchidan maktab dasturi hajmida yozma ish olinganda ulaming 80 foizi, Jizzaxda esa 1988/89 o„quv yilida 60 nafar 1 o„qituvchining hammasi qoniqarsiz baho olgan. Maktablar va oliy o„quv yurtlarida o„qituvchilar obro„sining tushib ketishiga olib kelgan omillar nimalardan iborat? Birinchidan, moddiy omil 50-yillardan e‟tiboran o„qituvchilik kasbiga nisbatan Sovet hukumatining munosabati salbiy tomonga keskin o„zgardi, ulaming mehnatiga to„lanadigan haq jiddiy kamay- tirildi. Ikkinchidan, moddiy ishlab chiqarish birinchi darajali vazifa degan bahonada va ta‟limni ishlab chiqarish bilan bogiab olib borish degan vaj- karson asosida maktab va oliy o„quv yurtlarida taiim-tarbiya bo„shashib ketdi. Maktab o„quvchilari va oliy o„quv yurtlarining talabalari bir necha oylab paxtani yaganalash, qator oralariga ishlov berish, terim mavsumiga va chorva uchun yem-xashak tayyorlash kabi ishlarga surunkali safarbar qilindilar. О„qituvchi-pedagoglar esa jamoa va davlat xo„jaliklarining qo„shim- cha ishchi kuchiga aylandilar, savodsiz zveno va brigada boshliqlari ular ustidan xo„jayin boiib oldilar. Uchinchidan, о„qituvchi-pedagoglar mehnatiga munosib haq toianmaslik va moddiy yetishmovchilik maktablar va oliy o„quv yurtlarida ta‟magirlik illatini keltirib chiqardi. Bu hoi o„z navba- tida ildiz otib har qanday jamiyatni ham ichdan g„orat qiluvchi poraxo„rlik deb atalmish vaboning gazak otishiga sabab boidi. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling